Kamol qozi madrasasi
Madrasa | |
Kamol qozi madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Fargʻona viloyati |
Shahar | Qoʻqon |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Davlat mulki |
Madrasa turi | Oʻrta |
Meʼmoriy uslub | Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Kamol qozi |
Binokorlik | 1830—1832-yillar |
Asosiy sana: | |
Maqomi | Davlat himoyasida[1] |
Holati | amaldagi |
Kamol qozi madrasasi Vikiomborda |
40°31′57″N 70°56′41″E / 40.53250°N 70.94472°E
Kamol qozi madrasasi - Qoʻqondagi meʼmoriy yodgorlik (19-asr). Kamol qozi madrasasi binosi darsxona, ayvonli masjid, qovli va kichik hujralardan iborat. Darvozaxona serhasham boʻlib, Xudoyorxon oʻrdasida boʻlgani kabi bu binoda ham faqat kirish qismi (sirti) zeb berib ishlangan. Peshtoq tepasi rangbarang naqshlar bilan qoplangan boʻlib, handasiy shakllar arabiy bitiklar bilan uygʻunlashib ketgan. Peshtoqining ikki yonidagi ustungoʻshalar yuqorisi bezakli kafasa bilan yakunlangan. Darvozaxona ikki qavatli. Ustki qavatdagi darsxona oldi peshayvonli boʻlib, panjara bilan toʻsilgan. Tomi 4 qirrali-chortark gumbaz bilan qoplangan. Hovli atrofiga masjid va hujralar qurilgan. Masjid 4 ustunli, sharq tomoni ochiq, toʻsin tashlab qurilgan ayvoni bor. Uning ichki tomoni ganch bilan ishlangan. Sirti suvoqsiz. Kamol qozi madrasasi meʼmorligida qoʻqonlik xalq ustalarining anʼanalari oʻz ifodasini topgan. Madrasa taʼmir qilinib, undan mehmonxona sifatida foydalanilmoqda.[2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Моддий маданий мероснинг кўчмас мулк объектлари миллий рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 846-сон 04.10.2019 й. қарори“. Lex.uz. Qaraldi: 2020-yil 22-sentyabr.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |