Kanada milliy galereyasi
Kanada milliy galereyasi fransuzcha: Musée des beaux-arts du Canada | |
---|---|
Kanada milliy galereyasining tashqi koʻrinishi | |
Asos solingan sana | 1880-yil |
Joylashuvi |
|
Keluvchilar soni | 385,576 (MY 2017–2018)[1] |
Direktor | Jean-François Bélisle[2] |
Jamoat transporti | Rideau[3] Rideau/Hurdman |
Arxitektor | Moshe Safdie (1983) |
Toʻplam | 93 625[4] |
Turi | Sanʼat muzeyi |
Sayt | gallery.ca |
Kanada milliy galereyasi Vikiomborda |
45°25′46″N 75°41′54″W / 45.42944°N 75.69833°W
Kanada milliy galereyasi (fransuzcha: Musée des beaux-arts du Canada) – Ontario shtatining Ottava shahrida joylashgan Kanada milliy sanʼat muzeyi. Muzey binosi 46,621 m2 (521,820 fut2) maydonni egallagan, shundan 12,400 m2 (133,000 fut2) maydon sanʼat asarlarini namoyish qilish uchun ishlatiladi. Galereya koʻrgazma maydoni boʻyicha Shimoliy Amerikadagi eng yirik sanʼat muzeylaridan biri hisoblanadi.
Muassasa 1880-yilda Kanadaning ikkinchi Oliy sudi binosida tashkil etilgan va 1911-yilda Victoria memorial muzeyi binosiga koʻchirib oʻtkazilgan. 1913-yilda Kanada hukumati „Milliy galereya toʻgʻrisida“gi qonunni qabul qildi va bu hujjat muassasaning milliy sanʼat muzeyi sifatidagi vakolatini rasman belgilab berdi. Muzey 1960-yilda Lorne binosiga koʻchirildi.
1988-yilda Kanada milliy galereyasi koʻrgazmalar oʻtkazish maqsadida qurilgan yangi binoga koʻchirildi. U Sussex Drivedagi shisha va granitdan yasalgan binoga joylashtirilgan boʻlib, muzeyga tashrif buyuruvchilar bu yerdagi Parlament tepaligidan Kanada parlamenti binolarining diqqatga sazovor koʻrinishidan bahramand boʻlishi mumkin boʻlgan. Galereya binosi isroillik arxitektor Moshe Safdie tomonidan loyihalashtirilgan va 1988-yilda ochilgan[5][6].
Muzeyning doimiy kolleksiyasida Yevropa, Amerika, Osiyo, Kanada va mahalliy rassomlarning 93,000 dan ortiq asarlari mavjud. Kanada milliy galereyasi oʻzining doimiy kolleksiyasidagi asarlarni namoyish qilishdan tashqari bir qator koʻchma koʻrgazmalarni ham tashkil qiladi va oʻtkazib keladi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kanada milliy galereyasi birinchi marta 1880-yilda Kanada general-gubernatori va 9-Argil gersogi John Campbell tomonidan Kanada Qirollik sanʼat akademiyasining tashkil etilishi bilan bir vaqtda barpo qilingan. 1882-yilda u Kanadaning Ikkinchi Oliy sudi binosida joylashgan Parlament tepaligidagi birinchi uyga koʻchirildi.
Eric Brown 1910-yilda muassasaning birinchi direktori etib tayinlangan[7]. 1911-yilda galereya Victoria memorial muzeyi binosiga koʻchirildi va u yerda Tabiiy fanlar milliy muzeyi bilan birga koʻrgazmalarini davom ettirdi. 1913-yilda birinchi „Milliy galereya toʻgʻrisida“gi qonun qabul qilindi, unda galereyaning vakolatlari va resurslari koʻrsatilgan. 1920-yillarda bino kengaytirildi. Sanʼat galereyasi toʻrt qavatli boʻlib, u uchun alohida kirish joyi yaratildi. Bundan tashqari, Tabiiy fanlar muzeyi va Milliy galereya oʻrtasida xavfsizlik devori qurildi[8]. Biroq, galereya hali ham Victoria memorial muzeyi binosida vaqtinchalik saqlanayotgan va uni yangi, doimiy joyga koʻchirish uzoq muddatli rejalar qatoriga kiritilgan edi[8].
1950-yillarga kelib, Victoria memorial muzeyi binosidagi maydon muzey kolleksiyalari uchun yetarli boʻlmay qolgan. 1952-yilda muzey galereya joylashadigan doimiy joyni loyihalashtirish uchun meʼmorlar dizayn tanlovini boshladi[8]. Ammo muzey uchun mablagʻlar Louis St. Laurent hukumati tomonidan qoʻllab-quvvatlanmadi, natijada u tanlovda gʻolib chiqqan meʼmorchilik taklifidan voz kechishga majbur boʻldi[8].
Milliy galereya bilan samarali murosaga erishish uchun St. Laurent hukumati unga sakkiz qavatli Lorne ofis binosidan foydalanishni taklif qildi[8]. Milliy galereya Elgin koʻchasidagi oddiy ofis binosiga koʻchib oʻtdi[9]. Shundan soʻng bino buzib tashlandi va oʻrniga Federal moliya departamenti joylashadigan 17 qavatli ofis binosi qurildi.
1962-yilda Walter Chryslerning Yevropa asarlari koʻrgazmasida namoyish etilgan ishlarning yarmi amerikalik jurnalistlar tomonidan qalbakilashtirilganligi fosh qilinganidan keyin muzey direktori Charles Comfort tanqidga uchradi. Monreal tasviriy sanʼat muzeyi direktori tomonidan asarlar haqida ogohlantirilgan boʻlsa-da, Comfort galereyaga koʻrgazmani oʻtkazishga ruxsat bergan edi[10].
Kanada milliy muzeylari korporatsiyasi (NMC) 1968-yilda Kanada milliy galereyasini oʻzlashtirdi[8]. 1970-yillarda NMC mintaqaviy galereyalarni shakllantirish uchun Milliy galereyadan ularga mablagʻ yoʻnaltirdi[8]. Muzey 1976-yilda Lorne binosini taʼmirlashni yakunladi[8]. 1980-yilga kelib, binoning yomon ahvoli, asbestni tarixiy usulda qoʻllanishi va kolleksiyasining faqatgina 2 foizini sigʻdira oladigan koʻrgazma maydonining yetarli emasligini hisobga olgan holda Milliy galereya boshqa joyga koʻchirilishi zarurligi maʼlum boʻldi[8].
1982-yilda Kanada konstitutsiyasi sabab yakunlangan patriatsiyadan soʻng, bosh vazir Pierre Trudeau Kanadaning oʻziga jalb etadigan jihatlarini oshirish maqsadida sanʼatga ustuvor ahamiyat berib, „millatni yaratish“ tomon siyosatning oʻzgarishini eʼlon qildi[8]. Oʻsha yili aloqa vaziri Francis Fox hukumatning besh yil ichida milliy muzeylar, jumladan Milliy galereya va Man muzeyi uchun yangi doimiy binolar qurish majburiyatini olganligini eʼlon qildi[8]. Milliy galereya direktori Jean Sutherland Boggs Trudeau tomonidan milliy galereya va muzeylar qurilishini nazorat qilish uchun tanlangan[11]. 1985-yilda Sussex Driveda doimiy muzey binosini ochish uchun qurilish boshlangan va Milliy galereya 1988-yil may oyida ochilgan[8].
Mintaqaviy muzeylarni moliyalashtirishga yordam berish uchun NMC tomonidan mablagʻlarni yoʻnaltirish 1982-yilda tugatildi[8] va Kanada milliy muzeylari 1987-yilda rasman tarqatib yuborildi[8]. Mablagʻ yoʻnaltirishni tugatish natijasida Milliy galereya oʻzining institutsional mustaqilligini hamda 1968-yilgacha shakllantiruvchi qonun hujjatlarida belgilangan mandat va vakolatlarini qayta qoʻlga kiritdi[8].
Ilgari Kanada milliy film kengashining Fotosuratlar boʻlimi hisoblangan Kanada zamonaviy fotografiya muzeyi (CMCP) 1985-yilda tashkil etilgan Milliy galereyaning shoʻba muassasasi edi. 1988-yilda CMCP maʼmuriyati Milliy galereya bilan birlashtirildi. CMCP keyinchalik 1 Rideau kanalidagi yangi manziliga koʻchib oʻtdi va 2006-yilda yopilguniga qadar u yerda ishlashni davom ettirdi. Keyinchalik, 2009-yilda bu muassasa kolleksiyasi Milliy galereyaga kiritilgan.
2000-yil dekabr oyida Milliy galereya kolleksiyasidan 100 ga yaqin asar Ikkinchi jahon urushi paytida natsistlar tomonidan oʻgʻirlangan deb gumon qilayotganini eʼlon qildi[12]. Galereya oʻgʻirlanganlikda gumon qilingan sanʼat asarlarining suratlarini internetga joylashtirdi, bu esa uning soʻnggi qonuniy egalariga asarilarni tekshirish va ehtimol bu ish boʻyicha daʼvo qilish imkonini berdi[12][13]. 2006-yilda muzey 1942-yilda Alfred Lindondan natsistlar tomonidan oʻgʻirlab ketilgan Édouard Vuillardning rasmi The Salon of Madame Aronni Lindonning merosxoʻrlariga qaytarib berdi[14].
2009-yil dekabr oyida Kanada milliy galereyasi va Alberta sanʼat galereyasi qoʻshma press-reliz oʻtkazib, uch yillik hamkorlikni yoʻlga qoʻyganligini eʼlon qildi, unda Milliy galereya kolleksiyasidagi asarlarni namoyish qilish uchun Alberta sanʼat galereyasidan foydalanilgan[15]. Ushbu dastur Kanada milliy galereyasi va boshqa muassasa oʻrtasidagi birinchi „sunʼiy yoʻldosh dasturi“ boʻlib, keyingi yillarda Kanadaning boshqa sanʼat galereyalarida ham xuddi shunday tashabbuslar oʻtkazila boshlangan[15].
Marc Mayer 2009-yil 19-yanvarda Pierre Thébergedan keyingi muzey direktori etib tayinlandi[16]. 2019-yil 19-aprelda uning oʻrnini Kanada milliy galereyasining 11-direktori va bosh ijrochi direktori etib tayinlangan Alexandra Suda egalladi. Suda boshchiligida galereya yanada inklyuziv boʻlish yoʻlida Ankosé deb nomlangan katta rebrendingdan oʻtdi. Atigi uch yildan soʻng Suda isteʼfoga chiqdi. Muzeyga 2022-yil iyul oyida Angela Cassie muvaqqat direktor va bosh direktor etib tayinlandi.
Binosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muzeyning hozirgi binosi Moshe Safdie & Associates tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, qurilishi 1985-yilda boshlangan va bino 1988-yilda ochilgan. Uning umumiy maydoni 46,621 m2 (501,820 fut2)ni tashkil etadi. 2000-yilda Kanada Qirollik arxitektura instituti Milliy galereyani soʻnggi ming yillikda Kanadada barpo qilingan eng yaxshi 500 ta binolardan biri sifatida tanladi[17]. Kanada milliy galereyasi ByWard Market tumaniga tutashgan Sussex Drivedagi binoda joylashgan. Bu bino sanʼat muzeyi joylashgan toʻrtinchi inshootdir.
Kanada muzeylari qurilish korporatsiyasi muzeyni qurish uchun 185 million Kanada dollaridan iborat byudjet tashkil etgan[8]. 1984-yilgi Kanada federal saylovlaridan soʻng bosh vazir Brian Mulroney korporatsiyani tarqatib yubordi[8]. Biroq, binoning poydevori qurilishi allaqachon tugaganligi sababli, Mulroney muzey qurilishini moliyalashtirishni davom ettirishni tanladi, ammo umumiy byudjet 162 million Kanada dollariga kamaytirildi[8].
Tashqi koʻrinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Binoning shimoliy, sharqiy va gʻarbiy tashqi fasadi pushti-granit devorlar yoki shisha oynalardan iborat[8]. Janub tomondan tashqi fasadi uzun shisha devorga ega boʻlib, toʻrtta guruhlangan beton ustunlar bilan mustahkamlangan[8]. Janub tomondan tashqi fasadi soborga oʻxshatib qurilgan, beton ustunlar gotika soborlari qurilishida qoʻllaniladigan muallaq tayanchlarga oʻxshatib ishlangan[8]. Binoning janubiy fasadining sharqiy qismidan muzeyning asosiy kirish eshigini ushlab turadigan, past darajadagi kristalldan ishlangan shisha gumbazga oʻtiladi va uning gʻarbiy qismi uch qavatli shisha gumbazdan iborat[8].
Uch qavatli shisha gumbaz toʻrtburchak shisha va ingichka poʻlat tayanchlardan tashkil topgan[8]. Gumbazning ikkinchi qavati toʻrtburchaklar va teng qirrali uchburchaklardan iborat boʻlib, ular sakkiz yoki oʻn ikkita kichikroq teng qirrali uchburchaklarga boʻlinadi[8]. Bu shisha boʻlaklarning barchasi temir tirgaklar bilan birlashtirilgan. Gumbazning uchinchi qavati shunga oʻxshash dizayn bilan yaratilgan, ammo uchburchak shisha oynalar teng yonli uchburchaklardir[8]. Teng yonli uchburchaklar yuqoriga, choʻqqilari markazga qaratilgan[8]. Binoning uch qavatli gumbazi muzeyga sharqdan qaraganda gʻarbda Tinchlik minorasi va Parlament kutubxonasi bilan yonma-yon joylashgan boʻladi[8].
Ichki koʻrinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Binoning kirish qismidagi ichki yoʻlagi pushti-granit bilan qoplangan va toʻrt metr (13 ft) uzunlikka choʻzilgan[8]. Safdie oʻz dizaynidagi rampaning muhimligini taʼkidlab: „Milliy galereya kabi muhim joyga yoʻl olish uchun qandaydir kortejdan oʻtish kerak“, – deydi va bu tashrif buyuruvchiga muhim marosimga tayyorlanayotgandek hisni berishini taʼkidlaydi[8]. Kirish vestibyulining devorlari shisha devorli tashqi fasadning bir qismi boʻlgan janubiy devorni hisobga olmaganda, toʻrtburchaklar shaklida kesilgan pushti granit bilan qoplangan[8]. Gotika sobori meʼmorchiligini eslatuvchi shisha va poʻlat shift rampaning butun yoʻlagini kengaytiradi[8]. Biroq, koʻpchilik Gotika soborlaridan farqli oʻlaroq shiftda tomni suyash uchun bir nechta beton ustunlar mavjud[8]. Rampaning yakuni uch qavatli shisha gumbazda joylashgan binoning katta zaliga olib boradi[8].
Binoning ichki hovlisida Taiga bogʻi ham joylashgan. Bogʻ dizaynini A. Y. Jackson tomonidan chizilgan va muzeyning doimiy kolleksiyasida saqlanovchi Terre Sauvage kartinasidan ilhomlanib Cornelia Oberlander ishlab chiqqan[8]. Bogʻni rasmda tasvirlangan manzaradagidek koʻrinishga keltirishga harakat qilingan[8].
Kolleksiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yil oktyabr holatiga koʻra, Kanada milliy galereyasining doimiy kolleksiyasi sanʼat tarixidagi bir qancha badiiy harakatlar va davrlarni aks ettiruvchi 93,625 tadan ortiq asarni ichiga oladi. Galereyada rasmlar, qogʻozdagi ishlanmalar, haykallar va fotosuratlarning katta hamda xilma-xil toʻplami mavjud. Muzey tomonidan sotib olingan eng qadimgi asarlar kanadalik rassomlarga tegishli edi, Kanada sanʼati muassasaning diqqat markazida boʻlib qoldi. Shu bilan birga, uning kolleksiyasida butun dunyo rassomlarining bir nechta asarlari ham mavjud. Muzey kolleksiyasi xaridlar va xayr-ehsonlar evaziga yaratilgan. U Kanada boʻylab va chet elda oʻz kolleksiyasini namoyish qilish uchun koʻchma koʻrgazmalarni tashkil qiladi[18][19]. Milliy galereya Kanadadagi sanʼat asarlarining eng yirik qarz beruvchisi boʻlib, dunyo boʻylab yiliga taxminan 800 ta asarni joʻnatadi[20].
Muzeyning bosmalar va chizmalar kolleksiyasi XV asrdan hozirgi kungacha boʻlgan qogʻozdagi ishlanmalardan iborat 27,000 ta asarni oʻz ichiga oladi. Bosma va chizmachilik kolleksiyasida kanadalik rassomlarning qogʻozdagi 10,000 ta ishi joy olgan; 800 dan ortiq bosma va chizmalar Inuit rassomlari tomonidan yaratilgan[21]. Bosma va chizmachilik kolleksiyasi shuningdek, Amerika, Osiyo va Yevropa rassomlarining 2,500 ta chizmasi hamda 10,000 ta bosma nusxalarini oʻz ichiga oladi.
Muassasada Osiyo rassomlarining miloddan avvalgi 200-yildan XIX asrgacha boʻlgan 400 ga yaqin asari mavjud. Muzeyning Osiyo kolleksiyasi namoyishi XX asrning boshlarida Nasli Heeramaneck kolleksiyasidan olingan bir qator asarlar bilan boshlangan[22]. Milliy galereyada fotosuratlar toʻplami ham mavjud. Toʻplamdagi bir qator fotosuratlar faoliyatini tugatgan Kanada zamonaviy fotosuratlar muzeyidan olingan.
1980-yillarning oʻrtalariga qadar mahalliy aholining sanʼat asarlarini yigʻish galereyaning rejasiga kirmas edi. Bu juda koʻp tanqid qilindi va galereyada 1980-yillardan boshlab amalga oshirilgan muhim oʻzgarishlarga olib keldi[23]. 2003-yilda Kanada galereyalari tubjoy xalqlar sanʼatini birinchi marta oʻz ichiga olgan katta boʻlim ochganiga qaramay, mahalliy xalqlar sanʼatini, xususan, uning tarixini ochib beruvchi sanʼat asarlarini yanada koʻproq namoyish qilish ustida ishlashda davom etdi[24].
Galereyadagi eng katta asar Rideau koʻchasi ibodatxonasining butun ichki qismi boʻlib, u Our Lady Sacred Heart monastirining bir qismini tashkil etgan[9]. Rideau koʻchasi ibodatxonasining ichki bezaklari 1887-yilda Georges Couillon tomonidan ishlab chiqilgan[7]. Ibodatxonaning ichki qismi muzey tomonidan 1972-yilda, monastir buzilishi rejalashtirilgan paytda sotib olingan. 1,123 ta ichki qism 1988-yilda sanʼat asari sifatida galereyada demontaj qilingan, saqlangan va rekonstruksiya qilingan[7].
Kanadaliklarning asarlari va mahalliy asarlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muzeyning Kanada kolleksiyasida XVIII asr Yangi Fransiya davridan 1990-yillargacha boʻlgan asarlar mavjud[25]. Toʻplamga Konfederatsiyadan oldingi davr rasmlari, abstrakt rasmlar va urushdan keyingi boshqa sanʼat asarlari, Henry Birksning Kanada kumushlari kolleksiyasi kiradi[25]. Konfederatsiyadan oldin yaratilgan dastlabki rasmlar Kanada kolleksiyalaridagi birinchi buyumlardan boʻlib, Milliy galereyaning eng qadimgi asarlari Kanada Qirollik sanʼat akademiyasida kanadalik rassomlar tomonidan yaratilgan[25].
Muzeyning Kanada kolleksiyasida „Yettilik guruhi“ning koʻplab asarlari mavjud[25]. Unda Tom Thomson asarlarining katta kolleksiyasi ham bor[25] – muzey 1918-yilda The Jack Pineni oʻz kolleksiyasiga qoʻshgan[26]. Galereya, shuningdek, Alex Colville asarlarining eng katta toʻplamiga ega[27]. Kolleksiyada asarlari namoyish etiladigan boshqa rassomlar orasida William Berczy, Jack Bush, Paul-Emile Borduas, Emily Carr, Robert Field, Vera Frenkel, Theophile Hamel, Joseph Legare, Cornelius Krieghoff, Fernand Leduc, Alexandra Luke, Ken Lum, James Wilson Morrice, John O'Brien, Antoine Plamondon, William Raphael, Jean-Paul Riopelle, William Ronald, Michael Snow, Lisa Steele, Jeff Wall, Joyce Wieland, Paul Wong va Regina beshligi aʼzolari ham bor[25][26].
2017-yilda Kanadaning 150 yilligini nishonlash maqsadida muzey „Kanada va mahalliy xalqlar sanʼati: qadim zamonlardan 1967-yilgacha“ nomli koʻrgazma tashkil etdi va ochilish uchun 7,4 million Kanada dollari miqdorida mablagʻ sarflab taʼmirlash ishlarini olib bordi[28]. Galereya Kanada sanʼati va tarixining rivojlanishini namoyish etish uchun Kanada va mahalliy xalqlarning asarlarini yonma-yon namoyish etadi[28]. Ushbu asarlar odamlarning ikki guruhi oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliq munosabatlarni koʻrsatadigan tarzda taqdim etilgan[28].
Mahalliy xalqlar kolleksiyasi butun dunyo boʻylab mahalliy rassomlarning asarlarini oʻz ichiga oladi, biroq unda Kanada tub xalqlari asarlariga koʻproq urgʻu berilgan. Muzey kolleksiyasi dastlabki tub aholi va metis rassomlarining birinchi asarlarini XX asr boshlarida sotib olgan[29]. Biroq, bu asarlarni yaratuvchilar koʻpincha mahalliy aholi deb tan olinmagan, chunki galereya vakolatiga 1980-yillarga qadar yaratilgan mahalliy xalqlarning sanʼat toʻplamlarini yigʻish kirmagan. Muzey 1956-yilda Nunavikdagi rassomlar tomonidan yaratilgan birinchi Inuit asarlarini sotib oldi[21]. Boshqa mahalliy xalqlarning sanʼatini faol ravishda toʻplamagan bir paytda galereyaning Inuit asarlarini sotib olishi hukumatning shimolda ish oʻrinlarini yaratish va u yerda Kanada suverenitetini tasdiqlash uchun Inuit sanʼatiga yordam berishi bilan bogʻliq[30]. 1979-yilda Henry Birks asosan Quebecois konfederatsiyasi tashkil etilishidan oldingi davrga xos kumushdan iborat katta kolleksiyasini galereyaga vasiyat qilib qoldirdi. Vasiyatdagi 12,000 dan ortiq obyektlarning ichiga mahalliy rassomlarning 16 ga yaqin asarlari ham kiradi[31]. 1989– va 1992-yillarda Hindiston ishlari va shimoliy taraqqiyot departamenti Inuit rassomlarining 570 ta asarini meros sifatida oldi[21].
Kolleksiyada asarlari namoyish etilgan bir qator mahalliy rassomlar orasida Kenojuak Ashevak, Kiawak Ashoona, Qaqaq Ashoona, Carl Beam, Faye HeavyShield, Osuitok Ipeelee, Rita Letendre, Norval Morrisseau, Shelley Niro, David Ruben Piqtoukun, Abraham Anghik Ruben, Lucy Tasseor Tutsweetok, Jeffrey Thomas, John Tiktak va Lawrence Paul Yuxweluptunlar bor[26][29][21].
Zamonaviy kolleksiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muzeyning zamonaviy kolleksiyasida rassomlarning 1990-yillardan buyon yaratilgan 1,500 ga yaqin asari mavjud[32]. Toʻplamda Kanada va uning mahalliy rassomlarining bir qator asarlari ham mavjud. Kanada milliy galereyasi tomonidan sotib olingan birinchi mahalliy zamonaviy sanʼat asari 1987-yilda yaratilgan Anishinaabe rassomi Carl Beamning asari edi. 2017-yilda Bob Rennie Kanadaning 150 yilligi sharafiga Milliy galereyaga zamonaviy sanʼat kolleksiyasini sovgʻa qildi[20]. Toʻplam 197 ta rasm, haykaltaroshlik va aralash media buyumlarini oʻz ichiga oladi, ularning aksariyati vankuverlik rassomlar, jumladan Geoffrey Farmer, Rodney Graham, Brian Jungen va Ian Wallace tomonidan yaratilgan[20]. Rennie kolleksiyasi shuningdek, baʼzi xalqaro zamonaviy asarlar, jumladan Doris Salcedoning asarlarini oʻz ichiga oladi[20].
1990-yilda galereyaning Barnett Newmanning Voice of Fire asarini 1,8 million dollarga sotib olishi turli bahs-munozaralarga sabab boʻldi. Biroq, oʻsha paytdan beri bu asar qiymati 2014-yil holatiga koʻra taxminan 40 million Kanada dollariga oshgan[26]. 1999-yilda muzey 3,2 million Kanada dollari evaziga Louise Bourgeois tomonidan yaratilgan ulkan oʻrgimchak Maman haykalini sotib oldi[26][33]. Haykal galereya oldidagi maydonga oʻrnatildi[26]. 2011-yilda galereyada kanadalik haykaltarosh Joe Fafardning Running Horses asari Sussex Drive binosining kirish eshigi yoniga oʻrnatildi va galereya orqasidagi Kìwekì Point tepaligida amerikalik rassom hamda haykaltarosh Roxy Painening zanglamas poʻlatdan yasalgan One Hundred Foot Line haykali oʻrnatildi. Milliy galereya kolleksiyasida asarlari namoyish etilgan boshqa zamonaviy rassomlar orasida David Altmejd, Lee Bul, Janet Cardiff, Bharti Kher, Christian Marclay, Elizabeth McIntosh, Chris Ofili, Paine, Ugo Rondinone va Joanne Todlar ham bor[32].
Yevropa, Amerika va Osiyo kolleksiyalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yevropa, Amerika va Osiyo kolleksiyalari maydoni kanadalik boʻlmagan rassomlar asarlarining aksariyat qismini oʻz ichiga oladi. Muzey oʻzining yevropalik yaratgan birinchi asarini 1907-yilda sotib olgan. Bu Thomas Gainsboroughning Ignatius Sancho rasmi edi[34]. Biroq, muzey 1970-yillargacha Amerika sanʼati kolleksiyasini kengaytirishni reja qilmagan edi[34].
Muzey kolleksiyasida Uygʻonish davridan to XX asrgacha boʻlgan Amerika va Yevropa asarlari mavjud[34]. Gʻarb sanʼatidan tashqari toʻplamda Hindiston, Nepal va Tibetdan kelgan 400 ta asar mavjud[35].
Muzeyning Yevropa kolleksiyasi keyinchalik asarlar sotib olish yoki xadyalar orqali kengaytirildi. Bunday ishlar qatoriga 1956-yilda muzey tomonidan 16,000 dollarga sotib olingan Mark Shagalning La Tour Eiffel asari kiradi[36]. 2018-yilda galereya boshqa xaridlarni moliyalashtirish uchun asarni sotishni rejalashtirgan, biroq u ommaga maqul kelmagach bu rejalardan voz kechgan[36]. 2005-yilda muzey Uygʻonish davri italyan rassomi Francesco Salviatining rasmini 4,5 million dollarga sotib oldi[37]. 2018-yilda u David R. Graham kolleksiyasidan James Tissotning The Party Carée asarini sotib oldi va uni shu yilning dekabr oyida namoyish qildi[38]. Bu Tissotning 1921-yildan beri muzey tomonidan sotib olingan uchinchi asaridir[38]. Toʻplamdagi boshqa asarlar orasida anglo-amerikalik rassom Benjamin Westning The Death of General Wolfe rasmi ham bor[26]. Muzeyning Yevropa kolleksiyasida asari namoyish etilgan boshqa rassomlar sirasiga Alejo Fernandez, Vilhelm Hammershoi, Gustav Klimt, Elizabeth Vigée Le Brun, Henri Matisse, Charles Meynier, Claude Monet, Rembrandt va Vincent van Gogh ham kiradi[26][22].
Kutubxona va arxivlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kanada milliy galereyasi kutubxonasi va arxivida Kanada sanʼati boʻyicha keng qamrovli badiiy adabiyotlar toʻplami mavjud[39]. Kutubxona va arxiv 1880-yilda muzey bilan birga tashkil etilgan boʻlib, unda soʻnggi oʻrta asrlardan to hozirgi kungacha boʻlgan gʻarb sanʼati haqidagi hujjatlar mavjud[39]. Toʻplam 275,000 ta kitob, koʻrgazma kataloglari va davriy nashrlarni oʻz ichiga oladi, shu bilan birga 76,000 hujjat fayli va 95,000 mikroformalar ham mavjud[39]. Arxivlar muzeyning institutsional arxivi vazifasini bajaradi.
Kutubxona va arxivlarning maxsus kolleksiyalarida 50,000 tadan ortiq auksion kataloglari, 182,000 ta slaydlar va 360,000 ta tadqiqot fotosuratlari mavjud[40]. Kutubxona hamda arxivlarning noyob materiallari va eʼtiborga molik mavzular toʻplamida kanadalik rassomlarga oid bir qator nodir maʼlumotlar, kitoblar va Kanada sanʼati tarixchilariga oid buyumlar mavjud[40].
Boshqaruvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Federal hukumat 1913-yilda „Kanada milliy galereyasi toʻgʻrisida“gi qonunni qabul qilish bilan muzey uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga oldi. Muzey 1990-yil 1-iyulda „Muzeylar toʻgʻrisida“gi qonunning eʼlon qilinishi bilan davlat egalik qiladigan muassasaga aylandi. „Muzeylar toʻgʻrisida“gi qonun muzey faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjati boʻlib xizmat qiladi. U vasiylar kengashiga muzeyning boshqaruv organi sifatida xizmat qilish huquqini beradi, kengash rais orqali muzey uchun yakuniy javobgar boʻlgan Kanada merosi vaziriga hisobot beradi[41]. Rahbar va direktor galereyani kundalik boshqarish bilan shugʻullanadi[42].
Muzey bir nechta assotsiatsiyalar, shu jumladan, Kanada muzeylari assotsiatsiyasi, Ontario sanʼat galereyalari assotsiatsiyasi, Kanada merosi maʼlumot tarmogʻi va Kanada virtual muzeyi kabilar bilan hamkorlik qiladi.
Direktorlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Quyida Kanada milliy galereyasi direktorlari roʻyxati keltirilgan:
- Eric Brown (1910–1939)[43]
- Harry Orr McCurry (1939–1955)[43]
- Alan Jarvis (1955–1959)[43]
- Charles Comfort (1960–1965)[43]
- Jean Sutherland Boggs (1966–1976)[44]
- Hsio-yen Shih (1977–1981)[45]
- Joseph Martin (1983–1987)[46]
- Shirley Thomson (1987–1997)[47]
- Pierre Théberge (1998–2008)[48]
- Marc Mayer (2009–2019)[49]
- Alexandra Sasha Suda (2019–2022)[49]
- Angela Cassie (vaqtinchalik 2022–)[50]
Tanlangan asarlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kanada kolleksiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Tom Thomson, Spring Ice, 1915–1916
-
J. E. H. MacDonald, The Tangled Garden, 1916
-
David Milne, Vimy Ridge from Souchez, Estaminet among the Ruins, 1919
-
Franklin Carmichael, The Upper Ottawa, near Mattawa, 1924
-
Bill Vazan, Black Nest, 1989–1991
-
Charlotte Schreiber, The Croppy Boy, 1879
-
Tom Thomson, Northern River, 1914–1915
Yevropa va Amerika kolleksiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Auguste Rodin, Age of Bronze, 1875–1876
- Henri Matisse, Yellow Odalisque, 1926
- M. C. Escher, Stars, 1948
- Barnett Newman, Voice of Fire, 1967
-
J. M. W. Turner, Shoeburyness Fishermen Hailing a Whitstable Hoy, tax. 1809
-
Honoré Daumier, The Third-Class Carriage, 1863–1865
-
Titian, Daniele Barbaro, 1545k
-
El Greco, St. Francis and Brother Leo Meditating on Death, tax. 1600–1605
-
Peter Paul Rubens, The Entombment, tax. 1612–1615
-
Rembrandt, Heroine from the Old Testament, 1632–1633
-
Vincent van Gogh, Iris, 1890
-
Gustav Klimt, Hope I, 1903
-
Arshile Gorky, Charred Beloved II, 1946
Bosma nashrlar va chizmalar toʻplami
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Giorgio Vasari, Abraham and the Three Angels, tax. XVI asr
-
Caspar David Friedrich, Boy Sleeping on a Grave, tax. 1801–1803
-
Eugene Delacroix, The Barque of Dante, tax. 1820
-
Fransicsco Goya, Holy Week in Spain in Times Past, tax. 1825
-
Ford Madox Brown, Portrait of Emma Madox Brown, 1853
-
John Everett Millais, Portrait of Effie Ruskin, tax. 1853
-
Odilon Redon, The Raven, 1882
-
Mary Cassatt, Woman Bathing, tax. 1890–1891
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Corporate Performance“. National Gallery of Canada Annual Report 2017–2018. National Gallery of Canada.
- ↑ „About the Director“.
- ↑ „O-Train Confederation Line: Rideau“ (en-CA). LigneConfederationLine.ca. City of Ottawa (2019). 2019-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-may.
- ↑ „Search the Collection“ (en-CA). Gallery.ca. Qaraldi: 2019-yil 30-may.
- ↑ „Emporis building ID 204225“. Emporis. 2019-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ National Gallery of Canada – 1980 (Wayback Machine saytida 2010-09-19 sanasida arxivlangan)
- ↑ 7,0 7,1 7,2 „Architectural Interiors“. gallery.ca. National Gallery of Canada (2019). Qaraldi: 2019-yil 10-oktyabr.
- ↑ 8,00 8,01 8,02 8,03 8,04 8,05 8,06 8,07 8,08 8,09 8,10 8,11 8,12 8,13 8,14 8,15 8,16 8,17 8,18 8,19 8,20 8,21 8,22 8,23 8,24 8,25 8,26 8,27 8,28 8,29 8,30 8,31 8,32 8,33 8,34 Ord 2003.
- ↑ 9,0 9,1 Pound, Richard W.. Fitzhenry and Whiteside Book of Canadian Facts and Dates. Fitzhenry and Whiteside, 2005.
- ↑ Fulford, Robert. „Turning the absurd into an art form: Canada's National Gallery has a history filled with bizarre decisions“. The National Post. Canwest (2003-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 9-oktyabr.
- ↑ „Concordia university to award five honorary degrees at five ceremonies for 3300 graduating students“. Press-reliz.
- ↑ 12,0 12,1 „Gallery fears some of its art is Nazi plunder: Suspect works posted on Web“. ottawacitizen.com. Ottawa Citizen Group (2001-yil 8-fevral). 2001-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-aprel.
- ↑ „Provenance“. cybermuse.gallery.ca. 2002-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-aprel.
- ↑ „Provenance“. gallery.ca. National Gallery of Canada (2021). Qaraldi: 2021-yil 25-aprel.
- ↑ 15,0 15,1 Whitelaw, Anne. Spaces and Places for Art: Making Art Institutions in Western Canada, 1912-1990. McGill-Queen's University Press, 2017 — 265-bet. ISBN 978-0-7735-5032-2.
- ↑ Milroy. „Mayer confirmed as gallery director“. The Globe and Mail. CTVglobemedia Publishing (2008-yil 8-dekabr). 2008-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Cook, Marcia. „Cultural consequence“. Ottawa Citizen. Canwest (2000-yil 11-may). 2010-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 11-oktyabr.
- ↑ National Gallery of Canada: Past Exhibitions (Wayback Machine saytida 2007-08-19 sanasida arxivlangan)
- ↑ National Gallery of Canada: Travelling Exhibitions (Wayback Machine saytida 2007-08-18 sanasida arxivlangan)
- ↑ 20,0 20,1 20,2 20,3 Ditmars. „National Gallery of Canada receives major gift of contemporary art from collector Bob Rennie“. The Art Newspaper (2017-yil 9-may). Qaraldi: 2010-yil 10-oktyabr.
- ↑ 21,0 21,1 21,2 21,3 „Inuit Art“. gallery.ca. National Gallery of Canada (2019). Qaraldi: 2019-yil 11-oktyabr.
- ↑ 22,0 22,1 „Asian Paintings and Sculptures“. gallery.ca. National Gallery of Canada (2019). Qaraldi: 2019-yil 10-oktyabr.
- ↑ "'Whiffs of Balsam, Pine and Spruceʼ: Art Museums and the Negotiation of a 'Canadianʼ Aesthetic, " in J. Berland and S. Hornstein (eds), Capital Culture: A Reader on Modernist Legacies, State Institutions and the Value(s) of Art, McGill-Queenʼs Univ. Press, 2000, 122-137.
- ↑ Anne Whitelaw, „Placing Aboriginal Art at the National Gallery of Canada“ Canadian Journal of Communications, special issue on Culture, Heritage and Art, 31:1, 2006, 197-214.
- ↑ 25,0 25,1 25,2 25,3 25,4 25,5 „Canadian Art“. gallery.ca. National Gallery of Canada (2019). Qaraldi: 2019-yil 10-oktyabr.
- ↑ 26,0 26,1 26,2 26,3 26,4 26,5 26,6 26,7 Boswell. „Pricing 10 of the priceless: Here are some of the National Gallery of Canada's most expensive artworks (we think)“. Ottawa Citizen (2018-yil 3-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 10-oktyabr.
- ↑ Reid. „Alex Colville appreciated but not always understood“. The Waterloo Region Record. Metroland Media Group (2014-yil 23-avgust). Qaraldi: 2019-yil 11-oktyabr.
- ↑ 28,0 28,1 28,2 Whyte. „The National Gallery's moment of truth“. Toronto Star. Torstar Corporation (2017-yil 5-iyun). Qaraldi: 2019-yil 10-oktyabr.
- ↑ 29,0 29,1 „Aboriginal Art“. gallery.ca. National Gallery of Canada (2019). Qaraldi: 2019-yil 11-oktyabr.
- ↑ Igloliorte, Heather.
- ↑ See Anne Dymond,Diversity counts: gender, race, and representation in Canadian art galleries MQUP, 2019, 49-51.
- ↑ 32,0 32,1 „Contemporary Art“. National Gallery of Canada (2019). Qaraldi: 2019-yil 10-oktyabr.
- ↑ National Gallery of Canada is latest major museum to welcome Louise Bourgeois' Maman (Wayback Machine saytida 2009-09-25 sanasida arxivlangan), 2005-yil 9-may
- ↑ 34,0 34,1 34,2 „European Art“. gallery.ca. National Gallery of Canada (2019). Qaraldi: 2019-yil 10-oktyabr.
- ↑ „Asian Painting and Sculpture“. gallery.ca. National Gallery of Canada (2019). Qaraldi: 2019-yil 10-dekabr.
- ↑ 36,0 36,1 Beeby. „Gallery officials knew selling the Chagall would be highly controversial — but did it anyway“. CBC News. Canadian Broadcasting Corporation (2018-yil 28-iyun). Qaraldi: 2019-yil 10-oktyabr.
- ↑ National Gallery acquires rare Renaissance masterpiece by Salviati (Wayback Machine saytida 2007-07-14 sanasida arxivlangan), 15 August 2005
- ↑ 38,0 38,1 Hum. „National Gallery of Canada acquires and exhibits 19th century French 'masterpiece'“. Ottawa Citizen (2018-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 10-oktyabr.
- ↑ 39,0 39,1 39,2 „Library & Archives“. National Gallery of Canada (2019). Qaraldi: 2019-yil 1-dekabr.
- ↑ 40,0 40,1 „Special Collections“. National Gallery of Canada (2019). Qaraldi: 2019-yil 1-dekabr.
- ↑ Legislative Services Branch. „Consolidated federal laws of Canada, Department of Canadian Heritage Act § 4(2)(l)“. laws-lois.justice.gc.ca (2013-yil 30-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 19-dekabr.
- ↑ „Summary of the Corporate Plan for 2012–13 to 2016–17 and Operating and Capital Budgets for 2012–13“. gallery.ca. National Gallery of Canada (2012). Qaraldi: 2022-yil 13-may.
- ↑ 43,0 43,1 43,2 43,3 Lerner, Mary F.; Williamson, Loren Ruth. Art Et Architecture Au Canada. University of Toronto Press, 1991 — 340-bet. ISBN 0-8020-5856-6.
- ↑ Ord 2003, s. 15.
- ↑ Whitelaw, Anne. Spaces and Places for Art: Making Art Institutions in Western Canada, 1912-1990. McGill-Queen University Press, 2017 — 238-bet. ISBN 978-0-7735-5032-2.
- ↑ Ord 2003, s. 349.
- ↑ „Former National Gallery head Shirley Thomson dies“. CBC Arts. Canadian Broadcasting Corporation (2010-yil 11-avgust). Qaraldi: 2020-yil 3-mart.
- ↑ „Pierre Théberge, former Director of the National Gallery of Canada, will be fondly remembered for bringing the iconic sculpture Maman to the Gallery“. gallery.ca. National Gallery of Canada (2018-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 3-mart.
- ↑ 49,0 49,1 Hum, Peter „Meet the National Gallery of Canada's new director: 'What's good for art is good for Canada and for the world'“. Ottawa Citizen (2019-yil 13-fevral). Qaraldi: 2020-yil 3-mart.
- ↑ „Former CMHR executive named National Gallery of Canada interim director“.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Dymond, Anne. Diversity Counts: Gender, Race, and Representation in Canadian Art Galleries. McGill-Queen's Press, 2019. ISBN 978-0-7735-5673-7.
- Newland, Anne (1991). "The National Gallery of Canada's Theme Rooms: Exploring the Educational Exhibition". Canadian Journal of Education 16 (3): 361–370. doi:10.2307/1494884. https://archive.org/details/sim_canadian-journal-of-education_summer-1991_16_3/page/361.
- Ord, Douglas. The National Gallery of Canada: Ideas, Art, Architecture. McGill-Queen's Press, 2003. ISBN 0-7735-2509-2.
- Rybczynski, Witold. "A National Gallery". Looking Around: A Journey Through Architecture. Toronto: HarperCollins, 1992 — 159–166-bet. Qaraldi: 2021-yil 9-sentyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda National Gallery of Canada mavzusiga oid fayllar bor
- Rasmiy sayti
- Structureda Kanada milliy galereyasi
- Google Arts & Cultureda Kanada milliy galereyasi