Karayli togʻlari
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Karayli togʻlari - Hisor tizmasining janubi-gʻarbiy tarmogʻi. Qashqadaryo viloyatining janubi-sharqida. Eng baland joyi 964 m, uz. 7 km. Ikki antiklinal strukturadan iborat. Yon bagʻirlari shim.-gʻarbida qir-adirlardan keskin koʻtarilgan (Karamel choʻqqisi, 883 m) va kuchli parchalangan. Suvayirgich qismi paleogen (buxoro yarusi)ning qattiq ohaktosh va qumtoshlaridan tarkib topgan. Qattiq ohaktosh va qumtoshlarning mavjudligi sababli kuesta relyef shakli vujudga kelgan. Toʻq boʻz tuproqlarda past togʻlarga xos efemer va efemeroidlar, bugʻdoyiq, togʻ shuvogʻi, chalov, qoʻziquloq, butalardan bodom, pista va b. oʻsadi. Yaylovlarning mahsuldorligi oʻrtacha 2,3—3,0 s/ga. Karayli togʻlari shimoli-sharqidan Qarshi — Termiz avtomobil yoʻli va Gʻuzor daryosi oʻzani oʻtgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |