Kationlar
Qiyofa
Kationlar (yunonchadan olingan boʻlib, κάτω(káto) – pastga va ιόν(ion) – harakatlanuvchi) – musbat zaryadli ionlar; elektr maydonida manfiy elektrod – katod tomon harakatlanadi.[1]. Tushuncha 1834 – yilda Maykl Faradey tomonidan kiritilgan
Kationlar asosan musbat zaryadning kattaligi bilan xarakterlanadi: masalan, NH4+ – bir zaryadli ammoniy kationi, Al3+ – alyuminiyning uch zaryadli kationi.
Kation doimo musbat zaryadlangan boʻlib, har xil kattalikda boʻlishi mumkin. Asosan zaryadning kattaligiga yoʻqotilgan elektronlarning soni taʼsir qiladi. Manfiy zaryadlangan zarrachalarni (anionlarni) oʻziga jalb qilib, ular ionli bogʻlangan kimyoviy birikmalar hosil qiladi.