Kattaich gʻori
Qiyofa
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kattaich gʻori — Shimoliy Nurota tizmasining shimoliy yon bagʻrida (Jizzax viloyati, Forish tumani), 850 m balandlikda joylashgan. Toshkoʻmir davriga mansub ohaktoshlarda hosil boʻlgan. Gʻorning kirish qismi tuxumsimon shaklda (eni 1 m, balandligi 0,7 m). Ichkaridagi katta xonaga 7 m uzunlikdagi yoʻlak orqali kiriladi. Xonadan har tomonga yoʻlaklar ketgan, ular oxirida torayib tugaydi. Xona sahnida gʻor gillari, devor va shiplarda boksit rudasi belgilari mavjud. Gʻorning umumiy uz. 35 m, maydon 150 m2, qajmi 335 m2 dan ziyod.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |