Kontent qismiga oʻtish

Kaylas

Vikipediya, erkin ensiklopediya

KaylasXitoydagi togʻ tizmasi, Tibet togʻligining jan.da. Shim.gʻarbdan jan.-sharqqa tomon Himolay togʻlariga parallel yoʻnalishda 300 km ga choʻzilgan. Eng baland joyi 6714 m (Kaylas togʻi). Asosan, granit jinslardan tuzilgan. Jan. yon bagʻri tik, kuchli yemirilgan, shim. nisbatan qiya. Qor chizigʻi 5700—5900 m balandlikdan oʻtadi. Muzliklar bor. Baland togʻlarga xos quruq dasht landshafti ustun. K.dan Hind va Brahmaputra daryolari irmoqlari boshlanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil