Kontent qismiga oʻtish

Kazreti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kazreti (gruzincha: კაზრეთი) Gruziyaning Kvemo Kartli mintaqasida joylashgan Bolnisi munisipalitetidagi shaharcha (daba) boʻlib. Uning asosiy iqtisodiy faoliyati konchilikdir. Kazretidagi eng yirik ish beruvchi konchilik firmasi RMG Copper OAJ hisoblanadi. Oltin va mis metallari Kazreti shaharchasidagi konlarda qazib olinadigan asosiy qimmatbaho metallarning eng asosiysi hisoblanadi. Gruziyada olib borilgan tarixiy tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, bu hududda ming yillar oldin oltin qazib olish boshlangan. Taxminlarga koʻra, dunyodagi eng qadimgi oltin koni Kazreti chekkasidagi Sakdrisi maydoni boʻlgan.

Kazretidagi konlar 1970-yilda Sovet Ittifoqi davrida oʻzlashtirila boshlangan. 1970-yildan Sovet Ittifoqi parchalangunga qadar Kazreti Gruziyada kosmopolit qishloq sifatida tanilgan boʻlib, unda turli Sovet respublikalaridan kelgan konchilar va ishchilar oilasi istiqomat qilgan. Sovet Ittifoqi parchalanganidan soʻng, hozirda shaharchada istiqomat qilayotgan aholining aksariyati gruzin millatiga mansub.

Kazreti UNM va GD hukumatlari davrida turli xil ekologik va mehnat noroziliklari joyi boʻlgan. Chunki konlarda koʻplab ish tashlashlar, ishchilar noroziligi kelib chiqqan. 2014-yilda konlardagi mehnat sharoitlari bilan bogʻliq koʻplab norozilik namoyishlari va ochlik eʼlonlari boʻlib oʻtgan[1].

Kazreti shaharchasida ikkita davlat maktabi, kutubxona va kichik politsiya uchastkasi mavjud. Shahrchaning joylashuvi kenglik 41,379963, uzunlik 44,410007, balandlik 699 metr hisoblanadi.