Kontent qismiga oʻtish

Kefeli masjidi

Koordinatalari: 41°1′46″N 28°56′30″E / 41.02944°N 28.94167°E / 41.02944; 28.94167
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Kefeli masjidi
turkcha: Kefeli Câmîi
Kefeli masjidining janub tomondan koʻrinishi
Mamlakat  Turkiya
Istanbul Fotih tumani, Salmatomruk mahallasi, kasap Sokak hududida joylashgan Kariye masjidi va Fethiye masjidlari oʻrtasi
Koordinatalar 41°1′46″N 28°56′30″E / 41.02944°N 28.94167°E / 41.02944; 28.94167
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi cherkov
Meʼmoriy uslub Vizantiya meʼmorchiligi
Binokorlik sanasi XIII—XV asrlar
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1
Qurilish materiali gʻisht, tosh

Kefeli masjidi (turkcha: Kefeli Câmîi) – sobiq sharqiy pravoslav cherkovi boʻlib, keyinchalik Rim katoliklari tomonidan boshqarilgan. Usmonlilar imperiyasi davrida masjidga aylantirilgan. Ushbu katolik cherkovi Aziz Nikolayga bagʻishlab bunyod etilgan.

Kefeli masjidiga qiziqish Vizantiya imperiyasi davrida bunyod etilgan binoning bazilika shakli oʻzgartirilganidan keyin paydo boʻlgan[1].

Kefeli masjidi Istanbul shahri, Fotih tumani, Salmatomruk mahallasi, kasap Sokak hududida joylashgan Kariye masjidi va Fethiye masjidlari oʻrtasida barpo etilgan.

Masjid 1877-yilgi rasmda

Konstantinopolning oltinchi tepaligi yonbagʻrida joylashgan ushbu binoning kelib chiqishi toʻgʻrisida aniq maʼlumotlar mavjud emas. Anʼanaga koʻra, IX asrda imperator Theophilos (hukmronlik davri: 829—842-yillar) davrida sarasenlarga (salib yurishlari davrida arablar yoki musulmonlar shunday atalgan) qarshi urushlarda general boʻlgan Manuel the Armenian monastir qurdirgan[2]. Manuel imperator Theophilosning rafiqasi Theodoraning amakisi boʻlgan. U faoliyatini monastirda davom ettirishdan oldin, erining oʻlimidan keyin Theodoraning chaqaloq oʻgʻli Michael III ga mamlakatni vaqtinchalik boshqarish uchun yordam bergan uchta maslahatchilardan biri boʻlgan.

Manuel monastiri patriarx Photius tomonidan qayta qurilgan. Keyinchalik yovuz Romanos I Lekapenos (hukmronlik davri: 920—944-yillar) tomonidan qayta tiklangan.

Kefeli Masjidining Manuel tomonidan asos solingan monastirga tegishli ekanligi aniq emas, shuningdek, soʻnggi tadqiqotlar ham ushbu maʼlumotni rad etadi[1].

Cherkovni masjidga aylantirish ishlari 1475-yilda, Konstantinopolning fathidan koʻp vaqt oʻtmay, Usmonlilar imperiyasi Qrimning Genuya shahridagi Feodosiya koloniyasini bosib olganidan soʻng boshlangan. Kaffada istiqomat qiluvchi barcha lotin, yunon va yahudiylar Istanbulga surgun qilingan. Lotinlar, asosan genuyaliklar va armanlar bilan birgalikda bu binodan cherkov sifatida foydalanishga ruxsat olganlar[1]. Keyinchalik, Aziz Nikolayga bagʻishlangan cherkov Dominikanlar tomonidan boshqarilgan[3]. Bu kichik cherkov shu yaqin oʻrtada joylashgan „Avliyo Maryam“ katolik cherkoviga bogʻliq boʻlib, keyinchalik ushbu cherkov „Odalar masjidi“ga aylantirilgan[3]. 1630-yilda Murod IV (hukmronlik davri: 1623—1640) davrida cherkov vazir Rajab posho tomonidan mescitga (kichik masjid) aylantirilgan, lekin avvalgi nomi saqlab qolingan, keyinchalik esa avval Kefe Mahalle, keyin esa Kefeli Mescidi nomi bilan tanilgan. Buning evaziga esa armanlar Balatda joylashgan yunon cherkoviga ega boʻlishgan[3].

Arxitekturasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Minorali masjid apsidasining shimoldan koʻrinishi. Bu yerdan gʻisht va toshning muqobil yoʻnalishlari aniq koʻrinadi.

Bino uzunligi 22,6 metr va eni 7,22 metrdan[4] iborat boʻlib, qurilish rejasiga koʻra shimoldan janubga yoʻnaltirilgan katta zaldan iborat, bunday uslub Konstantinopoldagi Vizantiya cherkovlari orasida juda kam uchraydi. Bino devori gʻisht va toshlardan bunyod etilgan. Masjidning shimol tomonida gʻishtdan qurilgan ark va yarim doira shaklidagi apsida mavjud boʻlib, uning tashqi tomoni koʻpburchak shaklga ega. Asosiy yoʻlak devorlariga ikki qatorli derazalar tartibsiz koʻrinishda oʻrnatilgan. Masjidning janub devori ham ikki qatorli derazalarga ega. Pastki derazalar yuqori deralardan ancha katta. Masjidga kirish qismi gʻarbiy devorning oʻrtasida joylashgan. Binoning gʻarbiy tomonida tom qismi uchta ustunga tayangan sardoba joylashgan[4].

Kefeli masjidining qurilgan sanasi maʼlum emas. Koʻpburchak apsida va apsidadagi boʻshliqlar Paleologlar poydevori cherkovlariga xos tarzda bunyod etilgan[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Mathews (1976), p. 190.
  2. Van Millingen (1912), p. 254.
  3. 3,0 3,1 3,2 Müller-Wiener (1977), 166
  4. 4,0 4,1 Van Millingen (1912), p. 258.