Kirill Romanovskiy-Iskander
Kirill Romanovskiy-Iskander | |
---|---|
Tavalludi |
5-dekabr 1914-yil |
Vafoti |
1992-yil Moskva, Rossiya |
Fuqaroligi | Rossiya |
Otasi | Aleksandr Nikolayevich Iskander |
Onasi | Olga Iosifovna Rogovskaya |
Knyaz Kirill Aleksandrovich Romanovskiy-Iskander yoki Ciril Iskander Romanov (5-dekabr 1914-yil, Toshkent, Turkiston – 1992-yil, Moskva) – inqilobdan keyin Rossiyada omon qolgan Romanovlar xonadonining soʻnggi ikki vakilidan biri.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kirill Romanovskiy-Iskander Aleksandr Nikolayevich Romanov (1887-yil 15-noyabrda – 1957-yil 26-yanvar) va uning birinchi rafiqasi Olga Iosifovna Rogovskaya oilasida tavallud topgan. U Buyuk Gertsog Nikolay Konstantinovichning va podsho Nikolay I ning nabirasi boʻlgan.
Buyuk Gertsog Konstantin Nikolayevichning oʻgʻli Nikolay Konstantinovich onasi brilliantlarni oʻgʻirlagani uchun sharmanda boʻlib, Oʻrta Osiyoga surgun qilingan. Buyuk Gertsog Nikolay Toshkentda saroy qurdirgan va yashagan. Uning oʻgʻli Toshkentda tugʻilgan. Unga podshoh Aleksandr III (uning togʻasi) tomonidan shahzoda Iskander unvoni berilgan (Iskander Iskandar ismining arabcha shaklidir[1][2]) .
Kirill Toshkentda tugʻilgan, Rossiya imperiyasi Konstantinovichlar sulolasi aʼzosi boʻlgan. Uning singlisi malika Natalya Romanovskaya-Iskander (1917–1999) edi. Ularning ota-onalari ajrashishdi va 1924-yilda Kirill va uning singlisi onasi bilan Moskvaga koʻchib oʻtishdi (avval ular Plyushixaga, keyin Arbatga koʻchib oʻtishdi). U yerda Olga Iosifovna Nikolay Androsovga turmushga chiqdi.
Kirilning oʻgay otasi uni va singlisini asrab oldi, shuning uchun knyaz Iskander Kirill Nikolayevich Androsov deb familiyasini oʻzgartirdi. Uning otasi ham 1930-yilda Parijda ikkinchi marta Natalya Xanikovaga (1893-yil 30-dekabr – 1982-yil 20-aprel) uylandi.
Rus inqilobidan keyin Kirill va uning singlisi Natalya SSSRda Romanovlarning yagona avlodlari edi. Aka-singil umrini SSSRda oʻtkazgan[3].
Uning amakivachchalari – Gretsiya va Daniya shahzodasi Maykl[4] va Edinburg gertsogi shahzoda Philip[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Behind the Name“. 2022-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-sentyabr.
- ↑ Campbell, Mike „Meaning, origin and history of the name Iskandar“ (en). Behind the Name. Qaraldi: 2023-yil 25-mart.
- ↑ Interview with Eleonora Dostal-Oruç (1999-2000’s archive) Sabah News 29 January 2000, retrieved 19 June 2011.
- ↑ „Войти“ (ru). www.livejournal.com. Qaraldi: 2023-yil 10-noyabr.
- ↑ About the family by Andrei Voznesensky includes Князь Михаил Греческий "Биография Великого Князя Николая Константиновича" and О.Лунькова "Княжна на мотоцикле".