Koʻn
Koʻn — mol, echki, qoʻy va boshqa hayvonlar terisidan tayyorlangan charm turi. K. ning bedona, amirkon, xrom (xrom tuzlari bilan ishlov berilgan), shagren (qoʻy, echki terisidan tayyorlangan), upuka (buzoq, terisidan tayyorlangan) xillari bor. Qadimda K.ni mahalliy kosib-koʻnchilar oʻz xonadonlarida tay-yorlaganlar. Baʼzi mahalla va qishloqlar koʻnchilikka ixtisoslashtirilgan. 20-asr boshlariga kelib koʻnchilikning sanoat usuli paydo boʻldi. Oʻzbekiston hududidagi vdaharlarda koʻn zavodlari qurila boshladi. Dastlab bu zavodlar teri zavodi, teri ishlash zavodi, keyinchalik kun zavodlari deb nomlangan. "Kun" atamasining mazmuni bir muncha kengayib, umuman pishirilgan mol terisining barcha turlarini oʻz ichiga oladigan maʼno kasb etgan (yana qarang Koʻn-poyabzal sanoati, Koʻnchilik).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |