Kontent qismiga oʻtish

Kolyuriya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kolyuriya (coluria) — raʼnodoshlar oilasiga mansub ildizpoyali koʻp yillik oʻt. Yoʻgʻon ildizpoya hosil qilib oʻsadi. Ildiz boʻgʻzi barglari bandli, poyadagilari bandsiz, mayda. Guli sariq, yakka yoki toʻpgul. Mevasi koʻp yongʻoqli. Janubiy Sibir, Shimoliy Moʻgʻuliston va Xitoyda 5—7 turi bor. Oltoy, Sharqiy Qozogʻiston, Krasnoyarsk ulkasining jan. va Tuvadagi dasht va toshloq togʻ yon bagʻirlarida bir turi uchraydi. Ildizpoya va ildizidan evgenolli efir moyi olinadi. Mahalliy xalq ildizpoya va ildizini choy sifatida va tamakini xushboʻy qilish uchun ishlatadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil