Konoshskiy tumani
Andoza:Infobox Russian district Konoshskiy tumani ( ruscha: Ко́ношский райо́н ) — Rossiyaning Arxangelsk viloyatidagi 21ta tumandan biri hisoblanadi[1]. Munitsipal bo'linma tarkibiga Konoshskiy shahar okrugi kiritilgan[2]. Viloyatning janubi-g'arbiy qismida joylashgan. Shimolda Nyandomskiy tumani, sharqda Velskiy tumani, janubda Vologda viloyatining Verxovajskiy, Vojegodskiy va Kirillovskiy tumanlari bilan chegaradosh. G'arbda esa Kargopol tumani bilan. Tumanning maydoni 8,500 square kilometer (3,300 kv mi)[3]. Uning maʼmuriy markazi — Konosha shahar aholi yashash punkti. Aholisi 26,106 nafar kishidan iborat bo'lib,Konosha aholisining 47,6% ni tashkil qiladi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hududda ural tillarida so'zlashuvchilar yashagan.Keyinchalik Novgorod Respublikasi tomonidan mustamlaka qilingan. Novgorod qulaganidan keyin bu hudud Moskva Buyuk Gertsogligining bir qismiga aylandi. 1727-yilda ikkiga Novgorod gubernatorligi (g'arbiy) va Arxangelgorod gubernatorligiga (sharq) bo'linadi.1780-yilda Arxangelogorod gubernatorligi tugatiladi.1796-yilda yana ikkiga Arxangelsk va Vologda gubernatorliklariga ajratiladi. Hozirgi Konoshskiy tumani Olonets gubernatorligidagi Kargopolskiy uyezdi, Novgorod gubernatorligidagi Kirillovskiy uyezdi va Vologda gubernatorligidagi Velskiy va Kadnikovskiy uyezdlari o'rtasida bo'linadi..1929-yil 15-yanvarda uyezdlar tugatilib, gubernatorliklar Shimoliy o'lkaga birlashtirilgan.Konoshskiy okrugi tashkil etilib, Shimoliy oʻlkaning Nyandoma okrugi tarkibiga kiritilgan[4].
Rossiyada ma'muriy bo'linish tez-tez o'zgarib turgan. 1930-yilda okrug tugatilib, Shimoliy oʻlka markaziy boshqarmasiga boʻysundirilgan. 1931-yilda Konoshskiy tumani tugatiladi. Ammo 1935-yil mart oyida yana qayta tashkillashtiriladi[5]. 1936-yilda o'lka Shimoliy viloyatga aylantirildi. 1937-yilda Shimoliy viloyat Arxangelsk viloyati va Vologda viloyatlariga bo'linadi. O'shandan beri Konoshskiy tumani Arxangelsk viloyati tarkibida.
Joylashuv va geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuman Onega, Sukhona va Vaga daryolari havzalari o'rtasida bo'lingan, ammo bu daryolarning hech biri tumandan oqib o'tmasdi. Konoshskiy tumanining shimoli-g'arbiy qismidagi daryolar Onegaga quyilgan. Asosiy daryosi Voloshka hisoblangan. Vozhe ko'lining shimoli-g'arbiy qirg'og'i hamda Onega daryo havzasi Konoshskiy tumaniga tegishli boʻlgan. Ko'lning o'zi Vologda viloyatida joylashgan. Kubenskoye ko'liga oqib tushadigan Kubena daryosi (Suxona undan oqib chiqadi) o'z manbasini tumandan oladi. Tumanning sharqiy Vel daryosi havzasi janubi-g'arbiy qismidagi kichik hududlar Vaga daryosining boshqa chap irmog'i boʻlgan Pejma havzasiga tegishli.
Tumanning katta qismi ignabargli oʻrmonlar ( tayga ) bilan qoplangan.
Ma'muriy va munitsipal maqomi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Konosh tumani chegaralari ko'p jihatdan o'zini o'zi boshqaruvchi okruglarga to'g'ri keladi.Ma'muriy jihatdan Konosh tumanining Yertsevskiy selsovet tarkibiga kiruvchi Sovza aholi yashash punkti bundan mustasno, lekin Uxotskoye qishloq posyolkasi tarkibiga munitsipalitet hisoblanadi. Kargopolskiy shahar okrugi[2].
Ma'muriy bo'linmalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuman maʼmuriy boʻlinma sifatida oʻnta selsovetga va yurisdiktsiya hududiga ega boʻlgan bitta shahar tipidagi aholi punktiga ( Konosha ) boʻlingan. Ilgari shahar tipidagi aholi punkti maqomiga ega boʻlgan uchta shaharcha mavjud boʻlgan. 2006-yilda qishloq maqomiga tushirilgan. Podyuga, Voloshka va Yertsevo aholi yashash punktlari tashkil etilgan.
- Danilovskiy (Konosha);
- Glubokovskiy (Sosnovka);
- Xmelnitskiy (Papinskaya);
- Klimovskiy (Klimovskaya);
- Podyujskiy (Podyuga);
- Tavrengskiy (Ponomaryovskaya);
- Vadyinskiy (Toporovskaya);
- Voxtomskiy (Fominskiy);
- Voloshskiy (Voloshka);
- Yertsevskiy (Yertsevo).
Munitsipal bo'linmalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuman o'zini o'zi boshqarish tuzumiga ko'ra bitta shahar va yettita qishloq aholi punktiga boʻlinadi.
Maʼmuriy markazlari qavs ichida keltirilgan[2].
- Konoshskoye shahar posyolkasi ( Konosha );
- Klimovskoye qishloq posyolkasi (Klimovskaya);
- Mirniy qishloq posyolkasi (Mirniy temir yo'l stantsiyasi);
- Podyujskoye qishloq posyolkasi (Podyuga);
- Tavrengskoye qishloq posyolkasi (Ponomaryovskaya);
- Voxtomskoye qishloq posyolkasi (Fominskiy);
- Voloshskoye qishloq posyolkasi (Voloshka);
- Yertsevskoye qishloq posyolkasi (Yertsevo).
Iqtisodiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sanoat
[tahrir | manbasini tahrirlash]2009-yilda tumanda sanoat tarmogʻi yogʻoch tayyorlash (YaIMga nisbatan 52,7%), energetika rivojlanishi (40,8%), oziq-ovqat sanoati(6,4%) keng rivojlangan[6].
Qishloq xo'jaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2008-yilda tumanda o‘ttiz beshta fermer xo‘jaligi, ikkita qishloq xo‘jaligi ro‘yxatga olingan. Ular ekinlar, kartoshka va don yetishtirish bilan bir qatorda sut ishlab chiqarish bilan shug'ullangan[7].
Transport
[tahrir | manbasini tahrirlash]Konoshani sharqda Velsk va shimolda Nyandoma bilan bog'laydigan asfaltlangan yo'llar mavjud boʻlgan.
Tumandagi eng yirik temir yo'l markazi Konosha hisoblanadi. U Moskva va Arxangelskning janubiy-shimoliy yo'nalishida qurilgan. Temir yo'l Konoshada boshlanib, Vorkutagacha davom etib, Kotlasga boradigan liniya sharqqa tarqalgan. Moskvadan Arxangelskgacha boʻlgan liniya o'zgaruvchan tokdan foydalangan. Moskva - Vorkuta yo'nalishidagi barcha poezdlar lokomotivni o'zgartirishi va Konoshada taxminan yigirma daqiqa to'xtashi kerak boʻlgan.
Madaniyat va tarixiy obyektlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tumanda mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan madaniy-tarixiy meros sifatida tasniflangan to'qqizta ob'ekt mavjud. Ularning aksariyati 1917-yilgacha yog'ochdan qurilgan qishloq uylari hisoblanadi.
Tumandagi yagona davlat muzeyi 2003-yilda ochilgan Konosh tumani muzeyidir[8].
1964 - 1965-yillarda bo'lajak adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti sovrindori Iosif Brodskiy ijtimoiy huquq buzarlikda ayblangan. Uni Norinskaya qishlog'iga surgun qilindi. 1965-yilda jazo o'zgartiriladsi. Surgunda Brodskiy o'tin kesgan hamda rus va amerika adabiyotini o'rgangan.
Ma'lumotnomalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Law #65-5-OZ
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Law #258-vneoch.-OZ
- ↑ {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda
sarlavha=
parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“ (ru). Двина-Информ. Qaraldi: 2011-yil 6-sentyabr. - ↑ {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda
sarlavha=
parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“ (ru). Администрация МО «Коношский муниципальный район». Qaraldi: 2011-yil 6-sentyabr. - ↑ (ru)Коношский курьер (31–32). March 22, 2005. Archived from the original on September 4, 2011. https://web.archive.org/web/20110904080959/http://www.arhpress.ru/konkur/2005/3/22/22.shtml. Qaraldi: June 10, 2011.Konoshskiy tumani]]
- ↑ {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda
sarlavha=
parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“ (ru). Администрация МО «Коношский муниципальный район». Qaraldi: 2011-yil 6-sentyabr. - ↑ {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda
sarlavha=
parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“ (ru). Администрация МО «Коношский муниципальный район». Qaraldi: 2011-yil 6-sentyabr. - ↑ {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda
sarlavha=
parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“ (ru). Коношский районный краеведческий музей. Qaraldi: 2011-yil 6-sentyabr.
Andoza:Arkhangelsk OblastAndoza:Rural localities in Konoshsky District