Konstantinopol qamali (1394-1402)
Knstantinopol qamali | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
Raqiblar | |||||||
Vizantiya imperyasi | Usmoniylar Imperyasi | ||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Manuel II Palaiologos | Boyazid I |
Konstantinopol qamali (1394-1402) – Usmonlilar sultoni Boyazid I tomonidan sakkiz yil oraliqda (1394—1402) davom etgan. Usmonli imperiyasining armiyasi hali oʻqotar qurollar bilan taʼminlanmagan edi, Boyazid parallel ravishda boshqa harbiy yurishlarni boshqargan, shuning uchun bu sakkiz yil davomida faol harbiy harakatlar boʻlmagan. Quruqlik tomondan Konstantinopol toʻsib qoʻyilgan, ammo Usmonli flotining qudrati pastligi = tufayli shaharga dengiz yoʻli kirishga deyarli xech qanday qarshiliklar boʻlmagan. Konstantinopolni qamal qilish nasroniy hukmdorlarini Usmonli ekspansiyasiga qarshi birgalikda harakat qilishga majbur qildi. Nikopolga salib yurishi uyushtirildi, u nasroniy qoʻshinlarining magʻlubiyati bilan yakunlandi. Anqara jangida Amirr Temurning Boyazid ustidan qozongan gʻalabasigina shaharni taslim boʻlishdan saqlab qoldi.
Birinchi qamal
[tahrir | manbasini tahrirlash]1354-yilda Gallipoli egallab olingandan soʻng, Usmonlilar Bolqon davlatlariga doimiy hujumlar uchun uchun qarorgoh tayyorladilar. 1374-yilda Vizantiya Usmonli sultonining vassaliga aylandi. Vizantiya imperatori Ioann V Paleologos 1391-yil 16-fevralda vafot etdi. Boyazid tomonidan Bursada garovga olingan oʻgʻli Manuel II Palaiologos Vizantiya taxtini egallash uchun qochishga muvaffaq boʻldi. Bu Boyazidning gʻazabini qoʻzgʻatdi va Boyazid tomonidan Konstantinopolning 7 oy davom etgan qamaliga olib keldi[1][2]. Manuel sezilarli darajada Usmonlilar tomonga yon bosganidan keyin qamal toʻxtatildi. Jumladan, Konstantinopolda islom saroyi tashkil etiladigan boʻldi bundan tashqari, olti ming kishilik Usmonli garnizoni ham shaharda joylashish huquqini qoʻlga kiritdi, shaharning butun bir chorak qismi koʻchmanchi musulmonlar uchun ajratildi[3][4]. Tez orada Manuil Boyazidning yurishiga qoʻshilish uchun Anadoludagi Sulton qarorgohiga chaqirildi. Onasini Konstantinopolda oʻz oʻrniga boshqaruvchi sifatida qoldirib, 1391-yil 8-iyunda Manuel sultonning buyrugʻiga boʻysunib Anadoluga yetib bordi. 1392-yil yanvargacha Manuel Boyazid bilan birga jang majbur boʻldi. Uning kuzatganlari, boshidan kechirganlari uyga yuborilgan maktublarda aks etardi. Boyazidning Manuil va uning jiyani Ioann ishtirok etgan yurishi Jandariylarning shaharlari Kastamon va Sinopni egallashga qaratilgan edi. Bu yurishda Manuel Usmonlilar tomonidan zabt etilgan yunon shaharlari nimalarga aylanayotganini, qanday vayronagarchilikka uchraganini koʻrib xulosa chiqarardi[5].
1393/94-yil qishda Boyazid oʻz hokimiyatini qayta tiklash va Palaiologoiylar va ularning Moreadagi siyosatini qoralash uchun Serresda oʻz vassallarini toʻpladi[6]. Boyazid nazoratidagi davlatlarning hukmdorlari bu chaqiriqni shaxsan qabul qilishdi va ularning har biri boshqa hukumdorlar chaqirilganini bilmas edi. Ular shunday sharoitda bir-birlarini uchratganlaridan hayron boʻlib, Sulton ularni oʻldirish uchun hammasini toʻplagan, degan xayolga borishdi. Manuel imperatorlik tojini saqlab qolgan holda yigʻilishni tark etdi, lekin Boyaziddan yangi chaqiriq olganida, unga boʻysunishdan bosh tortdi. More despoti Teodorning qarshiligi bilan birgalikda bu sultonning gʻazabini qoʻzgʻatdi, u 1394-yil sentabrda Konstantinopol atrofini vayron qildi va shaharni qamal qilishni boshladi[7].
Qamal
[tahrir | manbasini tahrirlash]1394—1396-yilgi salib yurushlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1394—1396-yillarda Konstantinopol quruqlikdan qamal qilingan. Usmonlilar uchun hech kimning shaharga kirishi ham, chiqmaligi ham yetarli edi. 1394- yil boshida Manuel II venetsiyaliklar bilan aloqaga chiqdi, ular shahar turklar tomonidan bosib olingan taqdirda savdo munosabatlarining muvaffaqiyatsizlikka uchrashidan qoʻrqishdi. Venetsiyaliklar Manuelning ushbu qiyin holatidan chiqib ketishiga oʻz yordamlarini berishlarini bildirishib Konstantinopolga don yubordilar, raqibi va dushmani Genuya bilan muzokaralar olib borishga harakat qilishdi. Bundan tashqari, ular Manuelga yordam soʻrab Papaga murojaat qilishni taklif qilishdi[8].
Konstantinopolni turklar zabt etish xavfi Yevropada, ayniqsa Vengriyada koʻpchilikni harakatga keltirdi, bu esa Usmonlilarning Bolqondagi yurishining navbatdagi magʻlubiyati boʻlishi mumkin edi. Valaxiya hukmdori Mircha I keksa, 1395-yil 17-mayda Rovinj jangida gʻalaba qozonganiga qaramay, Usmonlilarning vassaliga aylanishga majbur boʻldi[9][10]. Moreya despotligi 1394—1395-yillarda turklar bosqinidan omon qoldi. Vizantiya elchilari Bordoda joylashgan Karl VI va Lankaster gertsogi saroyiga borishdi. Natijada, Mezer gertsogi bir necha ming ritsarlarini toʻpladi. Jan de Nevers boshchiligidagi bu armiya tarkibiga marshal Busiko va oʻsha davrning boshqa mashhur va oliyjanob ritsarlari mavjud edi. Ular Sigismund boshchiligidagi Vengriya armiyasiga qoʻshilishdi. Venetsiyaliklar ikkilanib qolishdi va bu 1396-yil aprelda boshlangan harakatni kechiktirdi. Qoʻshinlar iyul oyida Budada toʻplanishdi. Fransuzlar hujumni qoʻllab-quvvatladilar, Sigismund esa ehtiyotkorlik bilan harakat qilish tarafdori edi, lekin u ittifoqchilarning nuqtai fikriga rozi boʻlishi kerak edi[11]. Bu orada Tommaso Mochenigo boshchiligidagi Venetsiya floti ham dengiz orqali Konstantinopolga yetib borishga muvaffaq boʻldi[12]. Bu flot boʻgʻozlarni himoya qilishi Vizantiya va salibchilar oʻrtasidagi aloqani taʼminlashi kerak. Biroq turklarga qarshi bir qancha muvaffaqiyatlarga qaramay, 1396 -yil 25-sentabrda salibchilar Nikopol yaqinida qaqshatqich magʻlubiyatga uchradilar[13].
Ushbu magʻlubiyatning oqibatlari Konstantinopol uchun dahshatli boʻldi, uning rahbarlari Usmonli qamalidan xalos boʻlish uchun salibchilarning muvaffaqiyatiga ishonishgan edi. Shunday qilib, Boyazid juda tez Vizantiya imperiyasiga qarshi harakatlarini davom ettira oldi va Konstantinopolning chekka hududlari va uning muhum shaharchalaridan biri – Silivrini egallab oldi. Qamal toʻliq holda davom etdi. Bundan tashqari, Mochenigoning ketishi turklarga shahar qamalni kuchaytirishga imkon berdi[14]. Boyazid qoʻshinlarining koʻp qismi Konstantinopolda edi, Evrenos qoʻmondonligidagi 30 ming kishi bundan mustasno boʻlib, ular Moreani vayron qilish uchun yuborilgandilar[15].
Venetsiyaliklar Vizantiya va oʻzlarining tijorat manfaatlari uchun Usmonlilar xavfli kuch ekanliklarini angladilar. 1396-yil oxiriga kelib ular Konstantinopolni mudofaa qilish uchun flotni harniy qudratini kuchaytirish uchun mablagʻ ajratdilar. Galatadagi mustamlakasi allaqachon vayron boʻlgan genuyaliklar ham Venetsiya eskadroniga oʻz kemalarini qoʻshishga rozi boʻlishdi. Manuel shaharni jangsiz taslim qilishdan bosh tortdi. Boyazid bosimni oshirish uchun Bosforning Osiyo qirgʻogʻida Anadoluhisor qal’asini qurdirdi va Manuel II ni taxtdan agʻdarish uchun Ioann VII Palaiologosdan foydalanishni rejalashtirdi. Shaharni oziq ovqat bilan taʼminlash qiyinlashdi, aholi ochlikdan aziyat chekishni boshladi, koʻpchilik qochib ketdi. Manuel II ga kelsak, u hali ham tashqi yordamga umid qildi va yordam soʻrab iltimosnomalar yubordi[16][17].
1397—1399-yillardagi fransuz yordami
[tahrir | manbasini tahrirlash]1397-yilda qamal unchalik jiddiy emas edi, ammo Manuel II yordam soʻrash uchun bir nechta elchilarni yubordi. Konstantinopol patriarxi Polsha va Vengriya qirollarini yangi salib yurishiga chaqirdi. Konstantinopol Patriarxidan yordam soʻrab elchi Moskva Buyuk Gertsogi Vasiliy huzuriga tashrif buyurdi. Vasiliy qoʻshin yuborishni rejalashtirmagan boʻlsa-da, u mablagʻ toʻplashni eʼlon qildi. Knyazlar Mixail Tverskoy, Oleg Ryazanskiy va Vitovt pul yigʻish bilan shugʻullangan. Vizantiyaliklar uchun katta miqdorda 20 000 kumush rubl yigʻildi[18]. Mish-mishlarga koʻra, 1397-yilda Ioann VII genuyalik vositachilar orqali oʻz unvonini fransuz qiroliga sotishni taklif qilgan. Bonifatse IX katolik knyazlaridan Konstantinopolga indulgensiya evaziga pul berishni soʻrab, Vizantiya imperiyasini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga harakat qildi. Angliya qiroli Genrix IV taxminan 2000 funt sterling yigʻishga muvaffaq boʻldi, ammo bu Vizantiya poytaxtiga yetib bormadi[19].
Manuel II ning amakisi Teodor Kantakuzenus London va Parijga elchi sifatida bordi. U bilan uchrashgach, qirol Karl VI Nikopol uchun jangda qatnashgan marshal Busikoni Konstantinopolga yuborishga qaror qildi. Marshal 1399-yil 26-iyunda Eg-Mortni oʻz otryadi (1200 yoki 2000 kishidan iborat[20][21][22]) bilan tark etdi va Egey dengiziga joʻnadi va u yerda Venetsiya, Rodos va Lesvos qoʻshma eskadroniga qoʻshildi. Yozda u Konstantinopolga yetib bordi va u yerda deyarli 5 yil qamalda boʻlgan aholi tomonidan kutib olindi. Turklarga qarshi qilingan bir qancha janglar Vizantiyaga vaqtinchalik gʻalabalar keltirdi. Busiko Qora dengizga chiqishni himoya qilgan Riva qal’asini vayron qilishga muvaffaq boʻldi[23][24].
Biroq Busikoning otryadi yetarli emas edi. Konstantinopol mudofaasini kuchaytirish doirasida marshal Manuel II ni Ioann VII bilan yarashtirishga muvaffaq boʻldi. Keyin Busiko Manuelni katolik knyazlarini yangi salib yurishiga chaqirish uchun Yevropaga birga sayohat qilishga koʻndirdi. Manuel II bu taklifni qabul qildi. U Ioann VI ni oʻrinbosari sifatida qoldirdi, 1399-yil 10-dekabrda Manuel II Gʻarbga ketdi. Busico oʻz oʻrniga oʻzining zobiti Jan de Shatamoranni 100 kishilik otryad bilan qoldirdi[25][26][27].
Diplomatik aloqalar 1399—1402
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manuel Venetsiyada ish boshladi va keyin Milan yoki Padua kabi Italiyaning turli shaharlariga sayohat qildi. Shuningdek, u salib yurishlari va Konstantinopolni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga chaqirgan papa bilan ham uchrashdi. Oʻsha paytda Italiya yunon maʼdaniyatiga qiziqa boshlagan va italyan knyazlari Manuelni iliq kutib olishgan. Ammo Manuel harbiy yordam izlayotgan edi, shuning uchun 1400-yil iyun oyida u Parijga joʻnadi va u yerda Charlz VI bilan uchrashdi. Qirol unga marshal Busikoni yangi yurish boshida Konstantinopolga yuborishga vaʼda berdi. Imperator Kastiliya va Aragon qirollari bilan ham aloqaga chiqdi. Xuddi shunday, u 1400-yil oxirida tanishgan Angliya qiroli Genrix IV dan yordam soʻrashga harakat qildi. 1401-yil fevral oyida Angliyaga qilgan safaridan ruhlangan Manuel Genrix IV[28] tomonidan taqdim etilgan 3000 markadan tashqari hech qanday amaliy yordamsiz qaytdi. Parijga qaytgach, Manuel Aragon va Portugaliyaga maktublar yubordi, ammo u yerdan ham yordam olishning uddasidan chiqmadi. Manuel II ning ishtiyoqi asta-sekin soʻnib bordi, chunki Yevropa hukmdorlarining hech biri Konstantinopolning iltimoslariga va oʻzi ham aralashishdan bosh tortgan Venetsiya iltimoslariga qiziqish bildirishmadi[29][30].
Konstantinopolda Shatamoran qoʻmondonligi ostida alohida fransuz qoʻshinlari turklarga qarshi, ayniqsa oziq-ovqat izlash uchun bir nechta janglar oʻtkazdilar[31]
Boyazidga kelsak, u Konstantinopolni egallash uchun yetarli darajada tajovuzkor harakatlar qilmadi. Shahar aholisi, 1422-yilda boʻlgani kabi, buni Bibi Maryamning shafoati bilan deb oʻylashdi. Ayrim manbalar Sultonning harakatsizligini Ioann VII va Patriarx Metyu faoliyati bilan bogʻlaydilar. Ioannning 1401-yil yozida Boyazid bilan kelishishga urinishlari haqida shubhali xabarlar bor. Galatadagi genuyaliklar noilojlikdan sultonga har yili oʻlpon toʻlashga rozi boʻlishdi, degan mish-mishlar tarqaldi. Hatto Patriarx Metyu ham dushman bilan yashirin aloqada boʻlganlikda gumon qilingan, lekin u bu ayblovlarni rad etgan[32][33].
Bu vaqtda Amir Temur Usmonli imperiyasining sharqiy chegaralarida paydo boʻldi. 1399-yilda Sulton Boyazid Temurning vassali Amir Arzinjondan soliq talab qila boshladi. Bu oʻzaro mojaroga sabab boʻldi va Amir temur Anadoluga yurish boshladi. 1400-yilda Temur Sivasni egalladi. Vizantiya Amir Temurdan ittifoqchi sifatida foydalanishga umid qilishdi. 1401-yil avgustda Ioann VII Amir Temurga oʻz hurmatini bildirish va Vizantiyaning Boyazid halok boʻlgan taqdirda unga toʻlagan oʻlponini toʻlashni taklif qilish uchun Dominikanlik rohibni elchi sifatida yubordi[34]. 1402-yil 28-iyulda ikki qoʻshin Anqara yaqinida toʻqnash keldi va Usmonli qoʻshini magʻlubiyatga uchradi Boyazid asirga olinadi. Shunday qilib, 1402-yilning yozida Konstantinopolni qamal qilish toʻxtatildi[35].
Natijalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manuel Boyazidning magʻlubiyatini 1402-yil sentabrida Parijda Shatamoran Konstantinopoldan qaytib kelganida bildi. Imperator 1403-yil 9-iyunda Konstantinopolga qaytib keldi, xuddi shu kuni Ioann VII Rumelini boshqargan Boyazidning oʻgʻli Sulaymon Chelebiy bilan shartnoma imzoladi. Vizantiya imperiyasi bu qarama-qarshilikda faqat Amir Temurning aralashuvi tufayli magʻlub boʻlmadi[36].
Qamal oxirida Vizantiya imperiyasi Usmonlilarning qoʻl ostiddan baʼzi shaharlarni, shu jumladan Salonikini qaytarib olish ga muvaffaq boʻldi, ammo muhim siyosiy davlat boʻlish uchun hech qachon tiklana olmadi[37].
Boyazid faol hujumga oʻtmaganining sabablaridan biri oʻqotar qurollarning yoʻqligi edi. Garchi 1394 va 1402-yillarda Usmonlilar toʻpdan foydalanganligi maʼlum boʻlsa-da, qamal vaqtida ularda xech qanday oʻq otar qurollar boʻlmagan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://ru.scribd.com/document/173890687/Brehier-Vie-Et-Mort-Byzance
- ↑ Nicol D. M. The Last Centuries of Byzantium. – Cambr.: Cambridge University Press, 1972. – P. 296—317.
- ↑ Kinross, lord. Rassvet i upadok Osmanskoy imperii = Ottoman Centuries: The Rise and Fall of the Turkish Empire. – M.: Kron-Press, 1999. – 696 s.
- ↑ Nicol D. M. The Last Centuries of Byzantium. – Cambr.: Cambridge University Press, 1972. – P. 296—317.
- ↑ Nicol D. M. The Last Centuries of Byzantium. – Cambr.: Cambridge University Press, 1972. – P. 296—317
- ↑ Bréhier Louis. Vie et mort de Byzance / Albin Michel. – P., 2006.
- ↑ Nicol D. M. The Last Centuries of Byzantium. – Cambr.: Cambridge University Press, 1972. – P. 296—317.
- ↑ Nicol D. M. The Last Centuries of Byzantium. – Cambr.: Cambridge University Press, 1972. – P. 296—317.
- ↑ https://books.google.ru/books?id=i1B3kQEACAAJ
- ↑ Nicol D. M. The Last Centuries of Byzantium. – Cambr.: Cambridge University Press, 1972. – P. 296—317
- ↑ Nicol D. M. The Last Centuries of Byzantium. – Cambr.: Cambridge University Press, 1972. – P. 296—317
- ↑ https://archive.org/details/lafranceenorien00boucgoog/page/n5
- ↑ https://books.google.ru/books?id=i1B3kQEACAAJ
- ↑ Nicol D. M. The Last Centuries of Byzantium. – Cambr.: Cambridge University Press, 1972. – P. 296—317.
- ↑ Nicol D. M. The Last Centuries of Byzantium. – Cambr.: Cambridge University Press, 1972. – P. 296—317.
- ↑ https://books.google.ru/books?id=i1B3kQEACAAJ
- ↑ Nicol D. M. The Last Centuries of Byzantium. – Cambr.: Cambridge University Press, 1972. – P. 296—317
- ↑ Vasilev A. A. Puteshestvie vizantiyskogo imperatora Manuila II Paleologa po Zapadnoy Yevrope // Jurnal Ministerstva narodnogo prosveщeniya. – SPb.: Tip. V. S. Balasheva, 1912. – T. XXXIX. – S. may: 41-78, iyun: 260-304.
- ↑ Nicol D. M. The Last Centuries of Byzantium. – Cambr.: Cambridge University Press, 1972. – P. 296—317.
- ↑ Nicol D. M. The Last Centuries of Byzantium. – Cambr.: Cambridge University Press, 1972. – P. 296—317.
- ↑ Vasilev A. A. Puteshestvie vizantiyskogo imperatora Manuila II Paleologa po Zapadnoy Yevrope // Jurnal Ministerstva narodnogo prosveщeniya. – SPb.: Tip. V. S. Balasheva, 1912. – T. XXXIX. – S. may: 41-78, iyun: 260-304.
- ↑ https://ru.scribd.com/document/173890687/Brehier-Vie-Et-Mort-Byzance
- ↑ Nicol D. M. The Last Centuries of Byzantium. – Cambr.: Cambridge University Press, 1972. – P. 296—317.
- ↑ https://ru.scribd.com/document/173890687/Brehier-Vie-Et-Mort-Byzance
- ↑ https://books.google.ru/books?id=i1B3kQEACAAJ
- ↑ Nicol D. M. The Last Centuries of Byzantium. – Cambr.: Cambridge University Press, 1972. – P. 296—317.
- ↑ https://ru.scribd.com/document/173890687/Brehier-Vie-Et-Mort-Byzance
- ↑ Nicol D. M. The Last Centuries of Byzantium. – Cambr.: Cambridge University Press, 1972. – P. 296—317.
- ↑ https://books.google.ru/books?id=i1B3kQEACAAJ
- ↑ https://ru.scribd.com/document/173890687/Brehier-Vie-Et-Mort-Byzance
- ↑ Nicol D. M. The Last Centuries of Byzantium. – Cambr.: Cambridge University Press, 1972. – P. 296—317
- ↑ Nicol D. M. The Last Centuries of Byzantium. – Cambr.: Cambridge University Press, 1972. – P. 296—317
- ↑ http://www.persee.fr/web/revues/home/prescript/article/rebyz_0766-5598_1965_num_23_1_1342
- ↑ Nicol D. M. The Last Centuries of Byzantium. – Cambr.: Cambridge University Press, 1972. – P. 296—317.
- ↑ https://books.google.ru/books?id=i1B3kQEACAAJ
- ↑ Nicol D. M. The Last Centuries of Byzantium. – Cambr.: Cambridge University Press, 1972. – P. 296—317.
- ↑ Nicol D. M. The Last Centuries of Byzantium. – Cambr.: Cambridge University Press, 1972. – P. 296—317
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Васильев А.А. Путешествие византийского императора Мануила II Палеолога по Западной Европе // Журнал Министерства народного просвещения. — СПб.: Тип. V. S. Balasheva, 1912. — Т. XXXIX. — С. май: 41-78, июнь: 260-304.
- Кинросс, лорд. Расцвет и упадок Османской империи. М.: Крон-Пресс, 1999. ISBN 5-232-00732-7.
- Острогорский Г. А.. История Византийского государства. М.: Сибирская благозвонница, 2011. ISBN 978-5913624581.
- Пенской В. В. „Пушки для султана. Османское войско эпохи расцвета (конец XV-1-я половина XVI вв.)“, . Великая огнестрельная революция. М.: Эксмо, 2010. ISBN 978-5-699-40936-5.
- {{Книга|автор=|заглавие=Livre des faits du bon messire Jean le Maingre, dit Bouciquaut, mareschal de France et gouverneur de Jennes.
- {{книга|автор= Bréhier Louis |заглавие=Vie et mort de Byzance|ссылка=https://ru.scribd.com/document/173890687/Brehier-Vie-Et-Mort-Byzance%7Cответственный=Albin Michel
- Gautier Paul. Un récit inédit du siège de Constantinople par les Turcs (1394-1402) // Revue des études byzantines. — 1965. — Vol. 23. — P. 100—117.(frans.)
- {{Книга|автор=Nicol D. M.|заглавие=The Last Centuries of ByzantiumCambridge University Press|год=1972 |pages=296—317|isbn=|isbn2=|ref=Nicol
- Setton K. M.. The Papacy and the Levant, 1204-1571: The fifteenth centuryAmerican Philosophical Society, 1976. ISBN 9780871691279.
- Le Roulx Joseph Delaville. La France en Orient au xive siècle.