Kontent qismiga oʻtish

Leonid Kuris

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Leonid Kuris
ruscha: Леонид Моисеевич Ку́рис
Tavalludi 1944-yil 17-avgust
Fuqaroligi Isroil Isroil
Taʼlimi Kiyev universiteti
Kasbi rassom, kolleksioner
Veb-sayti http://lekur.narod.ru/

Leonid Moiseyevich Kuris (1944-yil 17-avgust, Buxoro) — rassom va kitob lavhalari kolleksiyachisi (30 000-tablitalar kolleksiyasi egasi[1]), dunyoning koʻplab mamlakatlarida oʻtkazilgan koʻrgazmalar ishtirokchisi.

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Leonid Moiseyevich Kuris 1944-yil 17-avgustda Buxoroda tugʻilgan. Urushdan keyin, 1946-yilda ota-onasi bilan Kiyevga koʻchib oʻtgan.

1973-yilda Taras Shevchenko nomidagi Kiyev davlat universitetining tarix fakultetini tamomlagan.

1991-yildan Isroilda yashaydi[2].

Rassomning asarlari Avstriya, Angliya, Belgiya, Bolgariya, Vengriya, Germaniya, Daniya, Isroil, Italiya, Polsha, Rossiya, AQSh, Chexiya, Shvetsiya va boshqa mamlakatlarda oʻtkazilgan koʻrgazmalarda namoyish etilmoqda.

Bir qator ekslibris va kichik grafika koʻrgazmalarida mukofotlangan.

Leonid Kurisning asarlari muzeylar va shaxsiy ekslibris kolleksiyalarida, xususan: Belgiyaninng Sint-Niklas ekslibris muzeyida; Moskvadagi kitoblar muzeyida; Daniyaning Friderikshaven shahridagi kitoblar muzeyida; Polshaning Malbork qal’a muzeyida va boshqa koʻplab shaxsiy toʻplamlarda saqlanadi.

Fikrlar va tanqidlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yakov Berdichevskiy:

U tabiyatan oʻymakor. Material bilan xoh yogʻoch, xoh plastmassa chambarchas va organik ravishda bogʻlanadi. Oʻzi istagan asarni har qanday holatda ham yarata oladi va maqsadiga yetishadi. U gravyurachi, shuning uchun baʼzan kutilmagan va gʻayrioddiy umumlashmalarga erisha oladi.[3]

Koʻrgazmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1987-yil — Slavno (Polsha);

1994-yil — Tel-Aviv universiteti kutubxonasi (Isroil);

1995 yil — Tel-Avivdagi fransuz madaniyat markazi (Isroil);

1997-yil — Gothenburg (Shvetsiya);

1997-yil — Frederikshaven (Daniya);

2002-yil — Varshavadagi kitoblar galereyasi (Polsha);

2008-yil — Xalqaro kitobsevarlar ittifoqining ekslibris muzeyi (Moskva);

2013-yil — „Leonid Kuris. Isroil. Bookplate“ Brest (Belarus), keyin ushbu koʻrgazma Pinsk (Belarus) va Biala-Podlyaska (Polsha) shaharlarida namoyish etildi[4];

2013-yil — Wielkopolski oroli (Polsha);

2015-yil — Kohtla-Järve (Estoniya)[2];

2015-yil — Krakow (Polsha) „POLONICA“.

2019-yil — Varshavadagi kitoblar galereyasi (Polsha).

  1. Леонид Юниверг. Двадцать лет вместе“. 2015-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-noyabr.
  2. 2,0 2,1 „ФОТО: Художник из Израиля открыл свою выставку в Кохтла-Ярве“. 2015-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-noyabr.
  3. Yakov Berdichevskiy „Ekslibrisniy mir Leonida Kurisa“
  4. „“Leonid Kuris. Isroil. Bookplate»“ (2015-yil 17-noyabr). 2015-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.