Kontent qismiga oʻtish

Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi FIFA tomonidan tan olingan Madagaskar sharafini himoya qiladigan ayollar terma jamoasidir. Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi FIFA tomonidan tan olingan oʻyinini 2015-yilda oʻtkazgan. Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi 2015-yilda Hind okeani orollari oʻyinlarida ikkinchi oʻrinni egallashdi. Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi 2019-yilda Komor orollari ayollar terma jamoasiga qarshi oʻyinda gʻalaba qozonganidan soʻng COSAFA ayollar chempionatida ishtirok etishdi.

1985-yilda dunyoning deyarli hech bir davlatida ayollar futbol terma jamoasi[1] boʻlmagan, shu jumladan, Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi ham 1950-yildan 2012-yil iyungacha boʻlgan davrda FIFA tomonidan ruxsat etilgan birorta oʻyinda maydonga tushmagan[2]. 2005-yilda Zambiya mintaqaviy COSAFA ayollar chempionatiga mezbonlik qilishi kerak edi. Bu musobaqaga faqat oʻnta terma jamoa, jumladan, Janubiy Afrika Respublikasi, Madagaskar, Mozambik, Malavi, Seyshel orollari, Mavrikiy, Madagaskar, Zambiya, Botsvana, Namibiya va Lesoto ayollar milliy futbol terma jamoalari qatnashishga rozi boʻldi[3]. Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi bu musobaqada natija qayd eta olmadi[2][4]. 2010-yilda mamlakatda ayollar oʻrtasidagi Afrika chempionatida dastlabki bosqichlarda qatnashadigan jamoa yoʻq edi[5]. Mamlakatda 2011-yilgi Butun Afrika oʻyinlarida qatnashadigan jamoa ham yoʻq edi[6]. 2012-yilning iyun oyi holatiga koʻra Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi FIFA tomonidan dunyo reytingida emas edi[7].

2015 va 2016-yillarda Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi bir nechta oʻyin oʻtkazdi. Lekin shundan faqat toʻrttasi FIFA tomonidan tan olingan. Ulardan ikkitasi Komor orollari ayollar terma jamoasi ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻzaro oʻrtoqlik oʻyinlari edi[8]. Boshqa oʻyinlar Hind okeani oʻyinlari turnirida boʻlib, Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi ushbu turnirda ikkinchi oʻrinni egallashgan edi. Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi Mavrikiy ayollar terma jamoasiga qarshi oʻyinda gʻalaba qozonib turnir finaliga yoʻl olishgandi[9].

Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi 2017-yildan 2019-yilgacha ketma-ket uch yil COSAFA ayollar chempionatida ishtirok etdi. 2017-yilgi turnirda guruh bosqichidagi uchta o‘yinda ham mag‘lub bo‘lgan. 2018-yilda esa Botsvana ayollar terma jamoasi bilan faqat bitta o‘yinda durang o‘ynagan va 2019-yilgi turnirda Komor orollari ayollari terma jamoasiga qarshi faqat bitta o‘yinda g‘alaba qozongan[10][11][12].

Murabbiylar shtabi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bosh murabbiylar tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ismi Murabbiylik davri
Madagaskar Johari Rakotomalala 2015- [13]

Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasining ichki rekordlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2022-yil 14-avgust holatiga ko`ra: Qalin harfa yozilgan o‘yinchilar hali ham oʻz faoliyatini amalga oshirmoqda.

Eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Reytingi Futbolchilar Faoliyat yillari Urgan gollari Oʻtkazgan oʻyinlari
1 Sophie Farafanirina 2015-hozirga qadar 16 ??
2 Marie Sarah Rasoanandrasana ??-hozirga qadar 4 ??
3 Regina Ramiseheno 2015-?? 3 ??
Aimée Christina Razanampiavy 2015-hozirga qadar 3 ??
4 Nadia Ravaosoloarimalala 2015-?? 2 ??
Noriaty Nirina Tshohy 2015-?? 2 ??
5 Regina Mamiseheno 2015-?? 1 ??
Marie Raharimalala 2015-hozirga qadar 1 ??
Mamy Razafindrabe ??-?? 1 ??
Hanitriniana Nivonirina ??-?? 1 ??
Solomampionona Razananivo ??-?? 1 ??
Julie Solonilaina ??-?? 1 ??

Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasining yutuqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Hind okeani oʻyinlari
Ikkinchi oʻrin: 2015[9]

Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasining xalqaro turnirlardagi natijalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

     Chempion      Ikkinchi oʻrin      Uchinchi oʻrin     Toʻrtinchi oʻrin

FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati
Xitoy 1991-yil Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi
Shvetsiya 1995-yil
Qoʻshma Shtatlar 1999-yil
Qoʻshma Shtatlar 2003-yil
Xitoy 2007-yil Qatnashmadi
Germaniya 2011-yil
Kanada 2015-yil
Fransiya 2019-yil
AvstraliyaYangi Zelandiya2023-yil
Jami 0/9 - - - - - - -

Olimpiada oʻyinlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati
Qoʻshma Shtatlar 1996-yil Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi
Avstraliya 2000-yil
Gretsiya 2004-yil
Xitoy 2008-yil Qatnashmadi
Birlashgan Qirollik 2012-yil
Braziliya 2016-yil
Yaponiya 2020-yil
Fransiya 2024-yil Aniqlanmoqda
Jami 0/7 - - - - - - -

Afrika ayollar millatlar kubogi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Afrika ayollar millatlar kubogida Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar
1991-yil Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi
1995-yil
Nigeriya 1998-yil
Janubiy Afrika 2000
Nigeriya 2002-yil
Janubiy Afrika 2004-yil
Nigeriya 2006-yil Qatnashmadi
2008-yil
Janubiy Afrika 2010-yil
2012-yil
Namibiya 2014-yil
Kamerun 2016-yil
Gana 2018-yil
2020-yil Qatnashmadi, keyinchalik turnir ham bekor qilindi
Marokash 2022-yil Qatnashmadi
Jami 0/12 - - - - - -

COSAFA ayollar chempionati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
COSAFA ayollar chempionatida Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻrin Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar
Zimbabve 2002-yil Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi
Zambia 2006-yil Qatnashmadi
Angola 2008-yil
Zimbabve 2011-yil
Zimbabve 2017-yil Guruh bosqichi 11 3 0 0 3 4 17
Janubiy Afrika 2018 Guruh bosqichi 10 3 0 1 2 1 4
Janubiy Afrika 2019 Guruh bosqichi 8 3 1 0 2 5 6
Janubiy Afrika 2020 Qatnashmadi
Janubiy Afrika 2021-yil
Janubiy Afrika 2022
Jami Guruh bosqichi 8 9 1 1 7 10 27

Manbalar: COSAFA[10], Soccerway[11][12]

  1. Chrös McDougall. Soccer. ABDO, 1 January 2012 — 45-bet. ISBN 978-1-61783-146-1. Qaraldi: 2012-yil 13-aprel. 
  2. 2,0 2,1 „Madagascar: Fixtures and Results“. FIFA. 2011-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 16-aprel.
  3. Mukoka, Augustine. „The Post (Zambia) – AAGM: Zambia to Host Cosafa Women's Soccer Tourney“. The Post (2005-yil 16-avgust). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 23-aprel.
  4. „Women's Football Today“. FIFA (2006). 2012-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-iyun.
  5. „Fixtures – African Women Championship 2010 – CAF“. Cafonline.com. 2012-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 13-aprel.
  6. „Groups & standings – All Africa Games women 2011 – CAF“. Cafonline.com. 2012-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 13-aprel.
  7. „The FIFA Women's World Ranking“. FIFA (2009-yil 25-sentyabr). 2011-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-iyun.
  8. „Match Amical Feminin: Madagascar 4–0 Comores“. 2017-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-noyabr.
  9. 9,0 9,1 „Jeux des Iles de l'Océan Indien (Indian Ocean Games)“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation. 2018-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-yanvar.
  10. 10,0 10,1 „2017 COSAFA Women's Championship – Day 7 Review / Day 8 Preview“. COSAFA. 2022-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  11. 11,0 11,1 „COSAFA Women's Cup 2018“. Soccerway. Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  12. 12,0 12,1 „COSAFA Women's Cup 2019“. Soccerway. 2020-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  13. „Foot Féminin : Rakotomalala Johary nouveau head coach“ (2015-yil 3-mart).[sayt ishlamaydi]