Kontent qismiga oʻtish

Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasi
forma
Birinchi forma
forma
Ikkinchi forma

Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasi Zimbabve davlatining milliy ayollar futbol jamoasidir. Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasining faoliyati Zimbabve Futbol Assotsiatsiyasi (ZIFA) tomonidan nazorat qilinadi. 2017-yil iyun holatiga koʻra Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasi dunyo reytingida 86-oʻrinni egallab turibdi[1].

Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasining birinchi xalqaro oʻyini 2000-yil 11-noyabrda Uganda ayollar milliy terma jamoasiga qarshi 2:2 hisobida durang oʻynagan 2000-yilgi Afrika ayollar chempionati oʻyinida oʻtkazilgan. Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasi aslida 1991-yilgi Afrika ayollar chempionati qur’a tashlash marosimida ham qatnashishgan, biroq oʻyin turnir boshlanishidan oldin turnirni tark etishgan.

Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasining Afrika ayollar chempionatidagi eng yaxshi natijasi 2000-yilgi toʻrtinchi oʻrin boʻlgan. Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasi hech qachon FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga chiqishmagan.

Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasi 2016-yilgi Olimpiada futbol turniriga yoʻllanma olgan. Turnirning Guruh bosqichida Germaniya terma jamoasiga 6:1, Kanada ayollar terma jamoasiga 3:1 va Avstraliya terma jamoasiga 6:1 hisobida yutqazib, oʻz guruhida (Kanada, Germaniya va Avstraliyani oʻz ichiga oladi) oxirgi oʻrinni egalladi.

Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasi 1991-yilda Afrika ayollar chempionatida ishtirok etishi kerak edi, ammo jamoa Zambiya bilan birinchi davra oʻyinidan oldin musobaqani tark etdi[2]. 1997-yil iyun oyida Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasi FNB stadionida erkaklar oʻrtasidagi Nelson Mandela Challenge musobaqasida Janubiy Afrika bilan oʻynagan[3][4]. 2003-yilda jamoaning yulduz oʻyinchisi Yesmor Mutero milliy murabbiy Shaki Tauroni nikohdan tashqari jinsiy aloqa paytida uniga OIV infeksiyasini yuqtirganlikda aybladi. Tauro bu daʼvolarni rad etdi.Lekin shu vaqealardan keyin birdan oʻz ishini tark etdi. Mutero 2004-yilda, Tauro esa 2009-yilda vafot etgan[5]. Zimbabvelik ayol futbolchilarga nisbatan keng tarqalgan jinsiy zoʻravonlik haqidagi ayblovlar boʻyicha keyingi surishtiruv Zimbabve Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan tan olinmagan[6][7].

COSAFA ayollar chempionatida Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasi 2002-yilda ikkinchi va 2006-yilda toʻrtinchi oʻrinni egallagan. 2011-yilgi ushbu turnirda Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasi chempion boʻldi[8].

Jinsiy zoʻravonlikni yashirishdan tashqari, Zimbabve Futbol Assotsiatsiyasi Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasiga yetarli darajada jihozlanmagan va xavfli holatlardan himoyalanmagan sharoitlar yaratib bergan, tayyorgarlik oʻyinlarini tashkil etmagan, shartnomaviy toʻlov va bonuslarni ushlab qolgan, safar oʻyinlariga yoʻl haqini toʻlashdan bosh tortgan va jarohatlangan futbolchilarni davolash uchun pul toʻlashdan bosh tortgan[9][10]. 2016-yilgi Afrika ayollar kubogi uchun saralashda ishtirok etish uchun mukofot sifatida har bir futbolchiga libos sotib olish uchun 50 dollar berilgan[11][12].

Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasining murabbiylar shtabi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi murabbiylar shtabi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Lavozimi Ismi Man.
Bosh murabbiy Sithehelelve Sibanda

Bosh murabbiylar tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻyinchilari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi tarkib

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyidagi futbolchilar 2022-yilgi AFWCON ayollar kubogi saralash bosqichining oʻyinid Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirilgan. Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasining dastlabki tarkibi 2022-yil 1-fevralda eʼlon qilingan edi[13].

0#0 Poz. Oʻyinchi Tugʻilgan kuni (yoshi) Klub
Bhunu, LeonaLeona Bhunu Bulawayo Chiefs
Magwede, LindiweLindiwe Magwede 1-dekabr 1991-yil (1991-12-01) (33 yosh) Herentals
Mudyiwa, PreciousPrecious Mudyiwa 2-fevral 1998-yil (1998-02-02) (26 yosh) Black Rhinos
Shonga, CynthiaCynthia Shonga 18-iyun 2000-yil (2000-06-18) (24 yosh) Harare City
2DF Bwende, MoreblessingMoreblessing Bwende 1-avgust 2001-yil (2001-08-01) (23 yosh) Harare City
2DF Chibanda, EuniceEunice Chibanda 26-mart 1993-yil (1993-03-26) (31 yosh) Black Rhinos
2DF Kandemiri, LiliosaLiliosa Kandemiri Blue Swallows
2DF Mharadzi, VimbaiVimbai Mharadzi Blue Swallows
2DF Mugayi, PuretéPureté Mugayi Black Rhinos
2DF Mukwanda, TalentTalent Mukwanda 24-aprel 1993-yil (1993-04-24) (31 yosh) Herentals
2DF Mutumbami, EdlineEdline Mutumbami 13-oktyabr 1996-yil (1996-10-13) (28 yosh) Blue Swallows
2DF Ncube, NobukhosiNobukhosi Ncube 17-fevral 1993-yil (1993-02-17) (31 yosh) Correctional Services
Bhobho, DanaiDanai Bhobho 1-dekabr 1992-yil (1992-12-01) (32 yosh) Simba
Chemhere, EnnertyEnnerty Chemhere Ubuntu Queens
Chirandu, MavisMavis Chirandu 15-yanvar 1995-yil (1995-01-15) (29 yosh) Black Rhinos
Dambamuromo, ShylineShyline Dambamuromo 4-aprel 2000-yil (2000-04-04) (24 yosh) Faith Drive
Kabwe, BeritaBerita Kabwe 17-dekabr 1990-yil (1990-12-17) (34 yosh) Rivers Angels
Moyo, AliceAlice Moyo Faith Drive
Msipa, EmmaculateEmmaculate Msipa 7-iyun 1992-yil (1992-06-07) (32 yosh) Ramat HaSharon
Mupeti, PriviledgePriviledge Mupeti 29-sentyabr 1997-yil (1997-09-29) (27 yosh) Black Rhinos
Nyaumwe, MarjoryMarjory Nyaumwe 10-iyul 1987-yil (1987-07-10) (37 yosh) Correctional Services
4HJ Banda, DinahDinah Banda 27-yanvar 2001-yil (2001-01-27) (23 yosh) Queen Lozikeyi Academy
4HJ Chikoore, MelodyMelody Chikoore Faith Drive
4HJ Katona, ChristobelChristobel Katona 13-fevral 1999-yil (1999-02-13) (25 yosh) Black Rhinos
4HJ Mafuruse, MaudyMaudy Mafuruse 24-aprel 1999-yil (1999-04-24) (25 yosh) Faith Drive
4HJ Makore, RutendoRutendo Makore 30-sentyabr 1992-yil (1992-09-30) (32 yosh) Black Rhinos
4HJ Mutasa, ShamisoShamiso Mutasa 9-iyun 1994-yil (1994-06-09) (30 yosh) Herentals
4HJ Ndowa, NatashaNatasha Ndowa 3-yanvar 1998-yil (1998-01-03) (26 yosh) Blue Swallows
4HJ Neshamba, RudoRudo Neshamba 10-fevral 1992-yil (1992-02-10) (32 yosh) Ramat HaSharon

Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasining yutuqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Afrika ayollar millatlar kubogi
Toʻrtinchi oʻrin: 2000

Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasining xalqaro turnirlardagi natijalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

     Chempion      Ikkinchi oʻrin      Uchinchi oʻrin     Toʻrtinchi oʻrin

FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati
Xitoy 1991-yil Saralashdan oʻta olmadi - - - - - - -
Shvetsiya 1995-yil Saralashdan oʻta olmadi - - - - - - -
Qoʻshma Shtatlar 1999-yil Saralashdan oʻta olmadi - - - - - - -
Qoʻshma Shtatlar 2003-yil Saralashdan oʻta olmadi - - - - - - -
Xitoy 2007-yil Saralashdan oʻta olmadi - - - - - - -
Germaniya 2011-yil Saralashdan oʻta olmadi - - - - - - -
Kanada 2015-yil Saralashdan oʻta olmadi - - - - - - -
Fransiya 2019-yil Saralashdan oʻta olmadi - - - - - - -
AvstraliyaYangi Zelandiya2023-yil Saralashdan oʻta olmadi - - - - - - -
Jami 0/9 - - - - - - -

Olimpiada oʻyinlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasi, 2016-yilgi Olimpiada oʻyinida
Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati
Qoʻshma Shtatlar 1996-yil Saralashdan oʻta olmadi - - - - - - -
Avstraliya 2000-yil Saralashdan oʻta olmadi - - - - - - -
Gretsiya 2004-yil Saralashdan oʻta olmadi - - - - - - -
Xitoy 2008-yil Saralashdan oʻta olmadi - - - - - - -
Birlashgan Qirollik 2012-yil Saralashdan oʻta olmadi - - - - - - -
Braziliya 2016-yil Guruh bosqichi 3 0 0 3 3 15 −12
Yaponiya 2020-yil Saralashdan oʻta olmadi - - - - - - -
Fransiya 2024-yil Aniqlanmoqda - - - - - - -
Jami 1/7 3 0 0 3 3 15 −12

2016-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Reytingi Jamoa Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati Ochkosi Natija
1  Kanada 3 3 0 0 7 2 +5 9 Pley-of bosqichiga chiqdi
2  Germaniya 3 1 1 1 9 5 +4 4
3  Avstraliya 3 1 1 1 8 5 +3 4
4  Zimbabve 3 0 0 3 3 15 −12 0
Manba: Rio2016 (Wayback Machine saytida 27-sentabr 2016-yil sanasida arxivlangan) & FIFA

Afrika ayollar millatlar kubogi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Afrika ayollar millatlar kubogida Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar
1991-yil Chorak final bilan cheklandi
1995-yil Kiritilmadi
Nigeriya 1998-yil Kiritilmadi
Janubiy Afrika 2000 Toʻrtinchi oʻrin 5 1 1 3 8 17
Nigeriya 2002-yil Guruh bosqichi 3 0 2 1 2 4
Janubiy Afrika 2004-yil Guruh bosqichi 3 1 1 1 3 4
Nigeriya 2006-yil Yoʻllanmadan voz kechdi
2008-yil Saralashdan oʻta olmadi
Janubiy Afrika 2010-yil Kiritilmadi
2012-yil Saralashdan oʻta olmadi
Namibiya 2014-yil Saralashdan oʻta olmadi
Kamerun 2016-yil Guruh bosqichi 3 0 1 2 0 3
Gana 2018-yil Saralashdan oʻta olmadi
2020-yil COVID-19 pandemiyasi tufayli bekor qilingan
Marokash 2022-yil "Saralashdan oʻta olmadim"
Jami 12/12 49 20 10 19 60 77

Afrika oʻyinlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Afrika oʻyinlarida Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar
Nigeriya 2003-yil 1-davra 3 1 1 1 5 6
Jazoir 2007-yil - 0 0 0 0 0 0
Mozambik 2011-yil 1-davra 3 0 1 2 4 8
Kongo Respublikasi 2015-yil - 0 0 0 0 0 0
Marokash 2019-yil - 0 0 0 0 0 0
2023-yil Aniqlanmoqda 0 0 0 0 0 0
Jami 2/5 6 1 2 3 9 14

COSAFA ayollar chempionati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
COSAFA ayollar chempionatida Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati
Zimbabve 2002-yil Ikkinchi oʻrin
Zambia 2006-yil 4-oʻrin
Angola 2008-yil ? ?
Zimbabve 2011-yil Chempion 5 4 1 0 16 2 +14
Zimbabve 2017-yil Ikkinchi oʻrin egasi 5 2 2 1 13 6 +7
Janubiy Afrika 2018 Guruh bosqichi 3 2 0 1 5 2 +3
Janubiy Afrika 2019 3-oʻrin 3 4 0 1 19 4 +15
Janubiy Afrika 2020 Guruh bosqichi 2 0 0 2 0 2 −2
Janubiy Afrika 2021-yil Guruh bosqichi 3 2 0 1 5 4 +1
Jami Guruh bosqichi 3

Yana qarang

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „FIFA/Coca-Cola World Ranking: Women's Ranking“. FIFA (23-iyun 2017-yil). 2007-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyun 2017-yil.
  2. „Namibia: Zambia's She-Polopolo“. AllAfrica.com (14-oktabr 2014-yil). Qaraldi: 14-avgust 2016-yil.
  3. Chingoma, Grace. „Where are our queens?“. The Herald (Zimbabwe) (28-oktabr 2011-yil). Qaraldi: 14-avgust 2016-yil.
  4. Duret. „South Africa – Women – International Results“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (5-noyabr 2003-yil). Qaraldi: 14-avgust 2016-yil.
  5. Muchinjo, Enock. „Rio 2016: Zimbabwe women's arduous journey to Brazil“. Al Jazeera (4-avgust 2016-yil). Qaraldi: 7-avgust 2016-yil.
  6. „Yesmore Mutero turning in her grave“. The Standard (Zimbabwe) (8-mart 2011-yil). Qaraldi: 14-avgust 2016-yil.
  7. Vickers, Steve. „Zimbabwe inquiry delayed“. BBC Sport (30-mart 2005-yil). Qaraldi: 14-avgust 2016-yil.
  8. „Women's Soccer Africa: COSAFA Women's Championship-Zimbabwe crowned 2011 Champions“ (9-iyul 2011-yil).
  9. Moyo, Sikhumbuzo. „Mighty Warriors finally get part of bonuses“. The Chronicle (Zimbabwe) (11-mart 2014-yil). Qaraldi: 14-avgust 2016-yil.
  10. Nyakwenda, Langton. „Mighty Warriors queen Neshamba stranded“. The Sunday Mail (Zimbabwe) (10-aprel 2016-yil). Qaraldi: 30-iyul 2016-yil.
  11. Nnadiegbulam, Chibuogwu. „The Zimbabwe Mighty Warriors' tale of price and sacrifice“. Unusual Efforts (20-iyun 2016-yil). Qaraldi: 14-avgust 2016-yil.
  12. „Mighty Warriors fiasco a disgrace“. The Standard (Zimbabwe) (14-avgust 2016-yil). Qaraldi: 14-avgust 2016-yil.
  13. „Mighty Warriors squad AWCON qualifier against Botswana“. soccer24 (12-fevral 2022-yil).