Kontent qismiga oʻtish

Mahfuza Bobotillayeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mahfuza Bobotillayeva
Tavalludi
Bobotillayeva Mahfuza Ubaydullayevna

16-oktyabr 1961-yil (1961-10-16) (63 yosh)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi OʻzSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Aktrisa
Otasi Ubaydulla Abdulayevich Bobotillayev
Onasi Latifa Bobotillayeva
Mukofotlari

Mahfuza Bobotillayeva (16-oktyabr 1961-yil; Toshkent shahri, OʻzSSR) — oʻzbek kino va teatr aktrisasi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist.

Bobotillayeva Mahfuza Ubaydullayevna 1961-yilning 16-oktyabrida Toshkent shahrining Yakkasaroy mahallasida oʻqituvchilar oilasida tavallud topgan[1][2]. Otasi Ubaydulla Bobotillayev boshlangʻich sinf oʻqituvchisi boʻlib, uning kino sanʼatiga qiziqishiga otasi sabab boʻlgan. Onasi Latifa Bobotillayeva. Aktrisa dastlab, taʼlimi rus tilida olib boriladian oʻrta maktabida oʻqigan[3], undan soʻng esa Toshkent teatr va rassomlik institutida tahsil olgan[4]. Uning bir qizi va 2 nevarasi bor[5].

Mahfuza Bobotillayeva 1983-yildan Oʻzbek milliy akademik drama teatri aktrisasi sifatida oʻz faoliyati boshlagan[4][6]. Uning Oʻzbek milliy akademik drama teatridagi ilk roli „Parvona“ spektakli boʻlib, unda Yulduz rolini oʻynagan. Undan keyin „Afgʻon reportaji“ spektaklida Sitora obrazini[7], „Yulduzli tunlar“ spektaklida Samarqandning soʻnggi temuriy malikasi Zuhrabegim obrazini gavdalantirgan. Uning teatr sahnasida keng ommaga mashhur qilgan roli Erkin Xushvaqtov qalamiga mansub „Qalliq oʻyini“ spektakli boʻlib, unda Xolbeka rolini oʻynagan[7]. Bundan tashqari u xorij va oʻzbek asarlari asosida sahnalashtirilgan „Qirol Lir“, „Yetti faryod“, „Chimildiq“, „Iymon“, „Alla“ va „Neksiya“ kabi spektakllarda har xil obrazlar yaratgan[5]. Aktrisa teatr haqida quyidagicha fikr bildirgan:[2]

"Teatr – meni hayotim, meni umrim, meni rizqim-nasibam, meni ikkinchi uyim".

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mahfuza Bobotillayevaning kinofilmlardagi ilk roli 1987-yilda taniqli oʻzbek rejissori Melis Abzalov tomonidan suratga olingan "Armon" film boʻladi. Uning keng omma orasida yanada tanitgan "Janob hech kim" film hisoblanadi.

Suratga tushgan filmlari
Yil Nomi Obraz Izoh
2019 Uzilgan rishta
2018 Dilozorim
2017 96-soat
2016 Boy boʻlma, sahiy boʻl
2015 Qiz koʻngli
Shunqorlar Bosh rol[8]
2014 Koʻrgim keladi
2013 Vafodorim
Farzandim Sudya
2012 Qudajonlar
Zirapcha Malikaning onasi
Bevalar Akbarning onasi
2009 Ada emas, dada
Janob hech kim Komilboyning rafiqasi Bosh rol
2008 Xavfli burilish
1998 Shaytanat Guli
1997 Koʻngil koʻchalari
1991 Koʻzlarim yoʻlingda Barmenning rafiqasi
1990 Bobur Zuhrabegim, Sulton Ali Mirzoning onasi Serial[9]
1986 Armon Epizod
  1. „МАКФУЗА БАБАТУЛАЕВА“. Qaraldi: 7-iyul 2024-yil.
  2. 2,0 2,1 YashinTV (2021-05-29), Mahfuza Bobotillayeva qizi uyiga qo‘ymagani sababi, tekin artistlar, osmondagi baxtsiz hodisa haqda, qaraldi: 2024-07-07
  3. Milliy TV (2018-10-08), MTV Show - Maxfuza Bobotillayeva #312 (17.09.2018), qaraldi: 2024-07-07
  4. 4,0 4,1 „Бугун Маҳфуза Боботиллаева таваллуд топган кун“ (16-oktyabr 2021-yil). Qaraldi: 7-iyul 2024-yil.
  5. 5,0 5,1 UZREPORT TV (2021-03-04), "O'ylarim" ko'rsatuvi: O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Mahfuza Bobotillayeva, qaraldi: 2024-07-07
  6. Daryo.uz. „Reyting: O‘zbek shou-biznesidagi eng qimmat gonorar oladigan “kelin salomchi” aktrisa kim?“ (24-yanvar 2024-yil). Qaraldi: 7-iyul 2024-yil.
  7. 7,0 7,1 O'zMTRK O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (2024-07-05), Tom boshida | Aktrisalar Mahfuza Bobotillayeva hamda Nodira Mahmudova mehmonda [03.07.2024], qaraldi: 2024-07-07
  8. Kun.uz. „Toshkentda zamonaviy yoshlar haqida film taqdimoti bo‘lib o‘tdi“ (8-may 2015-yil). Qaraldi: 7-iyul 2024-yil.
  9. „Mustabid tuzum davrida suratga olingan “Bobur” seriali saboqlari“ (19-fevral 2024-yil). Qaraldi: 7-iyul 2024-yil.