Kontent qismiga oʻtish

Janob hech kim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Janob hech kim
Rejissyor(lar) Yoʻldosh Abdukarimov
Durdona Abdukarimova
Prodyuser(lar) Zafar Yoʻldashev[1]
Ssenariynavis(lar) Yolqin Toʻychiyev
Rollarda Alisher Uzoqov
Asal Shodiyeva
Hamid Toshpoʻlatov
Iroda Nosirova
Mahfuza Bobotillayeva
Muhammadsoli Yusupov
Yulduz Hamidova
Lola Eltoyeva
Gulchehra Eshonqulova
Shukur Abdurahimov
Dilnoza Mahmudova
Raʼno Atabayeva
Madina Mumtoz
Halima Ibrohimova
Bastakor(lar) Ubaydullo Karimov
Studiya(lar) Kinomania Central Studio
Chiqarilgan sanasi 2009-yil
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til oʻzbekcha

Janob hech kim (ruscha: „Господин никто“) — 2009-yilda rejissyorlar Yoʻldosh Abdukarimov va Durdona Abdukarimova tomonidan suratga olingan oʻzbek komediya-drama filmi[2].

Syujet[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alisher yoshligidan yetim qolib, togʻasining oilasida ulg‘ayadi. Alisher bora-bora qarindosh emas, shunchaki oilaning xizmatkori aylanadi. Bu paytda esa farzandlarining tarbiyasini unutib qoʻygan togʻasining oilasi parokandalikka yuz tutayotgan boʻladi.

Alisher togʻasining oʻgli Jahongirning oʻrniga uchrashuvga boradi. Uchrashuvda u avvaldan tanigan Oydin ismli qizni uchradi. Alisher uchrashuvga chiqib, qizga yoqmasligi, togʻasining oʻgʻli Jahongirni toʻyini toʻxtashi kerak edi. Lekin bunday boʻlib chiqmadi. U Oydinni sevib qoladi.

Alisher har doim quvnoq, xushchaqchaq yigit rolini oʻynaydi, lekin togʻasining oilasidagi sirlarni hammadan yashiradi. Komilboyning o‘g‘li Jahongir o‘zining giyohvandligi sabab ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yadi. Alisher uni toʻgʻri yoʻlga solishga harakat qiladi. Kunlarning birida Alisherning xonasidan Jahongirning giyohvandlik vositalarini topib olishadi va Alisherni bunda aylashadi. Alisher Jahongirni aybini yashirib, buni oʻz boʻyniga oladi. Bundan tashqari u togʻasining oʻgʻlini toʻyini buzishga jurʼat etgan boʻladi. Bundan Komilboyning jahli chiqib, jiyanini haqorat qiladi va uydan haydab yuboradi.

Alisher onasidan qolgan xaroba uyda yashaydi. Alisher ketganidan soʻng Komilboyning uyidan fayz ham ketadi. Bir kuni Jahongir oʻzining sevgilisi bilan nikohdan oʻtganini aytib, uning uyiga keladi. Alisher bundan xursand boʻlib, Oydin bilan uchrashish uchun chiqib ketadi. Yoʻlda togʻasining qizi Dilnoza bilan uchrashib qoladi. U Alisherni haqorat qilib, yuziga tarsaki tushiradi va mashinasiga kelib oʻtirib signal chaladi. Unga koʻchadagi yigitlar shilqimlik qilishayotgan Alisher uni himoya qiladi. Jang paytida bezorilarning biri oʻzlarining sherigiga pichoq sanchib, qochiq ketishadi. Alisher odam oʻldirganlikda ayblanib, qamoqqa olinadi.

Oxir-oqibat Komilboy barcha sirlardan xabar topib, jiyanini ozod qilish uchun qamoqqa keladi va Alisherdan kechirim soʻraydi. Film Alisher va Oydinning uchrashuvi bilan tugaydi.

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film musiqasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmga Sardor Rahimxonning „Yo rab“ nomli Boborahim Mashrab gʻazali bilan kuylangan qoʻshigʻi soundtrack sifatida olingan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Daryo.uz. „“Ummon”chilar kal, Isoqovlar kal, Sharof Muqimov kal”. Karantinda kal bo‘lgan san’atkorlar va jurnalistlar (foto va video)“ (9-aprel 2020-yil). Qaraldi: 22-iyun 2024-yil.
  2. Daryo.uz. „“Janob hech kim”, “Hay-hay qizaloq” va Asal Shodiyeva ishtirokidagi boshqa muvaffaqiyatli filmlar (video)“ (7-aprel 2023-yil). Qaraldi: 22-iyun 2024-yil.
  3. Daryo.uz. „Alisher Uzoqov 38 yoshda: Otasining o‘limidan so‘ng akasini topgan, 10 yil “prava”siz mashina haydagan aktyor va xonandaning hayot yo‘li haqida (foto)“ (25-avgust 2022-yil). Qaraldi: 22-iyun 2024-yil.
  4. Daryo.uz. „Asal Shodiyeva o‘zi ishtirokidagi qaysi filmlarni sevib tomosha qilishi haqida gapirdi“ (2-sentyabr 2020-yil). Qaraldi: 22-iyun 2024-yil.
  5. Daryo.uz. „Aktrisa va jurnalist Iroda Nosirova haligacha turmushga chiqmagani sababi haqida gapirdi (video)“ (30-sentyabr 2020-yil). Qaraldi: 22-iyun 2024-yil.
  6. Daryo.uz. „Surdo tarjimoni, plastik jarroh va novvoy. San’atga qarama-qarshi sohalarda ham muvaffaqiyat qozonayotgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (video)“ (4-yanvar 2023-yil). Qaraldi: 22-iyun 2024-yil.
  7. Daryo.uz. „“Shaytanat”dagi Hongireydan Zarina Nizomiddinovagacha: Rossiyada yashayotgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto)“ (12-fevral 2021-yil). Qaraldi: 22-iyun 2024-yil.