Kontent qismiga oʻtish

Mahmud Gaipov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mahmud Gaipov
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 20-oktyabr 1996-yil (1996-10-20) (28 yosh)
Termiz
Faoliyat yillari 10.11.2018
Boʻyi 176 sm
Vazni 69,75 kg
Sport
Qaysi sport Boks
Faol tomoni 21.12.2019
Murabbiy(lar)i Toʻlqin Qilichev, Rustam Saidov

Mahmud Bahodirovich Gaipov (tugʻ. 1996- yil 21-oktabr, Termiz shahrida) – oʻzbek bokschisi. 69 kg vazn toifasida ikki karra Oʻzbekiston chempioni boʻlgan (2014, 2017). Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro sport ustasi.

Mahmud 1996-yil 21-oktyabrda Oʻzbekistonning Termiz shahrida tugʻilgan.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida tahsil oladi.

Toʻlqin Qilichev va Rustam Saidov qoʻl ostida mashgʻulotlar olib boradi.

Havaskor faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gaipov 69 kg vazn toifasida ikki marta – 2014[1][2] va 2017[3][4] yillarda Oʻzbekiston chempioni boʻlgan.

Shuningdek, 2015-yilda bronza[5][6], 2016-yilda esa Oʻzbekiston chempionati kumush medali[7][8] sovrindori boʻlgan.

2014-yilda Bangkokda boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida (ASBC) kumush medalni qoʻlga kiritdi[9].

2014-yil Sofiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati ishtirokchisi[10].

2016—2018-yillarda „Uzbek Tigers“ yarim professional boks klubi tarkibida Butunjahon boks seriyasi turnirlarida ishtirok etgan.[11][12].

2017-yilgi Islom birdamlik oʻyinlari ishtirokchisi boʻlgan[13].

Shuningdek, Gaipov boks boʻyicha bir qator respublika va xalqaro turnirlar gʻolibi va medal sovrindori boʻlgan[14][15][16].

Professional martaba

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil avgust oyida Gaipov professional faoliyatini boshladi[17].

Uning professional debyuti 2018-yilning 10-noyabrida Yekaterinburgda boʻlib oʻtgan va gʻalaba bilan yakunlangan[18].