Mahmud Torobiy
Mahmud Torobiy | |
---|---|
forscha: محمود تاربی | |
Tavalludi |
nomaʼlum |
Vafoti | 1238 |
Fuqaroligi | Chigʻatoy ulusi |
Mahmud Torobiy (forscha: محمود تارابی?, Buxoroning Torob qishlogʻi —1238) — Buxoroda moʻgʻullar zulmiga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolon (1238) rahbari.
Hunarmand oilasida tugʻilgan. Gʻalvirchilik bilan shugʻullangan, ayni paytda tabiblik ham qilgan. U kuchli nufuzga ega, tasavvuf gʻoyalari bilan tanish shaxs boʻlgan. Buxoroda moʻgʻullarga qarshi boshlangan qoʻzgʻolonga mashhur ulamo Shamsuddin Mahbubiyning taklifi bilan rahbarlik qilgan. Buxoro atrofida moʻgʻullarga qarshi boʻlgan jangda halok boʻlgan. Qabri ustiga 13-asrda qurilgan daxma Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, qayta taʼmirlandi. Mahmud Torobiy haqida Oybek "Mahmud Torobiy" (1944) opera librettosi va dostonini, Asad Dilmurod "Mahmud Torobiy" (1998) tarixiy romanini yozgan. Buxoro viloyati Jondor shaharchasida haykal oʻrnatilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |