Mahmud al-Armaviy (Safiyuddin)
Qiyofa
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mahmud al-Armaviy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | milodiy 1248-yil (hijriy 646-yil) |
Vafoti | milodiy 1322-yil (hijriy 722-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | sufiy, muhaddis va tilshunos olim |
Mahmud ibn Abu Bakr ibn Muhammad al-Hasaniy ibn Yahyo ibn al-Husayn al-Armaviy (Safiyuddin) (hijriy 646-yil (milodiy 1248-yil)da tugʻilib, 722-yil jumaduloxir oyi (milodiy 1322-yil)da vafot etgan) — sufiy, muhaddis va tilshunos olim boʻlgan. Hadis izlab, koʻp joylarga borgan, koʻp eshitgan va yozib olgan.
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Zaylu-n-nihoya“ (Ibn al-Asirning gʻarib hadislar haqidagi „an-Nihoya“ asariga qoʻshimcha");
- „Muxtasaru sharhi-s-sunna“ (al-Bugʻaviy qalamiga mansub „Sharhu-s-sunna“ning qisqartmasi");
- „Tahzibu-l-muhkam va-l-muhiti-l-aʼzam“ (Ibn Saydaning til xususidagi „Mustahkamtarbiya va ulkan muhit“ asari)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 108-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |