Kontent qismiga oʻtish

Majnuntol (qoʻshiq)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Majnuntol“
Botir Zokirov hamda Farrux Zokirov qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 1974
Davomiyligi 03:44
Matn muallif(lar)i Farrux Zokirov
„Majnuntol“ qoʻshigʻi matni

Bosh yuvay deb majnuntol bir kun
Chiqqan emish buloq boʻyiga,
Chiqqan emish buloq boʻyiga,
Oʻzin koʻrib buloqda durkun,
Ketolmayin qolibdi uyiga,
Ketolmayin qolibdi uyiga.

Majnuntol, majnuntol,
Majnuntol, majnuntol.

Shundan beri unda tunu kun
Oʻtirarmish chayib sochini,
Oʻtirarmish chayib sochini,
Oʻzi boʻlib oʻziga maftun,
Ololmasmish suvdan boshini,
Ololmasmish suvdan boshini.

Majnuntol, majnuntol,
Majnuntol, majnuntol.

Majnuntol“ – sovet davri oʻzbek qoʻshiqchilari Botir hamda Farrux Zokirov tomonidan kuylangan qoʻshiq. Qoʻshiq ilk bor 1975-yilda Botir Zokirov tomonidan kuylangan.

Qoʻshiq tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻshiq muallifi Farrux Zokirov boʻlib, akasi uni kuylash uchun ruxsat olganligini taʼkidlagan. Farrux Zokirov bu borada xotiralariga tayanib shunday degan:

Yigitlik yillarim musiqa bastalashga moyilligim bor edi. „Shunday qoʻshiq yozsamki, Botir Zokirov repertuariga kiritsa“, deb orzu qilardim. Akam esa eshitib koʻrardi-da, „Yoʻq, hali bor, pishmagan“, derdi. Shukr, koʻp fursat oʻtmay, shunday baxtga musharraf boʻldim. 1974-yil „Majnuntol“ qoʻshigʻini yozgan boʻlsam, bir yildan keyin „qoʻshiq juda chiroyli chiqibdi, maylimi, men kuylasam“, deya soʻragan. Oʻshanda yuragim yorilib ketay degan. Hozir ham kuchli hayajon bilan eslayman[1].

Botir Zokirov qoʻshiqni ijro etishdan biroz avval oʻpkasidan operatsiya boʻlgani va shifokorlar endi boshqa qoʻshiq kuylay olmasligini taxmin qilishgani aytiladi[2][3].