Kontent qismiga oʻtish

Arab tangosi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Arab tangosi
arabcha: يا زهرة في خيالي
oʻzbekcha: „Mening nurli orzularim
Dorish al-Attosh va Botir Zokirov qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 1959
Davomiyligi 6:26
Matn muallif(lar)i Solih Javdat
Arab tangosi matni

Ya zahratan fi hayali,
Roaytuha fi fuadi.
Gannat alayh allayali,
Va azbalathal ayadi.
Va shagʻalathal gʻuyun,
Famat al sahrul gufun.

Heya g’arami kulli shayin zo aminni,
Fanaz atil hobba min qalbi va ruhi.
Va vahabtul umru aftari va lahni,
Vatogʻonaytu fadavaytu guruhi.
Ana toyrun fi rubal fanni yugʻanni,
Lituyur, lizuhur, filgʻusun.

Tarjimasi
Xayolimning zebo chechagi,
Yuragimning sohibasisan,
Tunlarimning jannatiy isi,
Kunlarimning jozibasisan.
Ko‘zlar senga bog‘langan onda,
Joy olgandi xayoling jonda.

Borlig‘imni olding qo‘limdan,
Jonu dilda ishqing mujassam.
Xush ovozing eshitgan onda,
Shifo topdi jarohatlar ham.
Men bog‘ingda nolon qush bo‘lib,
Vasfing kuylay ilhomga to‘lib.
Barcha gullar, qushlar albatta,
Tinglab meni, qolsin hayratda.

Arab tangosi“ (arabcha: يا زهرة في خيالي, Ya zahraten fi xayali; tarjimasi: Mening nurli orzularim) – sovet davri oʻzbek qoʻshiqchisi Botir Zokirov tomonidan kuylangan qoʻshiq. Qoʻshiq Botir Zokirovni jahon ommasiga tanitgani alohida eʼtirof etib kelinadi. U ilk bor Farid al-Atrash tomonidan ijro etilgan[1].

Qoʻshiq tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻshiq ilk bor 1947-yilda Suriyalik hamda misrlik qoʻshiqchi Farid al-Atrash tomonidan „Habibal-’umr“ – „Hayotim sevgisi“ filmida kuylangan. „Ya zahraten fi xayali“ qoʻshigʻi keyinchalik shu nomdagi film uchun asos boʻlgan. Bu ayni paytda Atrash rol ijro etgan eng soʻnggi filmdir. Filmni suratga olish jarayonlari 1974-yilda boʻlib oʻtib, film namoyishi Atrashning vafotidan keyin – 1975-yil 25-yanvar kuni amalga oshirilgan.

Botir Zokirov Sharq ijrochilik anaʼanalariga qiziqqanligi sababli bu qoʻshiqni ijro etgani aytiladi. Qoʻshiq 1957-yil Moskvada oʻtkazilgan oʻzbek dekadasida Botir Zokirov tomonidan ilk bor kuylangan[2]. Qoʻshiq 1959-yili tasmaga yozib olingan. „Arab tangosi“ nomi bilan tanilgan qoʻshiq xonandani koʻpgina davlatlarda mashhur qilib, koʻp yillar davomida uning oʻziga xos „tashrif qogʻozi“ ham boʻlib kelgan[3][4].

  1. „Botir Zokirov kuylagan «Arab tangosi»ning ilk ijrochisi kim?“. 2023-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-noyabr.
  2. boshqaruvchisi, Sayt „Olamni mahliyo aylagan yulduz“. gulxan.uz. Qaraldi: 2023-yil 25-noyabr.
  3. „BOTIR ZOKIROV“. 2022-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-noyabr.
  4. „BOTIR ZOKIROV IJODIDA KOMPOZITOR IKROM AKBAROVNING ESTRADA QO’SHIQLARI“. 2023-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-noyabr.