Umid
„Umid“ | |
---|---|
Enmark Solihov musiqasi Botir Zokirov qoʻshigʻi | |
Davomiyligi | 2:16 |
Kecha bogʻda oy shu’lasi
Tushmas edi yuzlarimga,
Barg aro boqqan yulduz bugun
Qoʻnar izlarimga.
Nega dil orziqadi desam, mana
Kuz kelibdi yana.
Hamon shu kuz tonglarin,
Visol onlarin eslarman, nigor.
Hamon dilda umid bor,
Koʻrisharmiz, balki yana kuz kuni.
Barg aro boqqan oʻsha yulduz
Qoʻnar koʻzlarimga,
Sanayman men ayriliqning har kunini,
Har oyini.
Qoʻmsayman kuz tonglarini,
Soʻlim bogʻlar chiroyini.
Kuz keldi, gullar soʻldi gul bogʻimda,
Kel dil bogʻimga.
Sen ham u kuz tonglarin, visol onlarin
Esla, esla, ey nigor.
Hamon shu kuz tonglarin,
Visol onlarin eslarman, nigor.
Hamon dilda umid bor,
Koʻrisharmiz, balki yana kuz kuni.
Barg aro boqqan oʻsha yulduz
Qoʻnar koʻzlarimga,
Sen ham u kuz tonglarin, visol onlarin
Esla, esla, ey nigor.
„Umid“ – sovet davrida ijod qilgan mashhur oʻzbek qoʻshiqchisi Botir Zokirov tomonidan kuylangan qoʻshiq. Qoʻshiq musiqasi Enmark Solihovga tegishlidir[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „BOTIR ZOKIROV IJODIDA KOMPOZITOR IKROM AKBAROVNING ESTRADA QO’SHIQLARI“. 2023-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-noyabr.
- ↑ uza.uz „Миллат фахри бўлган санъаткор“ (uz). Uza.uz (2021-yil 11-fevral). Qaraldi: 2023-yil 27-noyabr.