Makka masjidi (Haydarobod)
Masjid | |
Makka masjidi
| |
Makka masjidining kirish qismi | |
Mamlakat | Hindiston |
Joylashuvi | Haydarobod[1] |
Koordinatalar | 17°21′37″N 78°28′24″E / 17.360305°N 78.473416°E |
Asosiy sana: 1693
| |
Hajmi | 10000 kishi |
Qurilish materiali | granit |
Makka masjidi (Haydarobod) Vikiomborda |
Makka masjidi, Hindistonning Haydarobod shahrida joylashgan jamoat masjididir. Bu shahardagi eng katta masjid[2] va mamlakatdagi eng katta masjidlardan biri boʻlib, oʻzida 10 000 kishini sigʻdira oladi[3]. Masjid 17-asrda qurilgan va davlat tomonidan himoyaga olingan yodgorlik hisoblanadi. U Haydarobodning eski shahri qismi uchun asosiy masjid boʻlib xizmat qiladi[4] va Charminar, Chovmahalla saroyi va Laad bozori singari tarixiy diqqatga sazovor joylarga yaqin hududda joylashgan.
Qutbshohilar sulolasining oltinchi hukmdori Muhammad Qutbshoh islom dinining eng muqaddas maskani Makkadan olib kelingan tuproqdan gʻisht yasashni buyurib, undan masjidning markaziy arkini qurishda foydalandi va shu tariqa masjid ana shu nomni oladi.
Majmua UNESCO tomonidan 2014-yilda Umumjahon madaniy merosi obyekti boʻlishi uchun „taxminiy roʻyxati“ ga mintaqadagi boshqa obyektlar Dekan sultonligining yodgorliklari va qal’alari nomi bilan (bir qancha turli xil sultonliklarga qaramasdan) birga kiritilgan[5].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Makka masjidining qurilishi 1617-yilda, Golkonda (hozirgi Haydarobod) ning oltinchi Qutbshohi sultoni Sulton Muhammad Qutb Shoh hukmronligi davrida boshlangan. Uning tamal toshini shaxsan hukmdorning oʻzi qoʻygan. Masjid qurilishiga 8000 ga yaqin ishchi jalb qilingan. Qurilish ishlarini 1693-yilda Boburiylar imperatori Avrangzeb tugatgan[6]. Uchta arkali fasadlar bitta granit boʻlagidan oʻyib yasalgan boʻlib, uni qazib olish ishlari besh yil davom etgan.
Fransuz tadqiqotchisi Jean-Baptiste Tavernier oʻzining sayohatnomasida quyidagilarni qayd etdi:
Ular shaharda ajoyib pagoda qurishni boshlaganiga taxminan 50 yil boʻlgan, u qurib bitkazilgandan keyin butun Hindistondagi eng ulugʻvor pagoda boʻladi. Toshning oʻlchami alohida mavzu boʻlib, uning ibodat qilish joyi boʻlgan tokcha shunday ulkan kattalikdagi butun boshli qoya boʻlib, ular uni qazib olish uchun jami besh yil vaqt sarflagan. Bu ish boʻyicha 500-600 kishi doimiy ravishda ishlagan. Uni pagodaga olib kelish va jilolash uchun yanda koʻproq vaqt kerak boʻlgan. Uni keltirishda 1400 ta hoʻkizdan foydalanganlar[7].
Portlash
[tahrir | manbasini tahrirlash]2007-yil 18-may kuni Makka masjidida juma namozi vaqtida portlash sodir boʻladi, buning natijasida oʻn uch kishi halok boʻlib, yana oʻnlab kishilar jarohatlanadi[8][9].
Arxitekturasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Makka masjidi Qutbshohiyning eng yaxshi meʼmoriy ijod naʼmunalaridan biri hisoblanadi[10]. U moloz yoki gipsdan emas, balki butunlay taroshlangan toshdan qurilgan. Masjidning namoz zali 225 fut (69 m) 180 fut (55 m) va shiftining balandligi 75 fut (23 m) ni tashkil etadi. Namoz zalining fasadi beshta ochiq arkadan iborat boʻlib, uning yon tomoniga ikkita minora joylashtirilgan. Har bir minora gumbaz bilan yopilgan va ibodatxonaning har ikki tomonini oʻrab turuvchi ayvonga tutashgan[6].
Masjidning sahni (hovlisi) 108 kvadrat metrni tashkil qiladi[4]. Unda quyosh soati, shuningdek, qadimiyhammom qoldiqlari mavjud. Masjid majmuasining asosiy kirish eshigining ikki tomonida ikkita minora qad rostlagan[3].
Masjidning janubiy qismida birinchi (Asaf Jah I) va oxirgi (Asaf Jah VII) hukmdorlaridan boshqa barcha Asaf Jahi hukmdorlari va ular oila aʼzolarining marmar qabrlari oʻrnatilgan. Ular 1914-yilda oxirgi Asaf Jahi hukmdori qabri Mir Usmon Ali Xon hukmronligi davrida qoʻshilgan toʻrtburchak, arkali va ayvonli binoda joylashgan[6][11][10]. Asaf Jahilar dam olish maskanining ikki chetida har biri toʻrtta minorali ikkita toʻrtburchak bloklar joylashtirilgan. Bu minoralarning nafis va aylana shaklidagi balkonlari past bezakli devorlari va arklari bor. Ularning tepasida sakkiz burchakli teskari ravoq boʻlib, minoralarning yuqorigi qismi gumbaz va shpil bilan yakunlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Location of Makkah Masjid“. Google Maps. Qaraldi: 2013-yil 24-sentyabr.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Michell, George. Architecture and art of the Deccan sultanates, Mark Zebrowski, Cambridge: Cambridge University Press, 1999 — 53-bet. ISBN 978-0-511-46884-1. OCLC 268771115.
- ↑ 3,0 3,1 Dayakar, G. Qutb Shahi Architecture in Hyderabad- A Special Study, 2019 — 28-bet. ISBN 9788193828243. Dayakar, G (2019).
- ↑ 4,0 4,1 Burton-Page, John. Indian Islamic Architecture: Forms and Typologies, Sites and Monuments. Brill, 2008 — 146-bet. ISBN 9789047423652. Burton-Page, John (2008).
- ↑ UNESCO „tentative list“
- ↑ 6,0 6,1 6,2 Khalidi, Omar. A Guide to Architecture in Hyderabad, Deccan, India. Aga Khan Program for Islamic Architecture & MIT Libraries, 2009 — 41-bet. Khalidi, Omar (2009).
- ↑ Jean-Baptiste Tavernier, Travels in India (English translation), Oxford University Press, Humphrey Milford, translated by Ball, London 1925 pg 205.
- ↑ „Bomb hits historic India mosque“. BBC News Online (2007-yil 18-may).
- ↑ „HuJI ban takes no note of 'terror' role“. The Times of India (2010-yil 8-avgust). 2012-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ 10,0 10,1 Alfieri, Bianca Maria. Islamic Architecture of the Indian Subcontinent. Lawrence King Publishing, 2000 — 162-bet. ISBN 9781856691895. Alfieri, Bianca Maria; Borromeo, Federico (2000).
- ↑ „Welcome to TCI“. 2021-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-noyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Vikiomborda Mecca Masjid, Hyderabad, India mavzusiga oid fayllar bor