Kontent qismiga oʻtish

Malika Ogʻa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Malika Ogʻa
Timuriylar Imperiyasining ayol hukmdori
Farzandlari Pir Muhammad
Iskandar
Boyqaro
Ahmad
Suyurgʻatmish
Uy Borjigin (tug'ilgan joyi)
Timuriylar sulolasi (turmushi orqali)
Otasi [Hizir Xoʻja]]

Malika Ogʻa Moʻgʻul malikasi hamda Temuriylar hukmdori Shohrux Mirzoning ayollaridan biri boʻlgan.

Malika Ogʻa Moʻgʻuliston Xoni, Hizir Xoʻjaning qizi boʻlgan. Boshqa Moʻgʻul malikalari singari, Temuriylar hukmronligini qonunlashtirish maqsadida ushbu sulolaga kelin boʻlgan. Uning turmush oʻrtogʻi Temurning toʻngʻich oʻgʻli Umarshayx Mirzo boʻlib, keyinchalik uning opasi Tuman ogʻa Temurga turmushga chiqgan.[1][2] Malika turmush oʻrtogʻi bilan birga toʻrtta oʻgʻil koʻrishgan: Pirmuhammad Mirzo, Iskandar, Boyqaro va Ahmad. 1394-yil Umarshayxning oʻlimidan soʻng, keyinchalik uning ukasi Shohrux Mirzoga turmushga chiqadi va undan yana bir Suyurgʻatmish ismli oʻgʻil koʻradi.[3]

Shohrux Mirzoning taxtga koʻtarilganidan soʻng, yuksak nasl-nasabiga qaramasdan, Malika faqatgina kichik xotindek oʻzini tutardi. Bosh hukmdor ayol esa qirollikdan chiqmagan Gavhar Shod, Temurning yaqin izdoshlaridan birining qizi boʻlgan.[5] Shunday qilib, bu nufuzli turmushi uning birinchi turmushidan boʻlgan oʻgʻillariga ancha foyda keltirgani aniq emas.[3] Haqiqatda, Shohrux Mirzo hukmdorlik yillarining boshida toʻngʻich oʻgʻillari hammadan ham ko'proq isyon chiqarganliklari sababli, Malika quyi lavozimda edi. Gavhar Shodning o'g'illari bilan taqqoslaganda, ushbu bo'ysunuvchi rol hatto Suyurgʻatmishga ham tegishli edi, otasi unga pastroq harbiy lavozimni bergan, ya'ni Qobulning nisbatan ajratilgan humkdorligiga xizmat qilardi.[4]

Temuriy qirolligidagi koʻp ayollarga oʻxshab, Malika Soʻfi Xonagoh kabi diniy binolarning qurilmasiga homiylik qilardi.[6] Hirotdagi tibbiyot oʻqitilishiga mo'ljallangan birinchi madrasalardan biri ham uning boshchiligida barpo etilgan,[7] shunga oʻxshash Balxdagi keyinchalik karvonsaroy vazifasida xizmat qilgan muassasa ham shularning qatorida joy olgan.[8]

Erini oʻlimidan soʻng, bir nechta oʻgʻillari hayotligida u shu oxirgi muassasada dafn etilgan.[4][9]

Ma'lumotnoma

[4]

  1. Woods (1990), ss. 18, 20.
  2. Balabanlilar (2015), s. 102.
  3. Manz (2007), s. 29.
  4. Nashat & Beck (2003), s. 128.

Arbabzadah, Nushin (2017), Nile Green (ed.), "Women and Religious Patronage in the Timurid Empire", Afghanistan's Islam: From Conversion to the Taliban, Oakland: University of California Press: 56–70, ISBN 978-0-520-29413-4, JSTOR 10.1525/j.ctt1kc6k3q.8

Balabanlilar, Lisa (2015), Imperial Identity in the Mughal Empire: Memory and Dynastic Politics in Early Modern South and Central Asia, Bloomsbury Publishing, ISBN 978-0-85772-081-8

Bosworth, Clifford Edmund; Asimov, M.S. (2002), History of Civilizations of Central Asia, IV, Part Two, Delhi: Motilal Banarsidass Publ., ISBN 978-81-208-1596-4

Glassen, E (15-dekabr 1989-yil), "BĀYQARĀ B. ʿOMAR ŠAYḴ", Encyclopaedia Iranica, Encyclopaedia Iranica Foundation, retrieved 10-dekabr 2019-yil

Manz, Beatrice Forbes (2007), Power, Politics and Religion in Timurid Iran, Cambridge: Cambridge University Press, ISBN 978-1-139-46284-6

Nashat, Guity; Beck, Lois (2003), Women in Iran from the Rise of Islam to 1800, University of Illinois Press, ISBN 978-0-252-07121-8

Rizvi, Kishwar (2011). The Safavid Dynastic Shrine: Architecture, Religion and Power in Early Modern Iran. London, New York: I.B.Tauris. ISBN 978-1-84885-354-6.

Woods, John E. (1990), The Timurid dynasty, Indiana University, Research Institute for Inner Asian Studies