Malin Diaz
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Malin Sophie Díaz Pettersson[1] | ||
Tavallud sanasi | 3-yanvar 1994-yil | ||
Tavallud joyi | Kiruna, Shvetsiya | ||
Boʻyi | 155 sm | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Djurgårdens IF | ||
Raqami | 8 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Vendelsö IK | |||
AIK | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2009—2012 | AIK | 58 | (5) |
2013—2014 | Tyresö FF | 6 | (0) |
2014—2017 | Eskilstuna United | 63 | (1) |
2018– | Djurgårdens IF | 41 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
Shvetsiya U19 | |||
2013 | Shvetsiya U23 | 3 | (0) |
2014– | Shvetsiya | 16[2] | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (31-may uchun) |
Malin Sophie Diaz Pettersson (1994-yil 3-yanvarda tugʻilgan) — shvetsiyalik yarim himoyachi, Djurgårdens IF jamoasida oʻynaydi. U avvalroq AIK, Tyresö FF va Damallsvenskanning Eskilstuna United DFF uchun klub darajasida oʻynagan. Diaz Shvetsiya ayollar futbol terma jamoasini xalqaro maydinda himoya qilgan.
Yoshligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Malin 1973-yilgi davlat toʻntarishidan keyin sakkiz yoshida Chilidan Shvetsiyaga koʻchib oʻtgan shved Tomas Pettersson va Klaudiya Diazning farzandi hisoblanadi[3].
Jamoalardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Diaz 15 yoshida Damallsvenskanda AIK uchun debyutini 2009-yil oktyabr oyida Sunnanå SKga qarshi oʻtkazdi. U birinchi oʻyinidan bir hafta oʻtgach, Kopparbergs/Göteborg FC ga qarshi sosiy tarkibda boshladi va oʻzining klubdagi birinchi golini ham kiritdi[4]. U 2009-yilgi mavsumni ikkita oʻyin oʻtkazdi, ularning birida asosiy tarkibda maydonga tushgan boʻlsa ikkinchisida zaxiradan maydonga tushdi va bitta gol muallifiga aylandi[5]. 2010-yilgi Damallsvenskan mavsumida AIKga qaytganidan soʻng, u 19 ta oʻyinda jami 1488 daqiqa oʻynagan holda 16 marta maydonga tushdi va ikkita gol urdi: biri 3-iyul kuni Kristianstadga qarshi oʻyinda, AIK 3:1 hisobida gʻalaba qozondi va ikkinchisi 19-sentyabr kuni Umea bilan 2:2 hisobida durang oʻynakdi[5].
AIK quyi ligaga tushib ketganidan soʻng, Diaz 2011-yilgi mavsumda Norrettanda 17 ta oʻyin oʻtkazdi, u yerda u ikkita golga mualliflik qildi hama beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Dias 2012-yilgi mavsum oldidan AIK bilan yangi ikki yillik shartnoma imzoladi[4]. U 2012-yilgi mavsumda AIK safida jami 1656 daqiqa davomida 21 ta uchrashuvdan 19 tasida maydonga tushgan[5].
2013-yil yanvarida, 3–4–15 koʻrinishida mavsum yakunlanganidan soʻng, AIK yana quyi ligaga tushib ketdi, Dias liga chempioni Tyresyo bilan shartnoma imzoladi[6]. Uning fikricha, jamoaga kirish qiyin boʻlsa-da, Tayresyoning yulduz nomlari bilan birga mashgʻulotlar uni futbolchi sifatida takomillashtirgan[7]. U Tyresyo uchun debyutini 2013-yilning 19-mayida Sunnanå SKga qarshi oʻyinda oʻtkazdi va uning yangi jamoasi 10:2 hisobida gʻalaba qozondi[5].
Diaz oʻzining zaxirad qoldirilishidan charchadi va 2014-yilda muntazam oʻynashni boshlashdan oldin Tyresyoni tark etishga qaror qildi[8]]. Tyresyoning 2014-yilgi UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi finalida Volfsburgdan 4:3 hisobida magʻlub boʻldi. Tyresö 2014-yilda moliyaviy inqirozga uchradi va ligani tark etdi, barcha natijalarini oʻchirib tashladi hamda barcha futbolchilarini erkin agentga aylantirdi. 2014-yil iyun oyida Umeå IK Diaz bilan shartnoma imzolash boʻyicha muzokaralar olib borayotganini eʼlon qildi[9].
Buning oʻrniga Diaz yozgi tanaffusda Damallsvenskanning yangi kelgan Eskilstuna United DFF bilan shartnoma imzoladi. Eskilstuna - yuqoridagi jamoa va men ham bu jamoa bilan oʻsishda davom etishimni his qilyapman, deb taʼkidlab oʻtgan[10].
Xalqaro karyera
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shvetsiyaning 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi safida Diaz 2012-yil U-19 Yevropa chempionatida ishtirok etdi. U Ispaniya ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan shved jamoasining qoʻshimcha taymdagi goliga mualliflik qildi[11] UEFA turnirini yoritib kelayotgan muxbirlar Diazning texnikasi va toʻp uzatishini yuqori baholab, uni oʻnta porlab kelayotgan yulduzlar qatoriga kiritishdi[12].
2012-yilning dekabr oyida terma jamoa bosh murabbiyi Pia Sundhage Diazni Bosondagi yigʻinga chaqirdi[13]. Dias 23 yoshgacha boʻlgan Shvetsiya terma jamoasi safida ham ishtirok etgan[14].
Dias 2014-yil aprel oyida Shimoliy Irlandiyaga qarshi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati-2015 saralash bosqichi doirasidagi Shvetsiya terma jamoasi safida jarohat olgan Karolin Seger terma jamoadan chiqqanidan keyin chaqirilgan edi[15]. U Portadaunda jarohat vaqtida oʻrinbosar sifatida paydo boʻldi, va oʻzining birinchi kattalar jamoasidebyutini amalga oshirdi[16]. Dias Blågult uchun birinchi oʻyinini 2014-yilning iyun oyida Farer orollari ustidan 5:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda amalga oshirgan[17].
2015-yil may oyida Dias va Eskilstuna jamoadoshlari Oliviya Shof va Sara Tunebro 2015-yilda Kanadada boʻlib oʻtadigan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati uchun Sandhagening Shvetsiya terma jamoasiga chaqiruv olishdi[18].
Xalqaro maydondagi gollar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gol | Sana | Manzil | Raqib | # | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2015-09-22 | Gothenburg, Shvetsiya | Polsha | 1.1 | Andoza:Sortfbs | Andoza:Sortfbs | Yevro-2017 saralashi |
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shvetsiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionati (1): 2012-yil
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 2015">„List of Players - 2015 FIFA Women's World Cup“. Fédération Internationale de Football Association. 10-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyun 2015-yil.
- ↑ „Damlandslagsspelare 1973–2017“. svenskfotboll.se. Qaraldi: 14-dekabr 2019-yil.
- ↑ Sasso. „Malin Díaz, la chilena que se luce en el fútbol sueco“ (ispancha). Las Últimas Noticias (25-fevral 2014-yil). Qaraldi: 21-iyun 2014-yil.
- ↑ 4,0 4,1 Mellerborg. „Malin Diaz förlänger“ (shvedcha). AIK (13-yanvar 2012-yil). 26-sentabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-sentabr 2013-yil.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 „Malin Diaz“. Soccerway. Qaraldi: 15-sentabr 2013-yil.
- ↑ „Christen Press och Malin Diaz klara för Tyresö“. Tyresö FF. Qaraldi: 15-sentabr 2013-yil.
- ↑ Nilsson. „Malin Diaz förklarar: Därför blir det Tyresö“ (shvedcha). Damfotboll.com (5-yanvar 2013-yil). 9-yanvar 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-sentabr 2013-yil.
- ↑ Nilsson. „Tog Tyresö till final – var nära att lämna“ (shvedcha). Aftonbladet (27-aprel 2014-yil). Qaraldi: 21-iyun 2014-yil.
- ↑ Johansson. „Malin Diaz kan ha hittat sin klubb“ (shvedcha). Sveriges Television (18-iyun 2014-yil). Qaraldi: 21-iyun 2014-yil.
- ↑ Hasselgren, Fredrik. „Malin Diaz nystart i Eskilstuna“ (shvedcha). Damfotboll.com (18-avgust 2014-yil). Qaraldi: 31-may 2015-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Crompton. „Sweden match-winner Diaz realises dream“. Uefa.com. UEFA (15-iyul 2012-yil). Qaraldi: 11-sentabr 2013-yil.
- ↑ „Ten emerging talents from women's U19 finals“. Uefa.com. UEFA (15-iyul 2012-yil). Qaraldi: 21-sentabr 2013-yil.
- ↑ „Sundhage tar med 17-åring på lägret“ (shvedcha). Expressen (17-dekabr 2012-yil). Qaraldi: 11-sentabr 2013-yil.
- ↑ „U23 damlandslagets spelare 2013“ (shvedcha). Swedish Football Association (11-sentabr 2013-yil). Qaraldi: 11-sentabr 2013-yil.
- ↑ Nilsson. „Segers skada ger Malin Diaz en plats i VM-kvaltruppen“ (shvedcha). Damfotboll.com (31-mart 2014-yil). Qaraldi: 21-iyun 2014-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Tre säkra poäng i Portadown“ (shvedcha). Swedish Football Association (5-aprel 2014-yil). Qaraldi: 21-iyun 2014-yil.
- ↑ „Diaz in i startelvan“ (shvedcha). Svenska Dagbladet (18-iyun 2014-yil). Qaraldi: 21-iyun 2014-yil.
- ↑ Lundin, Josefin. „Tre spelare från Eskilstuna United uttagna till VM i Kanada“ (shvedcha). Sveriges Radio (11-may 2015-yil). Qaraldi: 31-may 2015-yil.