Kontent qismiga oʻtish

Mangʻit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mang'itdan yoʻnaltirildi)


Mangʻit — turkiy xalqlar tarkibiga singib ketgan yirik qabilalardan biri.

Oʻzbekiston hududida, 1923—1926-yilgi maʼlumotlarga koʻra, mangʻitlarning umumy s0 ingdan ortiq kishi. Shundan sobiq Buxoro amirligi hududida (100 ming kishi), Buxoro vohasi va Qarshi atrofida (44 ming kishi), Zarafshonning quyi oqimida (8 ming kishi) oʻrta oqimida (10 ming kishi), Chorjoʻy tumanida (11 ming kishi), Jizzaxda (2600 kishi), Xorazmda (10 ming kishi) yashagan. Mangʻitlar qoraqalpoqlar va Shimoliy Kavkazdagi noʻgʻaylar tarkibida ham boʻlgan, bir qismi esa Janubiy Turkistonda yashagan. Oʻzbekistonda yashovchi mangʻitlar bir qancha yirik va mayda urugʻlarga boʻlingan. Eng yiriklari: oq mangʻit, och mangʻit, qora mangʻit, chala mangʻit, boygʻundi mangʻitlar. Bulardan tashqari temirxoʻja, isoboy, gaulak, koʻsa, toz, qorabayir, baqirchi, kula, tamgʻali, mangʻit qozoq, oʻn ikki choʻqay, gala botir, beshkal, chobakchak, uz, uvolay va boshqa mangʻitlar Buxoro xonligining siyosiy hayotida faol qatnashganlar. 1756—1920-yillargacha Buxoro amirligini idora qilib kelgan hukmdorlar mangʻitlarning toʻq urugʻidan boʻlgan, shu sababli xonlikda katta imtiyozlarga ega edilar. Mangʻitlar XIII asrda Dashti Qipchoqda, katta bir qismi esa Volga va Ural daryolari oraligʻida yashashgan. Qipchoqlar taʼsiri ostida oʻz tillarini unutib, turk-qipchoq tilini qabul qilganlar. XIV asrning oxirida alohida Mangʻit oʻrdani tashkil etganlar. XV asrning oʻrtalarida mangʻitlar nogʻay (yoki noʻgʻay) deb atalgan, ularning oʻrdasi esa, Noʻgʻay oʻrda nomini olgan. XVI asrning oʻrtalarida Noʻgʻay oʻrda Katta va Kichik Noʻgʻaylarga boʻlingan. Keyinchalik Katta Noʻgʻay tarkibidagi mangʻitlar oʻzbeklar, qoraqalpoqlar, qisman qozoqlarning etnik tarkibiga kirganlar. XVI asrda hozirgi Oʻzbekiston qududiga koʻchib kelganlar. Qadimdan dehqonchilik bilan shugʻullanib kelgan oʻzbeklarning taʼsiri ostida mangʻitlarning bir qismi asta-sekin oʻtroqlashib borgan, bir qismi esa XIX asr oxiri va XX asrning boshlariga qadar yarim oʻtroq holda yashab, chorvachilik bilan shugʻullanib kelgan. Ular qorakoʻl va jaydari qoʻylarni boqishgan. Mangʻitlar dehqonchilik, hunarmandchilik bilan shugʻullangan.[1]

Taniqli namoyondalari:

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil