Mark Konik
Mark Konik | |
---|---|
Tavalludi |
4-sentyabr 1938-yil |
Vafoti | 6-dekabr 2012-yil |
Fuqaroligi | SSSR → Rossiya |
Kasbi | rassom, dizayner |
Mark Aleksandrovich Konik (1938-yil 4-sentyabr, Toshkent) – sovet va rus dizayneri, rassomi, dekoratori va sanʼat nazariyotchisi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mark Konik Oʻzbekiston SSRda xizmat sanʼat arbobi rassom Aleksandr Konikning oʻgʻli.
Konik Toshkent teatr va rassomlik institutining rassomlik fakultetini tugatgan (1962). SSSR Rassomlar uyushmasi aʼzosi (1963). 1964-yildan 1991-yilgacha SSSR Rassomlar uyushmasining Markaziy oʻquv va eksperimental studiyasida (Senej studiyasi deb ataladigan) atrof-muhitni loyihalash ustaxonasini boshqargan. Aleksandrovich „Osnovi kopmozitsii“ va „Osnovi koloristiki“ asl mualliflik kurslarini ishlab chiqqan. U oʻz ish tajribasini mahalliy („SSSR dekorativ sanʼati“ jurnali) va xorijiy jurnallarda chop ettirgan, shuningdek, maqolalarini (O. Genisaretskiy, V. Glazichev, K. Kantor va boshqa mashhur mutaxassislarning maqolalari bilan oʻz maqolalarini boyitgan) „Arxiv odnoy masterskoy (Senejnaya studiya)“ kitobida umumlashtirgan.
Mark Konik Georgiy Yungvald-Xilkevichning „Formula radugi“ (1966), „Tufli s zolotimi pryajkami“ (1976), „Dvoye pod odnim zontom“ (1983), „Sezon chudes“ (1985) filmlarida kino rassomi sifatida ishtirok etgan. Xilkevichning intervyularidan birida Konikning badiiy va pedagogik ishi Vladimir Visotskiyda kuchli taassurot qoldirganligi haqida soʻz boradi[1].
Konik Aleksandrovich 2012-yil 6-dekabrda vafot etgan.
Yaratilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Konik rassom boʻlib ishlagan hamda 250 dan ortiq sur’atlar muallifi. P. Kleye va K. Malevichning ishlari Konikning rasmlariga katta taʼsir koʻrsatdi. Uning ijod namunalari Rossiyada va xorijda shaxsiy kolleksiyalarda saqlanadi.
2022-yilning mart-aprel oylarida VSEKOXUDOJNIK koʻrgazma assotsiatsiyasi „Kod Konika“ (Gostiny Dvor, VSEKOXUDOJNIK galereyasi) rasmining katta retrospektiv koʻrgazmasini tashkil qilgan[2]. Ushbu koʻrgazmada muallifning ikki yuzdan ortiq asari taqdim etilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „О Владимире Высоцком вспоминает Г. Э. Юнгвальд-Хилькевич“. 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-noyabr.
- ↑ admin „«КОД КОНИКА»“ (ru-RU). Галерея ВСЕКОХУДОЖНИК (2022-yil 16-fevral). Qaraldi: 2023-yil 4-noyabr.