Markaziy Osiyo xalqlari tarixida xristian dini

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

XI asrning oxirida xristianlikning[1] Sharqqa tomon harakati va tarqalishi ommaviy tus oldi. Bu dinni mahalliy aholi orasida tarqatuvchilar Sharqning ayrim viloyatlariga ilgari kirib borganlar. 280-yildayoq Talos Marke cherkovlari qurilib bo‘lgan, Samarqandda 310-yildan, Marvda 334-yildan, Hirotda 430-yildan; Xorazmda, Marida va Markaziy Osiyoning boshqa shaharlarida-episkopik missiyalar; keyinchalik Samarqandda, Maroda 430-yillar, Hirotda 658-yillar episkoplikdan iborat diniy hududiy jamoalar, birlashmalar bo‘lgan. Xurosonliklar va sug‘diyonaliklar zardushtiylar, monaviylar,buddistlar, bilan bir qatorda xristianlar ham bo‘lishgan. Ular qoraxitoylar va sosoniylarga qarash yerlarda ta’qib qilganlar.Markaziy Osiyo territoriyasida islomning tarqalishi davrlarida islom bilan xristianlik o‘rtasidagi ziddiyatlar, kelishmovchiliklar keskinlasha boshladi. Biroq, X asrgacha Samarqand, Xorazm, Toshkent viloyatlarida xristianlarning manzilgohlari bo‘lgan. Hatto Beruniy yashagan davrda ham (973-1056) Marvda provoslav metropoliyasi bo‘lgan.Ana shu davrda xristianlik Kavkazda ham tarqala boshladi. Armaniston (301-yil) va Gruziyada (318-yili) davlat diniga aylanadi. Kavkaz Albaniyasi territoriyasida esa hozirgi Ozarbayjon va Janubiy Dog‘iston territoriyasi IV-VII asrlarda hukmron din hisoblangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Yovqochev, Sh. Markaziy Osiyo xalqlari dinlari tarixi. Toshkent: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 2005.