Kontent qismiga oʻtish

Mash’albek Tojiboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mash'al Xurmamatovich Tojiboyev
 Xonobod shahri hokimi
Mansab davri
2020-yil 22-oktyabridan – hozirgi vaqtgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Musaxon Mamadaliyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1984-yil 30-iyul
Andijon shahri
Millati o‘zbek
Taʼlim Toshkent arxitektura qurilish instituti

Mash’al Hurmamatovich Tojiboyev – (1984-yil 30-iyul, Andijon shahri, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbek davlat arbobi, 2020-yil oktyabr oyidan buyon Xonobod shahri hokimi [1].

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mash’al Tojiboyev 1984-yil 30-iyulda Andijon shahrida tugʻilgan boʻlib, 2007-yilda Toshkent arxitektura va qurilish institutini, 2015-yilda Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Ish faoliyatini 2003-yilda Andijon viloyat pudrat savdolarini tashkil etish va oʻtkazish boshqarmasi mutaxassisligidan boshlagan. 2004-2010-yillarda Qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy konsalting markazi yetakchi mutaxassisi, narxlarni shakllantirish boʻlimi boshligʻi, „Qishloqqurilishinvest“ ixtisoslashtirilgan shoʻba injiniring kompaniyasi Andijon filiali uy-joy marketing shoʻbasi bosh mutaxassisi, Andijon viloyat hokimligi kapital qurilish, kommunikatsiyalar va obodonlashtirish masalalari boʻyicha kotibiyati yetakchi mutaxassisi, kotibiyat mudiri lavozimlarida ishlagan. 2016-yil 8-maydan 2016-yil 17-dekabrgacha vaqtincha Andijon shahar hokimi vazifasini bajargan. 2016-2017-yillarda Andijon shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari vazifasida ishlagan. Mash’al Tojiboyev Xonobod shahri hokimi vazifasiga tayinlangunga qadar Andijon viloyat uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi boshligʻi sifatida faoliyat koʻrsatgan. 2020-yil 22-oktyabridan buyon Xonobod shahar hokimi lavozimida ishlab kelmoqda[2][3].

3-Askar saylov okrugidan Xonobod shahar xalq deputatlari Kengashi deputati[4].

  1. „Andijon viloyatining Xonobod shahriga yangi hokim tayinlandi“ (daryo.uz). Qaraldi: 2024-yil 10-iyul.
  2. „Xonobod shahriga yangi hokim tayinlandi. Sobiq hokim pnevmoniyadan vafot etgandi“ (qalampir.uz/uz). Qaraldi: 2024-yil 10-iyul.
  3. „Xonobod shahriga yangi hokim tayinlandi“ (kun.uz). Qaraldi: 2024-yil 10-iyul.
  4. „Xonobod shahar xalq deputatlari Kengashi“ (kengash.gov.uz). Qaraldi: 2024-yil 10-iyul.