Kontent qismiga oʻtish

Mavlono Muhyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Muhyi (768–865 hijriy-qamariy/1367–1461 milodiy) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi, Alisher Navoiyning zamondoshi. Imom Rofiʼiy Gʻaznaviy avlodidan. Bolaligida Bobo Sungu bilan uchrashib, undan koʻp iltifotlar koʻrgan. Samarqandda xonaqoh va muridlari boʻlgan. Voizlik ham qilgan. Qurʼoni karimni har kuni bir marta toʻliq xatm qilishni odatga aylantirgan. Ushbu shayx haqidagi faslni “Nasoyim ul-muhabbat”ga Navoiyning oʻzi yozib, kiritgan[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Nasoyim ul-muhabbat.