Kontent qismiga oʻtish

Magniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mgdan yoʻnaltirildi)
Magniy / Magnesium (Mg)
Atom raqami 12
Koʻrinishi yengil, yumshoq, oqish-kumush rang metall
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
24,305 m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi 160 pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
737,3 (7,64) kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi [Ne] 3s2
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi 136 pm
Ion radiusi 66 (+2e) pm
Elektrmanfiylik
(poling boʻyicha)
1,31
Elektrod potensiali −2,37 В
Oksidlanish darajasi 2
Termodinamik xossalari
Zichlik 1,738 g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi 1,025 J/(K·mol)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik 156 Vt/(m·K)
Erish harorati 922 K
Erish issiqligi 9,20 kJ/mol
Qaynash harorati 1 363 K
Qaynash issiqligi 131,8 kJ/mol
Molyar hajm 14,0 sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishi geksagonal
Panjara davri 3,210 Å
Panjara/atom nisbati 1,624
Debye harorati 318,00 K
12
Magniy
Mg
24,305
3s2

Magniy (Magnesium), Mg — Mendeleyev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element; ishkoriy - yer metallarga kiradi. Tartib rakami 12, atom massasi 24,305. Tabiiy Magniy 3 ta barqaror izotopdan iborat. 24Mg (78,60%), 25Mg (10,11%), 26Mg (11,29%). Uchta sunʼiy radioaktiv izotopi (23Mg, 27Mg, 28Mg) olingan. Magniyni 1808 i. dastlab ingliz fizigi Magniy Devi amalgama holida olgan. 1829-yilda fransuz kimyogari Magniy Byussi magniy xloridga kaliy bugʻi taʼsir ettirib, Magniyni metall holida ajratib olgan. Magniy massa jihatidan yer poʻstining 2,35% ni tashkil qiladi. Magniyning 100 dan ortiq minerallari boʻlib, ulardan dolomit, forsterit yoki olivin, magnezii, karnallit va boshqa ahamiyatlidir. Olivin jinslarining yuvilishidan ilonizi serpentin minerali hosil boʻladi. Uning tolasimon turi asbest deyiladi. Ilon-izisimonlar chuqur yer osti karbonat angidrid gazlarining taʼsirida parchalanishi natijasida talk jinslariga aylanadi. Tula parchalanganda esa magnezit (MgCO3)ra oʻtadi. Ohaktoshlar MgCl2 eritmalari taʼsirida dolomitga MgCa(CO3)2 aylanadi. Oʻzbekistondagi dolomit konlarining eng kattasi Samarqand viloyatida joylashgan.

Dengiz suvida 0,38%; baʼzi koʻllar suvida 30% magniy xlorid boʻladi. Magniy kumushdek oq, yumshoq, choʻziluvchan, yengil metall, havoda yupqa oksid parda bilan qoplanib, qoramtir tusga kiradi. Bu parda uni keyingi oksidlanishdan saqpaydi. Magniyning zichligi 1740 kg/m³, suyuqlanish temperaturasi 650°, kaynash temperaturasi 1105°. Magniy birikmalarida 2 valentli. Kimyoviy jihatdan juda faol metall. Havoda qizdirilganda koʻzni qamashtiruvchi oq shuʼla chiqarib yonadi va oq rangli magniy oksid MgO, qisman koʻkimtir magniy nitrit Mg3N2 hosil qiladi. Xona haroratida suv bilan reaksiyaga kirishmaydi. Qaynatilganda esa suvdan sekin-asta vodorodni ajratib chiqaradi. Suv bugʻi bilan 400° da shiddatli reaksiyaga kirishadi. Qizdirilganda azot, oltingugurt, galogenlar va boshqa metallmaslar bilan birikadi. Suyultirilgan kislotalarda oson erib, vodorod ajratib chikaradi. Oddiy sharoitda ishqorlarning suvdagi eritmasida erimaydi. Vodorodli muhitda 400—500° gacha qizdirilganda gidrid MgH2 hosil qiladi. Magniyni 500—600° gacha oltingugurt yoki SO2 va H2S bilan qizdirilganda sulfid MgS hosil boʻladi. MgF2 himoya pardasini hosil qila olishi sababli ftorid kislotada erimaydi. Ishqoriy bikarbonat va ammoniy tuzlari eritmalarida eriydi. Magniyning barcha tuzlari rangsiz, achchiq, suvda yaxshi eriydi. Magniy koʻpgina metallar bilan qotishmalar hosil qiladi.

Magniy oʻsimlik va hayvonlar organizmining ajralmas qismidir. Baʼzi suv oʻtlari, foraminiferalar, ohakli bulutlar Magniy konsentratlari hisoblanadi (ular tarkibida 3—4% gacha Magniy boʻladi). Magniy oʻsimliklarning yashil pigmenti — xlorofill tarkibiga kiradi.

Barcha oʻsimliklarning hujayra organellarida va barcha tirik organizmlarning ribosomshritsa Magniy borligi aniqlangan. Magniy fosfat kislota tuzlari shaklida fitin tarkibida boʻladi. Odam va hayvonlar organizmi Magniyni ovqatdan oladi. Odamning bir kecha-kunduzda Magniyga ehtiyoji 0,3—0,5 g. Ovqatda Magniy tuzlari yetarlicha boʻlmasa, nerv sistemasining normal qoʻzgʻaluvchanligi, muskullarning qisqarishi buziladi. Qoramollar yemida Magniy yetishmaganda muskullari tortishib, oyoqlari rivojlanmay qoladi.

Sanoatda Magniy elektrolitik, metallotermik va ugletermik usullar bilan, lekin, asosan, MgCl, KC1 va NaCl eritmalari aralashmasini elektroliz qilib olinadi. Metallotermik usulda xom ashyo boʻlib dolomit, qaytargich boʻlib ferrosilitsiy yoki silikoalyuminiy xizmat qiladi. Ugletermik usulda Magniy MgO bilan uglerod aralashmasini 2100° dan yuqori haroratda germetik pechlarda qizdirib olinadi.

Pirotexnikada, metallurgiyada qotishmalar, qiyin qaytariladigan metallar (vanadiy, titan, uran, sirkoniy), mustahkam choʻyan olishda, atom texnikasida, kino, fotografiya va yoritish texnikasida ishlatiladi.

  • Eydenzon Magniy Magniy, Magniy, Magniy, 1969;Ivanov Magniy Magniy, Lyandres Magniy Magniy, Prokofyev Magniy Magniy, Proizvodstvo magniya, Magniy, 1979.

Temir Otaqoʻziyev.[1]

Magniy - unsurlar davriy jadvalining 12 unsuri, ishqoriy metall.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil