Kontent qismiga oʻtish

Mineirão stadioni

Koordinatalari: 19°51′57″S 43°58′15″W / 19.86583°S 43.97083°W / -19.86583; -43.97083
Vikipediya, erkin ensiklopediya
 BRA Estádio Governador Magalhães Pinto
Mineirão
Toʻliq nomi Estádio Governador Magalhães Pinto
Joyi Belu-Orizonti, Minas Jerays, Braziliya
Koordinatalari 19°51′57″S 43°58′15″W / 19.86583°S 43.97083°W / -19.86583; -43.97083
Asos solingan 1959
Qachon ochilgan 5-sentyabr, 1965
Qachon taʼmirlangan 21-dekabr, 2012
Egasi Minas Arena
Yuzasi Chim
Hajmi 58,170 [1]
Maydon oʻlchami 105 x 68 m
Maydon egalari
Cruzeiro
FIFA Konfederatsiyalar kubogi 2013
FIFA Jahon chempionati 2014

Mineirão stadioni, rasmiy nomi portugalcha - Estádio Governador Magalhães Pinto, (Gubernator Magalhães Pinto Stadioni) 1965-yili Belu-Orizonti shahrida qurilgan. Braziliyaning Minas Jerays shtatidagi eng katta futbol stadionidir. Bu stadion FIFA Konfederatsiyalar kubogi 2013 va FIFA Jahon chempionati 2014 musobaqalariga hizmat qildi, shuningdek ushbu stadioni, 2016-yili Rio de Janeyroda boʻlib oʻtadigan yozgi olimpiada oʻyinarida futbol bellashuvlariga ham mezbonlik qiladi.[2]

Stadion 1965-yil 5-sentyabrda ochilgan, oʻshanda yangi stadionda ilk uchrashuv Minas Jerays shtati terma jamoasi bilan Argentinaning Club Atlético River Plate klubi oʻrtasida boʻlib oʻtgan. Stadionning ochilishi Minas Jerays shtatida futbolning rivojlanishiga olib keldi. Oradan bir yil oʻtin maydon egasi Cruzeiro klubi Braziliya kubogi sohibiga aylanadi. 1971-yilda esa Atlético Mineiro klubi Braziliyaning ilk chempioni boʻladi. Stadion tarixida eng koʻp muxlis kirgan uchrashuv 19997-yili shtat ligasi Cruzeiro va Villa Nova klublari oʻrtasidagi final uchrashuviga 132,834 muxlis kirgan. Ushbu oʻyinda ayollar va bolalar pul toʻlamagan, 74,857 kishi chipta sotib olgan, 56,618 muxlis ayollardan iborat boʻlgan.

Muhim oʻyinlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Ilk oʻyin: Oʻrtoqlik – 5-sentyabr, 1965 – Minas Jerays shtati terma jamoasi 1–0 Club Atlético River Plate (ARG) Tomoshabinlar: 73,201
  • Ilk xalqaro oʻyin: Oʻrtoqlik – 7-sentyabr, 1965 – Braziliya 3–0 Urugvay. Bu oʻyinda, Braziliyaning barcha futbolchilari Palmeiras klubi oʻyinchilari boʻlgan.
  • Ilk derbi: Minas Jerays shtati chempionati – 24-oktabr, 1965 – Cruzeiro 1–0 Atlético
  • Braziliyaning eng yirik magʻlubiyati: Jahon chempionati 2014 yarim finali - 8-iyul, 2014 - Olmoniya 7-1 Braziliya

Urilgan tarixiy gollar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1-gol: Buglê, 1965-yil 5-sentyabrda Minas Jerays shtati terma jamoasidan
  • 1000-gol: Lola, 1968-yil 6-aprelda Atlético Mineiro klubidan
  • 5000-gol: Paulinho, 1985-yil 10-martda Villa Nova klubidan

FIFA Konfederatsiyalar kubogi 2013

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sana Vaqt (UTC-03) Jamoa #1 Nat. Jamoa #2 Round muxlis
17-iyun, 2013 16:00  Fransuz Polineziyasi 1–6  Nigeriya B guruhi 20,187
22-iyun, 2013 16:00  Yaponiya 1–2  Meksika A guruhi 52,690
26-iyun, 2013 16:00  Braziliya 2–1  Urugvay Yarim final 57,483

FIFA Jahon chempionati 2014

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sana Vaqt (UTC-03) Jamoa #1 Natija Jamoa #2 Round muxlis
14-iyun, 2014 13:00  Kolumbiya 3–0  Gretsiya C guruhi 57,174[3]
17-iyun, 2014 13:00  Belgiya 2–1  Jazoir H guruhi 56,800
21-iyun, 2014 13:00  Argentina 1–0  Eron F guruhi 57,698
24-iyun, 2014 13:00  Kosta Rika 0–0  Angliya D guruhi 57,823
28-iyun, 2014 13:00  Braziliya 1–1 (qarangv) (Penaltilar: 3–2)  Chili Nimchorak final 57,714
8-iyul, 2014 17:00  Braziliya 1–7  Germaniya Yarim final 58,141
  1. 2013[sayt ishlamaydi]
  2. „Instalação do Rio 2016™, Mineirão está pronto para voltar a receber o futebol“. rio2016.com. 2015-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-sentyabr, 2013.
  3. „Match report – Columbia–Greece“ (PDF). FIFA.com (Fédération Internationale de Football Association) (14-iyun 2014). 2014-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-iyun 2014. (Wayback Machine saytida 2014-07-02 sanasida arxivlangan)