Mir Husayn Muammoiy
Qiyofa
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mir Husayn Muammoiy – fors-tojik tilida ijod qilgan nishopurlik shoir.
Xondamir “Habib us-siyar”da uning uzoq yillar “Ixlosiya” madrasasida yashagani, turli bilimlar oʻrgangani va muammo ilmida dong taratgani haqida maʼlumot berib, vafot etganidan soʻng “Ixlosiya” madrasasi gunbazi ostida dafn qilinganligini yozadi.
Alisher Navoiy uning nomini “Majolis un-nafois”ning toʻrtinchi majlisida tilga oladi. Yuksak axloqli kishi deb taʼriflab, muammo ilmida shunday martabaga erishdiki, goʻyo bu bir yoʻl boʻlsa, “bu yoʻlni band qildi” deydi. “Majolis un-nafois”da uning “Nosir” ismiga bitilgan muammosi keltirilgan[1][2].
Mir Husayn Muammoiy taxminan 1498–99-yillarda vafot etgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |