Kontent qismiga oʻtish

Misr qurolli kuchlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Andoza:Карточка вооружённых силMisr xarbiy qurolli kuchlari (arabcha: القوات المسلحة المصريةMisr Arab Respublikasining davlat ozodligii, mustaqilligi va hududiy boʻlinmasligi himoya qilish uchun tuzilgan. Quruqlikdagi kuchlar, dengiz kuchlari, harbiy havo kuchlari va havo xujumidan mudofaa kuchlaridan iborat.

Umumiy maʼlumot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Misr qurolli kuchlari Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqasidagi eng katta kuch va asosan hududiy birlik va ichki tinchlik, jumladan, Sinay yarim oroli shimolidagi IShIDga tegishli Sinay viloyati guruhiga qarshi kurashga qaratilgan. Misr harbiy-dengiz kuchlari dunyodagi eng muhim dengiz transport yoʻllaridan biri boʻlgan Bab El-Mandeb boʻgʻozini nazorat qiladi .

Misr va AQSH katta strategik hamkorlikni saqlab kelmoqda, bu AQSH uskunalarini sezilarli darajada etkazib berish va Misrning 2019- yildagi harbiy amaliyotlari uchun davom etayotgan moliyaviy yordam toʻlovlari bilan ajralib turadi. Rossiya federatsiyasi bilan mudofaa munosabatlari, asosan qurol va harbiy texnika (WME) sotib olish boʻyicha rivojlanmoqda.

Harbiy texnikadan foydalanish tajribasi Sinaydagi yarim orolidagi quroli qoʻzgʻolonga qarshi operatsiyalarda va BMTning tinchlikparvar boʻlinmalarida ishtirok etishda toʻplangan. Misr harbiylari butun jahon harbiy mashgʻulotlar davomida ham tayyorgarlikdan oʻtadi. Misr oʻz kuchlarini oʻz chegaralaridan tashqarida mustaqil ravishda joylashtirish imkoniyati ortib bormoqda BMT operatsiyalariga ishtirok etmoqda, Liviyadagi janglarga qoʻshildii va Saudiya Arabistonini qoʻllab-quvvatlash uchun Yamanga jangovar samolyotlar yubordi, Misir arab koalitsiyasini boshqarmoqda.

Harbiy-dengiz kuchlari ikkita yangi Mistral sinfidagi universal vertalyot tashuvchi desant kemalarini (UDK) qabul qilib, mintaqaviy joylashtirish imkoniyatlarini kuchaytirdi. Qurollari asosan Sssrda ishlab chiqarilgn tizimlar va Gʻarb davlatlarida ishlab chiqarilgan yangi tizimlardan iborat. Biroq, qurolli kuchlar Rossiyaning koʻp maqsadli qiruvchi samolyotlari, hujum vertolyotlari va havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini etkazib berishni talab qiladigan keng qamrovli uskunalarni qayta modernizatsiyalash dasturini amalga oshirmoqda. Jangovar samolyotlar ham Fransiyadan, hujumchi Dronlarnlar esa Xitoydan keltirildi. Dengiz kuchlarini qayta modernizatsiyalash Germaniya suv osti kemalari va frantsuz tez yurar kemalarini oʻz ichiga oladi.

Misr oʻzining rivojlangan mudofaa kuchiga ega boʻlib, oʻz qurolli kuchlariga ham, tashqi bozorlarga ham oʻq otish qurollaridan va zirhli mashinalargacha boʻlgan xarbiy qurollar yetkazib beradi. Litsenziyalar olish va xorijiy kompaniyalar bilan qoʻshma ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etishgan, shulardan M1A1 Abrams asosiy jangovar tanklarini yetkazib berilgan avtomashinalar toʻplamlaridan misirda yigʻish va Fransiya koʻmagida tez yurar kemalarni ishlab chiqarish boʻyicha ishlar olib borilmoqda [2] .

Misr qurolli kuchlari [1]
Qurolli kuchlarning turlari: Misr quruqlik kuchlari ;

Misr dengiz floti ;

Misr havo kuchlari ;

Misr havo mudofaasi qoʻmondonligi

Muddatli harbiy xizmatga chaqirilish yoshi va ishga qabul qilish tartibi: Misr qurolli kuchlari umumiy harbiy majburiyat toʻgʻrisidagi qonun asosida 18-30 yoshdagi erkak fuqarolar tomonidan xizmatga chaqiriladi majburiy harbiy xizmat muddati – 12 oydan 36 oygacha, undan keyin 9 yil muddatga (2008 yil holatida) majburiy ravishda zaxiraga olish.
Harbiy xizmat uchun mavjud kadrlar: 16-49 yoshdagi erkaklar: 21 012 199

16-49 yoshdagi ayollar: 20 145 021 (2010 yil hisobi)

Harbiy xizmatga yaroqli kadrlar: 16-49 yoshdagi erkaklar: 18 060 543

16-49 yoshdagi ayollar: 17 244 838 (2010 yil hisobi)

Har yili harbiy yoshga yetgan kadrlar: erkaklar: 783 405

ayollar: 748 647 (2010 yil hisobi)

Harbiy xarajatlar – YaIMga nisbatan foiz: 3,4% (2005 yil holatiga koʻra), dunyoda 35-oʻrin [2]
  • 2014 yil holatiga koʻra, Rossiya Federatsiyasidan 24 ta MiG-29m / m2 qiruvchi samolyotlar, havo mudofaa tizimlari, tankga qarshi Kornet tizimlari, jangovar vertolyotlar (Ka-25, Mi-28) yetkazib berish boʻyicha umumiy qiymati 3 milliard dollardan ortiq shartnomalar imzolandi yoki imzolandi. va Mi-25, Mi-35), engil qurollar, qirgʻoq kemalariga qarshi tizimla olingan. Barcha buyruqlar Misrga AQShdan harbiy va moliyaviy yordam koʻrsatish toʻxtatilganidan keyin berilgan.[3]

QUROLI KUCHLAR TARTIBI

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Misr harbiy kuchlarining umumiy soni 438 500 ming harbiy xizmatchini iborat. [6]

Quruqlikdagi qoʻshinlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil uchun quruqlikdagi kuchlar soni 310 ming nafar harbiy xizmatchini tashkil etadi. [7]

Dengiz kuchlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil uchunxarbiy dengiz kuchlari soni 18 500 nafar harbiy xizmatchidan iborat. [7]

Havo kuchlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yilga kelib xarbiy havo kuchlari soni umumiy 30 000 nafar harbiy xizmatchini tashkil etadi. [7]

Havo mudofaasi qoʻshinlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil uchun havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari soni 80 000 harbiy iborat [7] .

Shuningdek qarang

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „Military of Egypt, CIA — The World Factbook“. 2018-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 4-noyabr.
  2. „Egypt“. 2011-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 4-noyabr.
  3. „РИАНовости: Россия парафировала с Египтом военные контракты на $3 млрд“. 2014-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 16-fevral.