Kontent qismiga oʻtish

Marganets

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mndan yoʻnaltirildi)
Marganets / Manganum (Mn)
Atom raqami 25
Koʻrinishi Och kulrang, qattiq, moʻrt metall
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
54,93805 m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi 135 pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
716,8 (7,43) kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi [Ar] 3d5 4s2
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi 117 pm
Ion radiusi (+7e) 46 (+2e) 80 pm
Elektrmanfiylik
(poling boʻyicha)
1,55
Elektrod potensiali 0
Oksidlanish darajasi 7, 6, 4, 3, 2, 0, −1
Termodinamik xossalari
Zichlik 7,21 g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi 0,477 J/(K·mol)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik (7,8) Vt/(m·K)
Erish harorati 1 517 K
Erish issiqligi (13,4) kJ/mol
Qaynash harorati 2 235 K
Qaynash issiqligi 221 kJ/mol
Molyar hajm 7,39 sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishi kubik
Panjara davri 8,890 Å
Panjara/atom nisbati n/a
Debye harorati 400,00 K
Marganets
25
Marganets
Mn
54,9380
3d54s2

Marganets (nem. Marganerz - marganets rudasi; lotincha Manganum), Mn — Mendeleyev davriy sistemasining VII guruh kimyoviy elementi. Tartib rakami 25, atom massasi 54,9380. Tabiatda 1 ta barqaror izotopi 55Mp maʼlum. Oksidlanish darajasi +2 dan +7 gacha, birikmalaridan 2 va 7 valentliklari barqaror hisoblanadi. Poling boʻyicha elektr manfiyligi 2,5 ga teng . Ion radiusi (qavslarda koordinatsion sonlar keltirilgan) Mp2+ uchun 0,080 nm (4), 0,089 nm (5), 0,104 nm (7), Mp7+ uchun 0,039 nm (4), 0,060 nm (6). Marganetsni dastlab 1774-yil shved olimi Marganets Sheyele aniqlagan. Sof holdagi Mn ni shved kimyogari Yu. Gan ajratib olgan.

Marganetsning yer poʻstidagi massa boʻyicha miqdori 0,1% atrofida, okean suvlarida 2-10~7%. Tabiatda erkin holda uchramaydi, asosan, minerallar tarkibida boʻladi. Pirolyuzit (}-MpO2, psilomelan tMO pMpO2xN2O [M=Va, Sa, K, Mp (II)], manganit (J-MnOOH, braunit 3Mn2O3MnSiO3 va rodoxrozit MpSO3 lar shular jumlasidandir. Rossiya, JAR, Avstraliya, Gabon, Braziliya, Hindiston, Gana va boshqa davlatlarda rudalari mavjud. Tinch, Atlantika va Hind okeanlarida temirmarganets konkre-siyalari koʻp tarqalgan.

Marganets oqkumush rang metall, kristall holdagi 4 ta kubsimon modifikatsiyasi maʼlum boʻlib, 710° dan past haroratlarda a - shakldagisi barqaror hisoblanadi. — 173° dan pastda anti-ferromagnit, yuqori haroratlarda esa paramagnitdir.

Marganets havoda yengil oksidlanadi, 800° dan yuqorida ichki qavati MpO tashqaridagi Mp3O4 dan iborat kuyindini hosil qiladi. 800° dan pastda Mp2O3, 450° dan pastda esa MpO2 hrsil boʻladi. 100 g Marganets 60 sm³ vodorodni yutib, qattiq eritma xrsil qiladi. Galogenlar bilan kristall holdagi digalogenidlar beradi, qizdirilganda oltingu-gurt, azot, fosfor, uglerod, kremniy va boshqa elementlar bilan birikadi. Marganetsning MnN6, Mn5N2, Mn4N, MnN, Mn6N5, Mn3N2 tarkibli nitridlari, MpR, MnP3, Mn2P, MrijPj, Mn4P tarkibli fosfidlari, Mp3S koʻrinishdagi karbidi va MnSi, MnSi17, Mn3Si, Mn5Si3 tarkibli silitsidlari olingan.

Marganets hozirgi vaqtda metallotermiya usulida, sof holdagisi marganets sulfat MnSO4 ni qaytarib, elektroliz qilib olinadi.

Marganetsning asosiy qismi poʻlat ishlab chiqarishda, rangli metallurgiya sanoatida, alyuminiy va magniy qotishmalari tayyorlashda, korroziyaga qarshi ishlatiladigan qoplamalar tayyorlashda qoʻllanadi. Inson organizmida Marganetsning miqdori sutkasiga 4 mg dan kamaysa, u kasallanadi, oʻsimliklarda yetishmay qolsa, xloroz (xlorofill yetishmovchiligi) kelib chiqadi. Marganets birikmalari zararli, jumladan, ular kishi asabini ishdan chiqaradi, changlarining uzoq, vaqt davomida nafas yoʻllariga kirishi surunkali zaharlanishga olib keladi.

  • Axmetov Marganets S ., Obshaya i neorganicheskaya ximiya, Marganets, 1981.

Qudrat Axmerov.[1]

Marganets - unsurlar davriy jadvalining 25 unsuri, metall.

Nomining kelib chiqishi va ochilish tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qadimiy yunon faylasufi Fales Miletskiy temirni tortadigan qora mineralning nushalarini oʻrgangan. U uni "magnetis litos" - Shimoliy Yunonistonning sharqiy qismi - Fessaliyaning togʻli joyi Magnesiyadan boʻlgan tosh deb ataydi. Hozirda bu magnitli temir - temirning qora oksidi - Fe3O4 - boʻlgani aniqlangan.

Rim tajribachisi Pliniy Katta esa shunga oʻxshagan, ammo magnitlik xususiyatiga ega boʻlmagan mineralni magnetis (yoki magnes) termini bilan atagan. Keyinchalik, bu mineralni pirolyuzit, (yunonchadan "pir" - olov va "lusis" - tozalash, chunki, uni eritilgan shishaga qoʻshganda u rangsizlanardi, soʻzlaridan olingan) deb atashdi. Bu marganetsning dioksidi edi. Oʻrta asrlarda, qoʻlyozmalar koʻchirilayotganda magnes avval mangnesga, keyin manganesga aylanadi.

1774-yilda shved mineralogi Marganets Gan pirolyuzitdan yangi metallni ajratadi va unga manganets nomini beradi. Shu koʻrinishda u Yevropa tillarida (inglizcha: va fransuzcha: manganese, nemischa: Mangan ) saqlanib qoladi. Rus tilining qoidalari "ngn" qoʻshilmasini rgnga aylantiradi - shunday qilib manganetsdan marganets paydo boʻladi.

Tabiatda tarqalishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marganets - Yerda tarqalishi boʻyicha 14-element, yer poʻstida esa temirdan keyin ikkinchi ogʻir metall (yer poʻsti atomlarining umumiy sonidan 0,03%).

Marganets minerallari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • pirolyuzit MnO2·xH2O, eng keng tarqalgan mineral.
  • manganit (manganets rudasi) MnO(OH)
  • braunit 3Mn2O3·MnSiO3
  • gausmanit (MnIIMn2III)O4
  • rodoxrozit (marganetsli shpat, malina rangli shpat) MnCO3

1. Gausmanitdan yoki qizdirilgan pirolyuzitdan (gausmanitga oʻtib ketadi) alyuminotermik usul bilan:

3(MnIIMn2III)O4 + 8Al → 9Mn + 4Al2O3

2. Temir tarkibli marganets oksid rudalaridan koks bilan qaytarish yoʻli bilan.Bu usul bilan metallurgiyada odatda ferromarganets olinadi (≅80 % Mn).

Ximik hossalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oksidlangan shakli Qaytarilgan shakli Muhit E0, В
Mn2+ Mn H+ −1,186
Mn3+ Mn2+ H+ +1,51
MnO2 Mn3+ H+ +0,95
MnO2 Mn2+ H+ +1,23
MnO2 Mn(OH)2 OH −0,05
MnO42- MnO2 H+ +2,26
MnO42- MnO2 OH +0,62
MnO4 MnO42- OH +0,56
MnO4 H2MnO4 H+ +1,22
MnO4 MnO2 H+ +1,69
MnO4 MnO2 OH +0,60
MnO4 Mn2+ H+ +1,51
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil