Kontent qismiga oʻtish

Moʻgʻullarning Markaziy Osiyoni bosib olishi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Moʻgʻullarning Markaziy Osiyoni bosib olishi
Moʻgʻullar istilosi

Moʻgʻul qoʻshinlarining oldinga siljish yoʻnalishlari
Sanalar 1216 — 1224
Urush yeri Oʻrta Osiyo
Natija moʻgʻullar gʻalabasi bilan tugaydi
Qoʻmondonlar
Chingizxon
Joʻjixon
Chigʻatoy
Oʻqtoyxon
Tulu
Subutoy
Jebe
Jelme
Muxali
Xubilay
Xasar
Boorchu
Sorgan Shira
Kuchluk
Muhammad Xorazmshoh
Jaloliddin Manguberdi
Oʻzloqshoh
Oqshoh
Rukniddin Gʻursanchti
Gʻoyirxon† (qat etilgan)
Temur Malik
Kuchlar
taxminan 200[1] ming jangchi: markazda — 101 ming,
oʻng qanotda — 47 ming,
soʻl qanotda — 30 ming;
hamda qamal qurollari bilan jihozlangan suvoriy kamonchilar.
400 ming jangchi
Qoraxitoylar davlati va Xorazmshohlar davlatining sharqiy qismini Mo‘g‘ullar imperiyasiga bosib oldi

Chingizxon boshchiligida moʻgʻullarning Markaziy Osiyoni bosib olishi ikki bosqichda amalga oshirildi. Asosiy zarba Xorazmshohlar davlatiga qarshi qaratilgan edi[2]. 1218-yilda moʻgʻullar oʻzlarining eski dushmani, yaqinda Qoraxitoylar davlatining goʻrxoniga aylangan Kuchluk ustidan gʻalaba qozonib, natijada Qoraxitoy hududi Moʻgʻullar imperiyasi va Xorazm oʻrtasida boʻlinib ketadi. 1219-yil kuziga kelib Xorazm bilan urush boshlandi, u 1223-yil bahorigacha davom etdi. Bu davrda Xorazmshohlar davlatining asosiy qismi Hind daryosidan Kaspiy dengizigacha bosib olindi. Moʻgʻullarga yana bir necha yil qarshilik koʻrsatgan oxirgi Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi oxir-oqibat magʻlubiyatga uchradi va 1231-yilda vafot etadi.

Chingisxonni taxtga chiqishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1206 yili Temujin ismli zodagon Chingisxon nomi bilan Mongoliya taxtiga chiqdi. 1215 yili Chingizxon shimoliy Xitoyda erishilgan gʻalabalarni mustahkamlab, oʻz etiborini gʻarb tomon qaratadi. 1219 yili u Jebenoyonga Sharqiy Turkiston va Yettisuvni ishgʻol etishni buyuradi. Chingizxon armiyasi kuchluq davlatini tor-mor keltirib Movarounnahrga bostirib kiradi. Samarqandni mustahkamlash uchun katta xiroj yigʻiladi, biroq bu mablagʻlar isrof qilinadi, shahar devorlari esa mustahkamlanmaydi.

Oʻtror, Buxoro va Samarqandga yurishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1219 yili Chingizxon katta va mustahkam qalʼa boʻlgan Oʻtrorga yurish qiladi. Oʻz kuchlarini ikkiga ajratib, ulardan birini Oʻtror qurshovi uchun qoldiradi, qolganiga oʻgʻli Juchini boshliq etib Signak, Uzgen, Jenda va soʻngra Urganchni zabt etish maqsadida safarbar etadi. 5 ming kishilik askar Sirdaryo boʻlab Binkat va Xoʻjand shaharlariga yuborilgan. Chingizxonning oʻzi esa asosiy kuchlar bilan suvsiz dashtlar boʻylab qisqa yoʻl orqali Buxoro tomon yoʻl oladi. 1220 yilning fevralida Buxoro ishgʻol etiladi. Chingizon shaharni oʻz askarlariga talon-toroj qilish uchun topshiradi. Buxoroning ayanchli taqdiri haqidagi mashʼum xabar tez orada butun Movarounnahrga yoyiladi. Aholi qoʻrquv va tahlikaga tushadi. Xorazmshoh Muhammad qoʻrqoqlik bilan qochishga hozirlik koʻradi. Samarqand himoyachilariga boshchilik qilgan turk Toʻgʻayxon Chingizxon xizmatiga oʻtishga umid qilib shaharni topshiradi. Moʻgʻillar shaharga bostirib kirib qirgʻinbarot uyushtiradilar. Samarqand aholisining faqat toʻrtdan bir qismi omon qoladi.

Xoʻjand va Urganchga yurishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1220-yilning aprelida moʻgʻullar Xoʻjandni ishgʻol etadilar. Sirdaryo yaqinida ular Binkatni zabt etadilar. Xoʻjand hukmdori Temur Malik moʻgʻullarga qarshi mardonavor kurash olib boradi. U oʻzining kam sonli askarlari bilan yoʻl-yoʻlakay jang qilib Urganchga yetib keladi. 1220-yilning yoziga qadar Movarounnahrning sharqiy va markaziy qismi moʻgʻullar tomonidan bosib olinadi. Xorazmshoh qochadi. U Kaspiy dengizining janubiy qirgʻogʻidagi orolda vafot etadi. Urganchda Temur Malik qisqa vaqt davomida xalq lashkarlariga boshchilik qiladi. U Chingizxonga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib boradi. 1220-yilning kuzida Chingizxon bir hamla bilan Termezni ishgʻol etadi. [3]

1221-yilning qishida Urganch qamali boshlanadi. Shahar aholisi dushmanga qahramonlarcha qarshilik koʻrsatadi. Urganch taslim boʻlishidan avval Balx va Marv shaharlari zabt etiladi. 1221-yilning yoziga qadar butun Markaziy Osiyo hududi moʻgʻullar tasarrufiga oʻtadi. Chingizxon vafotidan soʻng moʻgʻul imperiyasining merosxoʻrlar oʻrtasidagi taqsimoti natijasida Movarounnahr Chingizxon oʻgʻli Chigʻatoy ulusi deb eʼtirof etiladi. Chigʻatoy saroyi uchun oʻlpon yigʻish vazifasi mahalliy savdogar Mahmud Yalavochga ishonib topshiriladi.

  1. Разин Е. А.. История военного искусства VI—XVI вв; Глава пятая. Военное искусство вооруженной организации монголов и турок. СПб: ООО «Издательство Полигон», 1999. ISBN 5-89173-040-5. 
  2. И. П. Петрушевский поход монгольских войск в Среднюю Азию в 1219—1224 гг. и его последствия // Тихвинский С. Л. Татаро-монголы в Азии и Европе — М.: Наука, 1977, С. 108.
  3. Tataro-mongoly v Azii i Yevrope. M.: Nauka, 1977
  • Tataro-mongoly v Azii i Yevrope. M.: Nauka, 1977
  • Rashid ad-Din. Sbornik letopisey. Tom 1. Kniga 2. M.-L. AN SSSR. 1952