Kontent qismiga oʻtish

Mogami (Yamagata)

Koordinatalari: 38°45′30.7″N 140°31′9.4″E / 38.758528°N 140.519278°E / 38.758528; 140.519278
Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Mogami, Yamagatadan yoʻnaltirildi)
Mogami

最上町
Shaharcha
Skyline of Mogami
Mogami
Bayroq
38°45′30.7″N 140°31′9.4″E / 38.758528°N 140.519278°E / 38.758528; 140.519278
Mamlakat Yaponiya
Asos solingan 1954-yil 1-sentyabr
Maydon 33,027 km2 (12,752 kv mi)
Iqlim turi nam kontinental iqlim
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2020-yil fevral)
8 442
Mogami xaritada
Mogami
Mogami
Moamidagi yarim Onsen

Mogami (yaponcha: 最上町 Mogami-machi?) Yaponiyaning Yamagata prefekturasida joylashgan shahardir. 29-fevral, 2020-yil holatiga koʻra, shaharchada 2848 ta xonadonda 8441 nafar aholi istiqomat qilgan[1] va aholi zichligi 1 km2 ga 26 kishi toʻgʻri keladi. Shaharning umumiy maydoni 330,27 kvadrat kilometr (128 mi²).

Mogami Yamagata prefekturasining shimoli-sharqiy togʻlari yaqinida joylashgan. Nomiga qaramay, Mogami daryosi shahardan oʻtmaydi. Bu hudud qishda juda kuchli qor yogʻishi bilan ham mashhur. 

Qoʻshni munitsipalitetlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mogami nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa), katta mavsumiy harorat farqlari bilan, issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qish kuzatiladi. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli boʻlsa-da, lekin avgustdan oktyabrgacha eng kuchli holati qayd etilgan. Mogami shahrida oʻrtacha yillik harorat 10.3 °C (50.5 °F) ga teng. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1,851.8 mm (72.91 in) boʻlib, eng nam oy iyul hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 23.2 °C (73.8 °F) atrofida va eng past harorat yanvarda, taxminan −1.3 °C (29.7 °F) boʻlganligi qayd etilgan.

Mogami, Yamagata iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Oʻrtacha maksimal, °C 1,6 2,6 6,3 13,6 19,8 23,5 26,8 28,3 24,1 18,0 11,1 4,4 15,0
Oʻrtacha minimal, °C −4,3 −4,4 −2,1 2,2 8,5 13,9 18,4 19,3 15,1 8,1 2,1 −1,8 6,2
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 168,9 116,6 114,5 104,1 119,2 137,2 233,4 197,6 158,3 148,2 167,2 188,2 1 851,8
Manba: Yaponiya metrologiya agentligi[2][3]

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[4], 1950-yillarda eng yuqori choʻqqisiga chiqqan Mogami aholisi oʻshandan buyon umumiy sonining yarmidan koʻproq qismiga kamaygan. Shahar endi bir asr avvalgidan koʻra kamroq aholiga ega.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
192012,384—    
193013,104+5.8%
194013,867+5.8%
195017,207+24.1%
196016,833−2.2%
197014,015−16.7%
198013,19−5.9%
199012,541−4.9%
200011,483−8.4%
20109,847−14.2%
20208,08−17.9%

Sengoku davrida mazkur hudud Oguni qal’asini qurgan Mogami sulolasining nazorati ostida edi. Edo davrida hududning bir qismi Shinjo domenining nazorati ostiga oʻtdi. Meydzi davri boshlanganidan keyin hudud Yamagata prefekturasining Mogami tumani tarkibiga kiritildi. Higashi-Oguni va Nishi-Oguni qishloqlari 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining yaratilishi bilan tashkil etilgan. Bu qishloqlar birlashib, 1954-yil 1-sentyabrda Mogami shahrini tashkil qilgan. 

Mogami ilgari ot boqishdagi ilgʻorligi bilan tanilgan va koʻplab rancholar Yaponiya imperatorlik armiyasining otliq polklarini otlar bilan taʼminlagan. Zamonaviy Mogami iqtisodiyoti koʻplab issiq buloqli kurortlariga, qishloq xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi va mavsumiy turizmga bogʻliqdir.

Taʼlim tizimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mogami shahrida shahar hukumati tomonidan boshqariladigan ikkita davlat boshlangʻich maktabi va bitta davlat oʻrta maktabi hamda Yamagata prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi.

Transport tizimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Temir yoʻllar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sharqiy Yaponiya temir yo'l kompaniyasi — Rikuu Sharqiy liniyasi

Magistral yoʻllari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Milliy yoʻnalish 47
  • Rasmiy veb (Wayback Machine saytida 2007-04-05 sanasida arxivlangan) -sayt (yaponcha)