Motaz Azaiza
Motaz Azaiza | |
---|---|
Tavalludi |
Motaz Hilal Azaiza 30-yanvar 1999-yil Deir al-Balah, G‘azo sektori |
Fuqaroligi | Falastin |
Taʼlimi | Al-Azhar universiteti |
Kasbi | Fotojurnalist |
Faoliyat yillari | 2014–hozirgacha |
Motaz Hilol Azaiza (arabcha: معتز هلال عزايزة)[1] – Gʻazoda tugʻilgan falastinlik fotojurnalist[2][3][4][5]. Azaiza Isroil-Hamas urushini yoritib, ijtimoiy tarmoqlarda kuzatuvchilarni jalb qilishi bilan tanilgan. 2023-yilda Motaz Azaiza GQ Middle East tomonidan Yil kishisi deb topildi. Fotojurnalistning suratlaridan biri, Isroil havo hujumi paytida vayronalar ostida qolib ketgan qiz tasvirlangan. Bu surat Time nashri tomonidan 2023-yilning eng yaxshi 10 ta suratidan biri deb topildi va ushbu nashrda chop etildi. Azaiza 2024-yilning eng nufuzli 100 kishisi roʻyxatida qayd etilgan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Azaiza Isroil tomonidan bosib olingan Gʻazo sektoridagi Dayr al-Balah lagerida tarbiyalangan[6]. Lagerda 2017-yilda janubiy va markaziy Falastindagi qishloqlardan kelgan deyarli 7000 qochqin himoya va boshpana topgan. 2021-yilda Gʻazodagi Al-Azhar universitetida ingliz tili fani boʻyicha bakalavr darajasini olgan[6]. Keyinchalik Amerikaning ABC News telekanalida fotograf sifatida ish boshlagan. 2017-yilda Falastin Qizil Yarim Oy Jamiyatida koʻngilli sifatida faoliyat yuritgan. 2023-yildan boshlab Motaz Azoiza Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligi – UNRWAda ishlay boshlagan[7]. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari unga „Super Qahramon“ taxallusini berishgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilk faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Isroil-Hamas urushidan oldin, Azaizaning onlayn postlari asosan oʻzi tugʻilgan Gʻazo sektoridagi kundalik hayotini suratga olishdan iborat boʻlgan[8][9]. The Guardian nashriga bergan intervyusida Azaiza urush jurnalisti boʻlish niyati yoʻqligini va „odamlar meni sanʼatim tufayli bilishlarini, men oʻz xalqimning goʻzalligini suratga olishni xohlardim“ degan[10]. Grazia UK maʼlumotlariga koʻra, uning orzusi fotograf sayyoh boʻlish boʻlgan. Lekin mablagʻi hali viza xarajatlarini qoplashga yetmaydi[11]. Motaz Azaiza 2014-yilgi Gʻazo urushi va 2021-yilgi Isroil-Falastin inqirozini yoritgan boʻlsa-da, uning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari oʻsha paytda katta eʼtibor qozonmagan[9]. Gʻazo sektorida xorijlik jurnalistlar kam, chunki Isroil va Misr ularga Gʻazo hududiga kirishga ruxsat bermagan. Bu esa Azaizaning Gʻazodagi asosiy muxbirga aylanishiga olib kelgan[12].
2023-yilgi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2023-yil 7-oktyabrda Hamas yetakchiligidagi guruhning Isroilga hujumidan oldin Azaizaning Instagram’dagi profilida taxminan 25 000 obunachi bor edi[13][14]. 13-oktabr kuni uning Instagram akkaunti bloklandi, biroq keyingi kuni kirish tiklandi[15]. Uning obunachilari soni 17-oktabrga kelib bir millionga[16], 30-oktabrga kelib toʻqqiz millionga[17], 3-noyabrga kelib 12,5 millionga[14] va 7-noyabrga kelib 13 millionga koʻpaydi[13]. 27-dekabr holatiga koʻra, Azaizaning Instagram profilida 17,5 million obunachi boʻlgan[18]. Obunachilar soni 2024-yil yanvariga kelib 18 milliondan oshdi[19].
2023-yil noyabr oyida GQ Middle East uni „Yil kishisi“ deb eʼlon qildi. GQ Middle East jurnali muharriri Ahmad Ali Svayd „U bizga kim boʻlishimizdan yoki qayerdan kelganimizdan qatʼi nazar, aynan biz – oddiy insonlar, erkaklar va ayollar – oʻzimiz koʻrishni istagan oʻzgarishlarni amalga oshirish kuchiga ega ekanligimizni eslatadi“[20][21].
Azaizaning 2023-yilgi Isroil-Hamas urushi paytida Gʻazo boʻyicha keng yorituvchi qismi boʻlgan „Uni kameram orqali koʻrish“ surati Time jurnalining 2023-yildagi eng yaxshi 10 ta surati qatoriga kiritilgan. Oktyabr oyi oxirlarida, Isroil aviazarbasidan soʻng, Azaiza kamerasining past zatvor tezligidan foydalanib, Al Nusayrat qochqinlar lageridagi vayronalar ostida qolgan yosh qizni suratga olishga muvaffaq boʻldi. Bu usul unga qorongʻilikda qizni koʻrish imkonini berdi, chunki fuqaro mudofaasi qutqaruvchisining chiroq nuri uning yuzini yoritguniga qadar oddiy koʻz bilan qizning ahvolini aniqlash imkonsiz edi[22].
2024-yilgi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2024-yil yanvar oyida Azaiza Mehdi Hasanning MSNBC bilan yakuniy koʻrsatuvida Isroilning bombardimonlari ostida Gʻazodan xabar berish xavfini muhokama qildi[23]. Oʻsha oyning oxirida, 108 kunlik hisobotdan soʻng, Azaiza va uning bir necha oila aʼzosi Misrga, soʻngra Al-Arish aeroporti orqali birinchi marta samolyotda Qatarning Doha shahriga evakuatsiya qilindi[24]. Keyinchalik Azaiza vazirlar, diplomatlar va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan oʻz hisoblarini baham koʻrish uchun uchrasha boshladi va Gʻazoda sodir boʻlayotgan voqealarni translyatsiya qilishga urinishlari hech narsani oʻzgartirmaganidan hafsalasi boʻldi[25].
Birinchi fuqarolik parvozida Azaiza 2024-yil 26-fevralda Istanbulga uchib, koʻrgan kechirganlarini „koʻproq koʻrsatish, aytib berish va gapirish“ maqsadida boshlagan[26]. Ertasi kuni Azaizaga TRT World Citizen 2023 mukofoti topshirildi[27]. 8-mart kuni Xalqaro kinofestival va Inson huquqlari forumi (FIFDH) uchun Shveysariyaning Jeneva shahriga joʻnab ketdi va Jabalining "Life is Beautiful" filmi premyerasida Farah Nabulsiy va Muhammad Jabaliy bilan ishtirok etdi[28]. Azaiza aprel oyida Amerika universitetlariga muzokaralar uchun tashrif buyurdi[29][30][31]. May oyida Londonga borib, norozilik namoyishlariga qoʻshildi va Nakba kunida nutq soʻzladi[32].
Azaiza aprel oyida Time jurnalining 2024-yilning eng nufuzli 100 kishisi roʻyxatiga kiritilgan[33]. Iyun oyida Azaiza Normandiyaning Ozodlik mukofotiga sazovor boʻldi[34].
Avgust oyida ingliz guruhi Massive Attack 30 mingdan ortiq tomoshabinni toʻplagan Bristol konsertida Azaizani sahnaga chiqishga taklif qildi[35]. Azoiza Derriga tashrif buyurdi, u yerda jurnalistni shahar meri Lilian Seenoi-Barr kutib oldi va aktrisa Jeymi-Li O'Donnell bilan suhbatlashdi[36]. Azaiza Tinchlik uchun Nobel mukofotiga nomzod boʻlgan toʻrt falastinlik jurnalistdan biridir[37]. Sentyabr oyida BBC Newsning HARDTalk dasturida qatnashdi[38].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]2023-yil 11-oktabrda Isroil-Hamas urushi boshlanganidan koʻp oʻtmay, Isroilning Dayr al-Balah lageriga uyushtirgan havo hujumida Azaizaning kamida 15 nafar qarindoshi halok boʻldi[39][40].
2024-yil fevral oyida The Guardian gazetasiga bergan intervyusida Azaiza Gʻazodan chiqib ketganidan keyin boshdan kechirgan travmatik jarohatlarni, aybdorlik va umidsizlik tuygʻularini bayon qildi[41].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Al-Hlou. „The War in Gaza Is Also Unfolding on Instagram“. New York Times (2023-yil 19-noyabr). 2023-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-noyabr.
- ↑ Khadder. „Gaza's communications blackout makes it difficult to "show the world what is happening," journalists say“ (en). CNN (2023-yil 6-noyabr). 2023-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-noyabr.
- ↑ „5 Doctors and Journalists Playing Vital Roles in Gaza's Humanitarian Crisis“ (en-GB). Vogue Arabia (2023-yil 30-oktyabr). 2023-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-noyabr.
- ↑ Bulos. „New views of destruction emerge as 36-hour Gaza communication blackout lifts“ (en-US). Los Angeles Times (2023-yil 29-oktyabr). 2023-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-noyabr.
- ↑ Abed. „Motaz Azaiza: Gaza's window to the world“ (en). The New Arab (2023-yil 7-noyabr). 2023-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-noyabr.
- ↑ 6,0 6,1 Abed. „Motaz Azaiza: Gaza's window to the world“ (en). The New Arab (2023-yil 7-noyabr). 2023-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-noyabr.
- ↑ „Motaz Azaiza becomes Gaza's pivotal digital journalist“ (en). MENAFN (2023-yil 24-oktyabr). 2023-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-noyabr.
- ↑ „5 Doctors and Journalists Playing Vital Roles in Gaza's Humanitarian Crisis“ (en-GB). Vogue Arabia (2023-yil 30-oktyabr). 2023-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-noyabr.
- ↑ 9,0 9,1 Abed. „Motaz Azaiza: Gaza's window to the world“ (en). The New Arab (2023-yil 7-noyabr). 2023-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-noyabr.
- ↑ Begum, Thaslima (16 February 2024). "Photojournalist Motaz Azaiza: 'The ghosts of Gaza follow me everywhere'". The Guardian. Archived from the original on 19 February 2024. https://web.archive.org/web/20240219102726/https://www.theguardian.com/global-development/2024/feb/16/motaz-azaiza-interview-gaza-ghosts-photojournalist. Qaraldi: 20 February 2024.Motaz Azaiza]]
- ↑ Aspinall, Georgia (20 February 2024). "Motaz Azaiza: 'The Worst Things I've Seen, I Don't Photograph'". Grazia UK. Archived from the original on 20 February 2024. https://web.archive.org/web/20240220194308/https://graziadaily.co.uk/life/in-the-news/motaz-azaiza-interview-gaza/. Qaraldi: 20 February 2024.Motaz Azaiza]]
- ↑ Abbruzzese. „On Instagram, Palestinian journalists and digital creators documenting Gaza strikes see surge in followers“ (en). NBC News (2023-yil 3-noyabr). 2023-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-noyabr.
- ↑ 13,0 13,1 Abed. „Motaz Azaiza: Gaza's window to the world“ (en). The New Arab (2023-yil 7-noyabr). 2023-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-noyabr.
- ↑ 14,0 14,1 Abbruzzese. „On Instagram, Palestinian journalists and digital creators documenting Gaza strikes see surge in followers“ (en). NBC News (2023-yil 3-noyabr). 2023-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-noyabr.
- ↑ Piper. „A bombing in Gaza killed an influencer's family—Instagram responded by suspending his account“ (en-US). The Daily Dot (2023-yil 24-oktyabr). 2023-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-noyabr.
- ↑ Amer. „Surrounded by death, Gaza content creators fight to get the truth out“ (en). Al Jazeera (2023-yil 17-oktyabr). 2023-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-noyabr.
- ↑ „5 Doctors and Journalists Playing Vital Roles in Gaza's Humanitarian Crisis“ (en-GB). Vogue Arabia (2023-yil 30-oktyabr). 2023-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-noyabr.
- ↑ „Guerre à Gaza : Motaz Azaiza, ce journaliste palestinien qui porte la douleur de son peuple“ (fr-FR). La Croix (2023-yil 27-dekabr). 2024-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-dekabr.
- ↑ Kaur. „Violence in Gaza turned these everyday Palestinians into chroniclers of war“ (en). CNN (2024-yil 19-yanvar). 2024-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-fevral.
- ↑ Monaghan. „GQ honours Palestinian journalist Motaz Azaiza as Man of the Year | indy100“ (en). www.indy100.com (2023-yil 24-noyabr). 2023-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-noyabr.
- ↑ Swaid, Ahmad. „Motaz Azaiza is Our 2023 'Man Of The Year'“. GQ Middle East (2023-yil 23-noyabr). 2023-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-dekabr.
- ↑ „TIME's Top 10 Photos of 2023“. TIME (inglizcha). 2023-12-28. 16 January 2024da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2023-12-30.
- ↑ Bauder. „MSNBC's Mehdi Hasan quits rather than accept demotion at news network“. ABC News (2024-yil 8-yanvar). 2024-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-yanvar.
- ↑ "Prominent journalist Motaz Azaiza evacuates Gaza after 108 days of Israeli onslaught". Arab News. 23 January 2024. Archived from the original on 23 January 2024. https://web.archive.org/web/20240123155826/https://www.arabnews.com/node/2446791/media. Qaraldi: 23 January 2024.Motaz Azaiza]]
- ↑ Begum, Thaslima (16 February 2024). "Photojournalist Motaz Azaiza: 'The ghosts of Gaza follow me everywhere'". The Guardian. Archived from the original on 19 February 2024. https://web.archive.org/web/20240219102726/https://www.theguardian.com/global-development/2024/feb/16/motaz-azaiza-interview-gaza-ghosts-photojournalist. Qaraldi: 20 February 2024.Motaz Azaiza]]
- ↑ Motaz Azaiza. „Reel“ (2024-yil 26-fevral). 2024-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-fevral.
- ↑ "'No happiness' for Palestinian photojournalist Motaz Azaiza as he wins citizen journalism award amid Gaza war". The New Arab. 28 February 2024. Archived from the original on 28 February 2024. https://web.archive.org/web/20240228180306/https://www.newarab.com/news/no-happiness-motaz-azaiza-after-award-win-amid-gaza-war. Qaraldi: 28 February 2024.Motaz Azaiza]]
- ↑ „FIFDH unveils the programme for its 22nd edition“. FIFDH (2024-yil 14-fevral). 2024-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 8-mart.
- ↑ Minetti, Claudia; Khanafer, Noor (2 April 2024). "'The occupation destroyed my life': Palestinian photojournalist Motaz Azaiza gives 9th annual DISC distinguished lecture at Michigan Theater". The Michigan Daily. https://www.michigandaily.com/news/campus-life/the-occupation-destroyed-my-life-palestinian-photojournalist-motaz-azaiza-gives-9th-annual-disc-distinguished-lecture-at-michigan-theater/. Qaraldi: 18 May 2024.Motaz Azaiza]]
- ↑ Negesse, Gelila (14 April 2024). "'Journalists Under Fire in Gaza': Palestinian photojournalist Motaz Azaiza speaks at Journalism School event". Columbia Daily Spectator. https://www.columbiaspectator.com/news/2024/04/14/journalists-under-fire-in-gaza-palestinian-photojournalist-motaz-azaiza-speaks-at-journalism-school-event/. Qaraldi: 18 May 2024.Motaz Azaiza]]
- ↑ Niles, Dharma (5 April 2024). "Palestinian journalist speaks about first-hand coverage of Israel-Hamas war at panel". Washington Square News. https://nyunews.com/news/2024/04/05/motaz-azaiza-conflict-photography-today/. Qaraldi: 18 May 2024.Motaz Azaiza]]
- ↑ Shehadi, Lemma (16 May 2024). "'I lost my city': Gazan photographer Motaz Azaiza in tears at London event marking Nakba". The National UK. Archived from the original on 18 May 2024. https://web.archive.org/web/20240518072644/https://www.thenationalnews.com/news/uk/2024/05/16/nakba-continues-war-photographer-motaz-azaiza-tells-london-event/. Qaraldi: 18 May 2024.Motaz Azaiza]]
- ↑ Serhan, Yasmeen (17 April 2024). „Motaz Azaiza Is on the 2024 TIME100 List“. Time. 18 April 2024da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18 April 2024.
- ↑ Zerrouky. „Palestinian photographer Motaz Azaiza, on the front lines of Gaza's destruction“ (2024-yil 15-iyun). Qaraldi: 2024-yil 1-sentyabr.
- ↑ Mulla. „Motaz Azaiza takes the stage at Massive Attack concert“. 2024-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 1-sentyabr.
- ↑ Glenn. „Palestinian photojournalist Motaz Azaiza thanks Derry for 'love and solidarity' as hundreds welcome him to city“ (2024-yil 23-avgust). 2024-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 1-sentyabr.
- ↑ Alabanza. „Four Palestinian journalists nominated for Nobel Peace Prize 2024“. The Peninsula (2024-yil 30-avgust). Qaraldi: 2024-yil 1-sentyabr.
- ↑ „Motaz Azaiza: Photographing Gaza - HARDtalk“. BBC News (2024-yil 2-sentyabr). 2024-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-sentyabr.
- ↑ Amer. „Surrounded by death, Gaza content creators fight to get the truth out“ (en). Al Jazeera (2023-yil 17-oktyabr). 2023-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-noyabr.
- ↑ Simões. „Motaz Azaiza - O jornalista que ganhou 10 milhões de seguidores a mostrar a realidade nua e crua de Gaza“ (pt-pt). Nova Gente (2023-yil 30-oktyabr). 2023-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-noyabr.
- ↑ Begum, Thaslima (16 February 2024). "Photojournalist Motaz Azaiza: 'The ghosts of Gaza follow me everywhere'". The Guardian. Archived from the original on 19 February 2024. https://web.archive.org/web/20240219102726/https://www.theguardian.com/global-development/2024/feb/16/motaz-azaiza-interview-gaza-ghosts-photojournalist. Qaraldi: 20 February 2024.Motaz Azaiza]]
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Motaz Azaiza Instagram sahifasi