Kontent qismiga oʻtish

Muhammad Shakoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad Shakoniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 1056-yil
Vafoti 1126-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi Muhaddis

Muhammad Shakoniy (arabcha: محمد الشكانى — Abulmuʼayyad Muhammad ibn Abdulxoliq ibn Muhammad ibn Said ibn Ali ash-Shakoniy) — Faqih va qozi.

Muhammad Shakoniy 448/1056 yili Buxoroga qarashli Shakon qishlogʻida Abdulxoliq ibn Muhammad xonadonida tugʻilgan. U boshlangʻich taʼlimni shu yerda olgan. Keyinchalik fiqh ilmini puxta egallagan. Soʻng Samarqandda bir muddat qozilik lavozimida faoliyat olib borgan. Keyin Keshda 30 yil qozilik qilgan.

Muhammad Shakoniy 520/1126 yili 23 rajab oyida yakshanba kuni Keshda vafot etgan[1].

Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. —T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007.

  1. Abu Abdulloh Yoqut Hamaviy. Muʼjam al-buldon. J. 3. — Bayrut, 1979. — B. 448.