Muhammad al-Masʼudiy (Abu Said)
Qiyofa
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Muhammad al-Masʼudiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | milodiy 1128-yil (hijriy 522-yil) |
Vafoti |
milodiy 1188-yil (hijriy 584-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | shofiʼiy faqih, sufiy, muhaddis, adib va tilshunos olim |
(Abu Said, Abu Abdulloh, Tojuddin) Muhammad ibn Abdurrahmon ibn Muhammad ibn Masʼud al-Masʼudiy al-Xurosoniy al-Marvaziy al-Panjdehiy (hijriy 522-yil rabiussoniy oyining boshi (milodiy 1128-yil)da tugʻilib, hijriy 584-yil rabiulavval oyi (milodiy 1188-yil)da Damashqda vafot etgan) – shofiʼiy faqih, sufiy, muhaddis, adib va tilshunos olim boʻlgan. U al-Malik al-Afzal ibn Salohuddinni tarbiyalagan. Misrda majlislar oʻtkazgan.
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Sharhu-l-maqomot li-l-Haririy“ („Haririy bitgan maqomlarga sharh“, bu – besh yirik jilddan iborat asar);
- „al-Iʼtibor fi nosix va mansuxi-l-hadis“ („Hukmlar chiqarishda boshqa hukmlarni bekor qiluvchi yoki oʻzining huquqiy kuchini yoʻqotgan hadislarga eʼtibor qaratish“);
- „al-Izoh fi jamʼi-l-magʻrib“ („Shom namozini qoʻshib oʻqish xususidagi izoh“);
- „al-Avzoh fi sharhil-maqomot“ („Sharhu-l-maqomot“ga izohlar")[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 132-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |