Kontent qismiga oʻtish

Muhammad al-Ofironiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Muhammad al-Ofironiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 1728-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi Muhaddis, hofiz, tarixchi, adib va shoir

Muhammad al-Ofironiy (arabcha: محمد الآفرانى — Abu Abdulloh Muhammad ibn Muhammad as-Satir al-Ofironiy) — Muhaddis, hofiz, tarixchi, adib, shoir,

Muhammad al-Ofironiy faqih, muhaddis, hofiz, tarixchi, adib, shoir, nahvshunos va bayonshunos olim boʻlgan. Uning asli Buxoroga qarashli Ofiron qishlogʻidan boʻlgan. Shuning uchun unga al-Ofironiy nisbasi berilgan. Muhammad al-Ofironiy 1080/1669-yilda tavallud topgan. U oʻzidan boy ilmiy meros qoldirgan.

  • Sharhu at-tavshih“ („Bandlari turlicha qofiyalangan sheʼrlarga sharh“),
  • Talʼatu al-mushtariy fi tavbati az-Zamaxshariy“ („Zamaxshariyning tavbasi haqidagi Mushtariy — Yupiter sayyorasining chiqishi“),
  • Al-Ifodot va al-ishorot“ („Ifoda va ishoralar“).

Muhammad al-Ofironiy taxminan 1140/1728-yilda vafot etgan[1].

  1. Kahhola Umar Rizo. Muʼjamu-l-muallifiyn. J.3. — Bayrut: Dor ihyoi-t-turosi-l-arabiy, 2009. -B. 648.
  • Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. —T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007.9.