Muhammad ibn Abu Bakr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad ibn Abu Bakr
arabcha: مُحَمَّد بْن أَبِي بَكْر بْن أَبِي قُحَافَة
Muhammad ibn Abu Bakr ibn Abu Quhofa
Tavalludi taxminan 631
Vafoti taxminan 659, iyul-avgust (27-28 yoshlarida
Misr
Fuqaroligi Rashidun xalifaligi
Dini Islom
Bolalari Qosim ibn Muhammad ibn Abu Bakr
Otasi Abu Bakr
Onasi Asmo binti Umays

Muhammad ibn Abu Bakr ibn Abu Quhofa at-Taymiy (arabcha: مُحَمَّد بْن أَبِي بَكْر بْن أَبِي قُحَافَة; tax. 631 — 658-yil iyul yoki avgust) — toʻrtinchi xalifa Ali (h. 656–661) qoʻl ostida xizmat qilgan musulmon arab qoʻmondoni.

Birinchi Rashidun xalifasi Abu Bakr (h. 632–634) va Asmo binti Umaysning kenja oʻgʻli Muhammad ibn Abu Bakr uchinchi Rashidun xalifasi Usmonga (h. 644–656) qarshi qoʻzgʻolon koʻtarib, 656-yilning iyun oyida xalifaning oʻldirilishida ishtirok etganlikda ayblangan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammad ibn Abu Bakr xalifa Abu Bakr va Asmo binti Umaysning nikohidan tugʻilgan oʻgʻli hisoblanadi. Otasi Abu Bakr vafot etgach, Asmo binti Umays Ali ibn Abu Tolibga turmushga chiqqan. Muhammad ibn Abu Bakrning Qosim ibn Muhammad ibn Abu Bakr ismli oʻgʻli boʻlgan. Qosim ibn Muhammad ibn Abu Bakrning xotini Asmo Abu Bakrning ikkinchi oʻgʻli Abdurahmon ibn Abu Bakr as-Siddiqning qizi boʻlgan. Qosim ibn Muhammad ibn Abu Bakr va Asmoning Fotima (Ummu Farva) ismli qizi boʻlgan.

Siffin jangidan keyin Ali Muhammad ibn Abu Bakrni yangi bosib olingan viloyat Misrga hokim qilib tayinlagan. 658-yilda (hijriy 38-yil) Suriyaning oʻsha paytdagi hokimi Muoviya ibn Abu Sufyon oʻzining sarkardasi Amr ibn al-Os boshchiligidagi olti ming askarini Muhammad ibn Abu Bakrga qarshi yuborgan. Muhammad ibn Abu Bakr bostirib kelayotgan dushman askarlariga qarshi kurashda Imom Alidan yordam soʻragan. Bir qancha maʼlumotlarga koʻra, Ali asrab olgan oʻgʻliga qoʻshinga boshchilik qilishni bolalikdagi doʻsti Malik al-Ashtarga topshirishini buyurgan. Biroq Molik Misrga ketayotgan vaqtida vafot etgan. Shia va Shia Ismoiliy tadqiqotlari instituti hamda Londonning shialik tadqiqotchisi Wilferd Madelung[1] Molik al-Ashtar Muoviya I tomonidan zaharlangan deya maʼlumot beradi.

Muhammad ibn Abu Bakr Amr ibn al-Osga qarshi kechgan jangda magʻlubiyatga uchragan. Amr ibn al-Osning askarlariga Muhammad ibn Abu Bakrni tutib, Muoviyaning huzuriga tiriklayin olib kelish buyuriladi. Manbalarga koʻra Muoviya ibn Huday ismli bir askar mahbus bilan janjallashib, uni oʻldirgan. U Muhammad ibn Abu Bakrdan shu qadar gʻazabda boʻlganligidan uning jasadini oʻlgan eshakning terisiga solib, ikkala murdani birga yoqib yuborgan[2]. Biroq shia manbalariga koʻra Muhammad ibn Abu Bakrning haqiqiy qotili Muoviya boʻlganligi aytiladi[3]. Ibn Abu Bakrning qabri bugungi kunda Misrning Qohira shahridagi masjidda joylashgan.

Muhammad ibn Abu Bakr Misrda ancha vaqt yashagan va uchinchi xalifa Usmon ibn Affonning huzuriga Misr hokimining faoliyatidan shikoyat qilib kelgan guruh tarkibida boʻlgan. Xalifa Misr hokimini zudlik bilan lavozimidan boʻshatib, uning oʻrniga Muhammad ibn Abu Bakrni tayinlashga vaʼda bergan. Ammo Usmon ibn Affonning (lekin aslida Marvon ibn al-Hakam tomonidan qilingan) Misrdan kelgan musulmonlarga bergan vaʼdasinining ustidan chiqmaganligini sezgach, Muhammad ibn Abu Bakr arizachilar bilan Madinaga qaytib kelgan va u yerda Usmon ibn Affonga qarshi qoʻzgʻolonda qatnashgan. Garchi Muhammad ibn Abu Bakr dastlab xalifa Usmonga qarshi isyonga boshchilik qilgan boʻlsa-da keyinchalik xalifaning oʻldirilishida oʻz xatosini tushunib, buning uchun tavba qilgan va qoʻzgʻolonni tark etgan[4].

Merosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shialar Muhammad ibn Abu bakrning Aliga boʻlgan hurmati, shuningdek, boshqa yovuz niyatli hukmdorlarga qarshilik koʻrsatish yoʻlidagi harakatlari tufayli ham uni hurmat qiladilar. Muhammad ibn Abu Bakr oʻz davrining imomi Ali ibn Abu Tolibni qoʻllab-quvvatlagan solih musulmon shaxs boʻlgan, garchi singlisi Oysha Jamol jangida Aliga qarshi chiqqan boʻlsa ham, Muhammad ibn Abu Bakr oʻgay otasiga sodiq boʻlgan. U Jamol jangida Alining qoʻshini tarkibida boʻlgan, keyinchalik Oyshani Madinaga qaytarib yuborgan ham Muhammad ibn Abu Bakr edi. Nabirasi Fotima (Ummu Farva) Imom Muhammad Boqirning xotini boʻlgan. Shunday qilib, imom Muhammad al-Boqirdan keyingi shia imomi, shia, hanafiy va molikiy sunniylarning buyuk huquqshunosi Imom Jaʼfar as-Sodiqdan boshlab keyingi avlodlar uning ona tomondan avlodlari boʻlishgan.

Musulmon shia muallifining fikriga koʻra:

Ali Muhammad ibn Abu Bakrni oʻz oʻgʻlidek yaxshi koʻrar edi, shu sababli uning oʻlimi Aliga dahshatli zarba boʻlgan. Ali u zot haqqiga duo qilgan va uning ruhiga Allohning rahmati va marhamatini tilagan[5].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Vilferd Madelung, Muhammadning vorisligi, Kembrij universiteti nashriyoti, 1997 yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻtmishdoshi:
Qays ibn Saʼd
Misr hokimlari
657–657
(5 oy)
Vorisi:
Malik al-Ashtar