Muhammad ibn Fazl Balxiy
Muhammad ibn Fazl Balxiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | muhaddis, so‘fiy, mutakallim |
Muhammad ibn Fazl Balxiy — (vafoti 931-yil.) Muhaddis, soʻfiy va mutakallim boʻlgan.
Abu Abdulloh Muhammad ibn Fazl ibn Abbos ibn Hafs Balxiy ahli sunna val jamoa ulamolaridan b-b, sunniy tasavvuf bilimdoni boʻlgan. Muhammad ibn Fazl Balxiy Balxda yashab, mashhur shayx Ahmad Xizruyaning (vafoti. 240/854-yil.) shogirdi boʻlgan. Balxdan haydalib, Samarqandda yashagan va shu yerda 319/931 y. vaf.e. Muhammad ibn Fazl Balxiy mashhur olimlar Abulqosim Ishoq ibn Muhammad Samarqandiy va Abu Mansur Moturidiy Samarqandiylarga ustozlik qilgan. Abu Abdurrahmon Sullamiy: „Xuroson mashoyixlarining ulugʻlaridan boʻlgan“, — deydi. Muhammad ibn Fazl Balxiy Ibn Imodning „Shazarotu-z-zahab“, Ibn Mulqinning „Tabaqotu-l-avliyo“ va V. V. Bartoldning „Turkistonning madaniy hayoti tarixi“ nomli asarida eslatib oʻtilgan[1].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi“; Samarqand:Imom Buxoriy xalqaro markazi 2018.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Abu Abdurrahmon Sullamiy. Tabaqotu-s-sufiyya. - B. 171-175.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |