Muradie masjidi
Masjid | |
Muradie masjidi
Xhamia e Muradies | |
Joylashuvi | 40°28′09″N 19°29′27″E / 40.469049°N 19.490932°E |
Manzil | Vlora, Albaniya |
Muradie masjidi Vikiomborda |
Muradie masjidi (albancha: Xhamia e Muradies) — Albaniyaning Vlora shahrida joylashgan madaniy yodgorlik. Masjid 1537-yilda Sulton Sulaymon I hukmronligi davrida mashhur Usmonli turk me'mori Mimar Sinan tomonidan qurilgan[1]. Qurilish 1542-yilda yakunlangan.
Masjid Vlora shahri markaziy maydonida joylashgan bo'lib, to'rt tomondan yo'llar bilan o'ralgan. U Sadik Zotajning g'arbiy qismida, Lef Sallata janubida va Papa Kristo Negovani ko'chalarining sharqida joylashgan.
Tuzilma asosiy bino va minoradan iborat. Asosiy bino taxminan 10-11 kvadrat metr, minora esa 18 metr uzunlikda. Ilgari masjidning ayvoni ham boʻlgan.
Madaniy yodgorlik taniqli Usmoniylar meʼmori, Usmoniylar imperiyasidagi yetakchi masjid quruvchisi va Konstantinopoldagi (Istanbul) Buyuk Sulaymoniya masjidining muallifi Mimar Sinan tomonidan loyihalashtirilgan deb ishoniladi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Religious buildings with the "Culture Monument" status“. Republic of Albania National Committee for Cult. 2013-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 28-oktyabr.