Musodara
Musodara — shaxsga tegishli mulkni pul toʻlamasdan, majburiy ravishda davlat ixtiyoriga oʻtkazish.[1] Mulk uning egasidan faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda jinoyat yoki oʻzga huquqbuzarlik uchun sud qaroriga muvofiq olinadi va bahosi belgilanib, musodara qilinadi.
Oʻzbekistonda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston Respublikasida mahkumning mulkini musodara qilish jazosi 2001-yil avgustida bekor qilingan (JK, 53-modda). Lekin jinoyat yoʻli bilan orttirilgan yoki jinoyat sodir etish vositasi boʻlgan mulk, albatta, musodara qilinadi (JPK, 211-modda).
Maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli yoki buyumi tuman (shahar) sudyasi, baʼzi hollarda — bojxona va soliq organlari tomonidan musodara qilinadi (Oʻzbekiston Respublikasi, MJK, 27-modda). Jumladan, bojxona nazorati chogʻida topilgan huquqbuzarlik ashyolari, transport vositasi olib qoʻyilib, baholanadi va sudya yoxud bojxona organining boshliklari tomonidan musodara qilinadi (Bojxona kodeksi, 186-modda).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Musodara". Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. 2000-2005.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Mulkingizni musodara qilmoqchi boʻlsalar, Oʻzbekcha Vikipediyaga „arz qiling“, Ozodlik radiosi, 24-aprel, 2014
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |