Muxitdin Nazarov
Muxitdin Nazarov (1947-yil 1-yanvar, Qoʻrgʻontepa tumani, Andijon viloyati, OʻzSSR) oʻzbekistonlik olim, falsafa fanlari nomzodi, dotsent (1980)[1]. Andijon mashinasozlik instituti Gumanitar fanlar kafedrasi professori[2].
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muxitdin Nazarov 1947-yil 1-yanvarda Andijon viloyati, Qoʻrgʻontepa tumanida tugʻilgan. 1970-yilda Toshkent davlat pedagogika institutini oʻzbek tili va adabiyoti oʻqituvchisi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 1974-1977-yillarda SSSR Falsafa instituti aspiranturasini tugatgan.
Muxitdin Nazarov ilk mehnat faoliyatini Qoʻrgʻontepa tumanidagi 11-maktabda oʻqituvchilikdan boshlagan.
Muhitdin Nazarov 1972-1974-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti falsafa kafedrasi oʻqituvchisi, 1977-1979-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti falsafa kafedrasi oʻqituvchisi, aspirantura boʻlimi mudiri, 1979-1993-yillarda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti Andijon filiali Marksizm-leninizm kafedrasi katta oʻqituvchisi, falsafa kafedrasi dotsenti, 1993-2000-yillarda Andijon iqtisodiyot va boshqaruv instituti Ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni boshqarish kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchisi, Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha birinchi prorektori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, 2000-2004-yillarda Andijon viloyati hokimligi Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmasi boshligʻi, 2004-2006-yillarda Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti Oʻzbekiston tarixi va falsafa kafedrasi dotsenti, 2006-2011-yillarda ushbu institutning Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri, 2011-2012 yillarda Andijon mashinasozlik instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri vazifasini vaqtincha bajaruvchisi, 2012-2020-yillarda institutning Gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti vazifalarida mehnat qilgan. 2020-yildan hozirga vaqtga qadar Andijon mashinasozlik instituti Gumanitar fanlar kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda.
„Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 10-yil“ koʻkrak nishoni sohibi.
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muxitdin Nazarov 1980-yilda „Rivojlangan sotsializm maʼnaviy madaniyatini baynalmilallashtirish muammosi“ („Problema internatsionalizatsii duxovnoy kulturi razvitogo sotsializma“) mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan hamda falsafa fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega boʻlgan. „Falsafa“ fanidan maʼruzalar oʻqiydi. Bitta darslik, bitta monografiya, uchta oʻquv qoʻllanma 100 dan ortiq ilmiy maqola[3] [4] va tezislar [5] muallifi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Диссертация кандидата философских наук "Проблема интернационализации духовной культуры развитого социализма" Qaralgan sana=20.07.2024“ (search.rsl.ru).
- ↑ „Andijon mashinasozlik instituti Gumanitar fanlar kafedrasi sana=20.07.2024“ (andmiedu.uz).
- ↑ „Статья. "Трансформация культуры и духовных ценностей современной молодёжи" Qaralgan sana=20.07.2024“ (api.ziyonet.uz).
- ↑ „Статья в "Евразийский научный журнал"е. Qaralgan sana=20.07.2024“ (journalpro.ru).
- ↑ „Статья. "Инженерное мышление и инженерная культура и их роль в творчестве молодёжи" Qaralgan sana=20.07.2024“ (cyberleninka.ru).