Kontent qismiga oʻtish

Muzaffar Kirmonshohiy Qirmisiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Muzaffar Kirmonshohiy Qirmisiy“Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Abdulloh Xarrozning shogirdi. Tariqat sohibi boʻlgan shayx. Zahrun Magʻribiy, Abubakr Tohir Abhariy, Abu Abdulloh Muqriy bilan hamsuhbat boʻlgan. Abbos bin Ahmad Shoir Rumiyning ustozi. Ansoriyning guvohlik berishicha, u bir kechani uch qismga boʻlib, birinchi qismida namoz, ikkinchi qismida Qurʼon oʻqib, qolgan qismini zikr va munojotda oʻtkazgan.

Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx haqidagi bobni aynan kiritgan[1][2].

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Nasoyim ul-muhabbat.