Muzaffar Komilov
Muzaffar Komilov | |
---|---|
Muzaffar Komilov Murotovich | |
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori | |
Mansab davri 2022-yil 2-fevral | |
Oʻtmishdoshi | Shoazim Shoislomovich Minovarov |
Komilov Muzaffar Murotovich – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi[1], Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi sobiq rektori (2021– 2023)[2].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muzaffar Komilov 2018-yilga qadar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida boshqarma boshligʻi lavozimida, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetlarida prorektor lavozimlarida ish olib borgan[3]. 2018-yil 18-aprel sanasidan boshlab Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida ish olib borgan. Hukumatning 2021-yil 25-may kunidagi 323-son qarariga binoan Muzaffar Komilov Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimiga tayinlanadi[2][4][5]. 2022-yil 2-fefral kunidan boshlab Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosar lavozimidan ozod qilini, Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchis lavozimiga qoʻyilgani haqidagi xabarni Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov eʼlon qilgan[6][7][8]. Ushbu lavozim bilan birga Muzaffar Komilov bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori sifatida ish olib borishda davom etgan[6][9].
2021-yil Muzaffar Komilov Rossiya Federatsiyasida joylashgan Bolgar islom akademiyasida „Zamonaviy taʼlim tizimida islomshunoslik va islom ilohiyoti fanlari: muammolar va istiqbol rejalari“ haqidagi Xalqaro konferrensiyada ishtirok etgan[10].
2023-yil Saudiya Arabistonining Makka viloyatidagi Jidda shahrida 9-yanvardan 12-yanvar kunlari boʻlib oʻtgan Haj va umra xizmatlari konferensiya-koʻrgazmasida Oʻzbekiston delegatsiyasi ham qatnashagan. Delegatsiyasi aʼzolari sifatida Prezidentining maslahatchisi Muzaffar Komilov, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov hamda Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Sodiq Toshboyevlar qatnashgan[11][12][13].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Xalqaro islom akademiyasi rektori Prezident maslahatchisi etib tayinlandi“ (2-fevral 2022-yil). Qaraldi: 2024-yil 17-iyul.
- ↑ 2,0 2,1 „Muzaffar Komilov Xalqaro islom akademiyasiga rahbar etib tayinlandi“ (2021-yil 25-may). Qaraldi: 2024-yil 17-iyul.
- ↑ „Diniy qo‘mita raisi o‘rinbosari Prezidentga maslahatchi bo‘ldi“ (2022-yil 2-fevral). Qaraldi: 2024-yil 17-iyul.
- ↑ „O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga yangi rahbar tayinlandi“ (2021-yil 25-may). Qaraldi: 2024-yil 17-iyul.
- ↑ https://t.me/huquqiyaxborot/9743 #Tayinlov 2021-yil 25-may
- ↑ 6,0 6,1 „Prezident matbuot kotibi“ (2022-yil 2-fevral). Qaraldi: 2024-yil 17-iyul.
- ↑ „Xalqaro islom akademiyasi rektori prezident maslahatchisi etib tayinlandi“ (2022-yil 2-fevral). Qaraldi: 2024-yil 17-iyul.
- ↑ „Muzaffar Komilov Prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi“. 2024-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-iyul.
- ↑ „Muzaffar Komilov prezident maslahatchisi etib tayinlandi“ (2022-yil 2-fevral). Qaraldi: 2024-yil 17-iyul.
- ↑ „Akademiya rektori xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda“ (2021-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 19-iyul.
- ↑ „Haj va umra xizmatlari konferensiya-ko‘rgazmasi boshlandi“. Qaraldi: 2024-yil 19-iyul.
- ↑ „O'zbekiston delegatsiyasi Haj va umra ishlari vaziri bilan uchrashdi“ (2023-yil 9-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 19-iyul.
- ↑ „Muzaffar Komilov: “Oʻzbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi oʻrtasidagi mushtarak munosabatlar har ikki davlatning taraqqiyotiga xizmat qilmoqda”“ (2023-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 19/07/2024.